Tibbiyot instituti talabalari uchun


Elektr tokidan jarohatlanishda organ va to’qimalardagi o’zgarishlar



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Elektr tokidan jarohatlanishda organ va to’qimalardagi o’zgarishlar
Ko’pchilik hollarda elektr toki odam tanasidan o’tayotganda topilgan 
morfologik o’zgarishlar elektr tokidan jarohatlarni diagnostikasida muhim 
ahamiyatga egadir. Ayniqsa, terida elektr tokining kirish va chiqish joyida elektr 
tamg’asi, elektrdan kuyish, mexanik jarohatlanishlar va yashining tasviri kabi 
xarakterli o’zgarishlar kuzatiladi.
Elektr tamg’asi yoki elektr belgisi tok ta’sirida teri jarohatlanishining o’ziga 
xos belgisi hisoblanadi. Elektr tamg’asining morfologiyasi har xil bo’ladi. 
Epidermisning so’rg’ich qavati qalin bo’lgan (qo’l kafti, oyoq kafti yuzasi) 
joylarda ko’pincha elektr tamg’asi paydo bo’lib ular yumaloq yoki oval shaklda 
kulrang oqimtir yoki sarg’ish tusli, ushlab ko’rilganda qattiq konsistentsiyali 
bo’ladi. Ularning chetlari teri yuzasidan valiksimon ko’tarilgan, markazi esa biroz 
cho’kkanligi ko’rinadi (81-rasm).
Elektr tamg’amsi atrofidagi teri o’zgarmagan, sochlar kuymagan bo’ladi. 
Agar kontaktning maydoni katta bo’lganda ba’zan tokning o’tkazgichi konturi 
shaklini qaytaradi.
Elektr tamg’alari faqatgina tokning kirish va chiqish qismidagina emas, 
balki tok xalqasi yo’nalishi bo’ylab, odatda katta bo’g’imlarning bukuvchi 
262


yuzasida topilishi mumkin. Bu joylarda elektr tamg’asining hosil bo’lishi tokning 
teriga teguvchi joylari orasidan sakrab o’tishi bilan tushuntiriladi.
81-rasm. Qo’l kafti yuzasidagi elektr tamg’asi 
Elektr tamg’asining morfologik tuzilishi juda xarakterlidir. Terining qalin 
shoxlanuvchi qavati yuzasida joylashgan elektr tamg’alari notekis holdaligi va 
unda metall o’tkazgichining mayda zarrachalari kirib qolganligi ko’rinadi. 
Shoxlanuvchi qavatida ko’pgina har xil shakl va o’lchamli bo’shliqlar paydo 
bo’lishi aniqlaniladi. Ba’zan ular guruh bo’lib joylashib bir biridan yupqa chegara 
bilan ajralib turadi. Ko’pincha bunday bo’shliqlar epidermisning donador va 
turkumli qavatida ko’rinadi. Shoxlanuvchi qavati yoki epidermisning butun qavati 
teridan to’lig’icha ajralishi mumkin. Epidermisning turkumli qavati pastki qismi va 
bazal hujayralari va ularning yadrolari perpendikulyar yoki teri yuzasiga burchak 
holida cho’zilib cho’tkasimon, supurgisimon yoki popuksimon shakllarni hosil 
qiladi. Yadrolarning chegaralari aniq va ular intensiv bo’yalgan bo’ladi. Derma 
qon tomirlari kengaygan, gemolizga uchragan qon bilan to’lgan bo’ladi (82-rasm).
Elektr tamg’asi zonasida terida metallizatsiyaning topilishi muhim 
ahamiyatga egadir. Bu metallarni maxsus usullar (rangli tamg’alash usuli, 
gistokimyoviy, spektrografik usullari) yordamida aniqlaniladi. Bu usullar 
yordamida jabrlanuvchi qaysi o’tkazgichlar bilan kontaktda bo’lganligi, ba’zan 
263


uning shaklini ham aniqlash mumkin. Biroq har doim ham tipik elektr tamg’asi 
hosil bo’lmasligi mumkin. Terining shoxlanuvchi qavati yupqa bo’lgan joylarida 
elektr tamg’alar quruq qadoq shaklida ko’rinib, u erda shilinishlar yoki hatto 
rozeolalar topilib ularni va elektrdan jarohatlanishni tashxisida anchagina 
qiyinchiliklar tug’diradi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish