Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Murdani muzlashi.
Sovuqdan o’lgan odamlarning murdasi ko’pincha 
muzlashi mumkin. Bunday holda faqatgina sovishdan emas, balki boshqa 
sabablardan o’lgan odamlarning murdasi ham muzlashligi ma’lum. Murda yuzaki 
yoki to’liq muzlashi mumkin. Bunda tana to’qimalarining faqat yuza qavatlarigina 
muzlaydi.
Murda muzlaganda, birinchidan, har xil jarohatlanishlar sodir bo’lib ularni 
ko’pincha tiriklikdagi jarohatlanishdan farqlash qiyin bo’lsa, ikkinchidan unda 
murdani tekshirishda anchagina qiyinchiliklar tug’iladi.
To’qima suyuqliklari va qonning muzlashidan ichki organlar hamda 
yumshoq to’qimalarning ko’plab mayda yorilishi kuzatilib, bularni mikroskop 
yordamida aniqlaniladi. Ba’zan terining epidermisini dermadan ajralishi ko’rinadi. 
Bosh miyaning to’liq muzlashida ko’pincha kalla suyagi choqlari ayrilib, hatto 
kalla suyaklari yorilishi va uning yaqinidagi yumshoq to’qimalar jarohatlanishi 
mumkin. Eritilganda bu joylarga qonnning shimilishi va natijada jarohatning 
tiriklik vaqtida paydo bo’lganligi bilan almashtirilishi mumkin.
Boshi muzlaganda suyak to’qimasining cho’zilishi tufayli kalla suyaklarida 
sinishlar kuzatiladi. Bunda tiriklikdagi sinishlardan farqi singan suyakning 
chetlarida erkin holda yotuvchi suyak bo’lakchalari ko’zga tashlanmaydi.
Odatda muzlagan murdani oddiy xona haroratida sekinlik bilan eritiladi. 
Yuqori haroratda uning erishini tezlashtirish tavsiya etilmaydi. Bunda uni eritish 
jarayoni uchun bir necha kun talab qilinadi. Bu o’z navbatida yumshoq to’qimalar 
va ichki organlarning chirishiga hamda gemolizga uchragan qonning ularga 
shimilishiga sababchi bo’ladi. Bu jarohatlanishlar, patologik o’zgarishlarni 
aniqlashni hamda ekspert tomonidan baholashni qiyinlashtiradi.
Sovuqdan jarohatlanish hollarida murdani sud tibbiyoti usulida tekshiruvda 
ekspertga quyidagicha tekshiruv rejasi taklif qilinadi:
1) murdani tashqi tekshirish va suratga olish;
257


2) muzlagan murda boshini ikkita standart proektsiyada rentgenografiya 
qilish;
3) sovuq urgan joydagi teridan gistologik tekshirish uchun bo’lakchalar 
olish;
4) ichki organlarni tekshirish jarayonida gistologik tekshirish uchun 
materiallar olish; jigar va miokarddan glikogenni aniqlash uchun 
bo’lakchalar olish; kalla suyagining jarohatlangan qismidan 
epistereomikroskopik tekshirish uchun olish;
5) qoni va siydigidan alkogolni aniqlash uchun olish.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish