Tibbiyot instituti talabalari uchun


Elektr tokidan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga xos



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Elektr tokidan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga xos 
xususiyatlari
Elektr tokidan jarohatlanishning sud tibbiyoti ekspertizasida ekspertga 
quyidagi savollarni echishga to’g’ri keladi: o’limning sababi; elektr tokidan 
jarohatlanish bo’lganmi; jabrlanuvchi tanasining qaysi qismi tok o’tkazichiga 
tekkan; jarohatlanish paytida uning tanasi qanday holatda bo’lgan; tananing tokga 
267


tegib turgan joyida xarakterli metallanish bormi; jabrlanuvchining tanasida va 
kiyimlarida yashin urushga xos jarohatlanish va o’zgarishlar topilganmi va 
boshqalar. Ko’pchilik hollarda yuqoridagi savollarni echish nisbatan oson bo’lsa 
ham, ba’zan ularni hal qilishda anchagina qiyinchilik to’g’iladi.
Elektr tokidan jarohatlanish tashxisida topilgan xarakterli morfologik 
o’zgarishlar, birinchi navbatda, elektr tamg’alariga asoslaniladi. Agar ular 
bo’lmagan taqdirda tashxis faqat taxminiy shaklda beriladi. Elektr tamg’asini 
faqatgina elektr o’tkazigicha tekkan joydagina (ko’pincha qo’l barmoqlarida) 
emas, balki tokning taxminiy chiqish joyidan (odatda oyoqda), shuningdek tok 
xalqalari davomidan, ayniqsa oyoq qo’llar katta bo’g’imlarining bukuvchi 
yuzasidan izlashga to’g’ri keladi. Yosh bolalar va elektromontyorlarning lablari 
hamda tilida elektr tamg’asi topilishi mumkin. Terining taxmin qilingan barcha 
joylaridan bo’lakchalar olinib mikroskopik tekshiruvdan o’tkazilishi, albatta, zarur. 
Xarakterli o’zgarishlarni qo’ldan chiqarmaslik uchun barcha qavatini gistologik 
tekshiruvdan o’tkazilganligi ma’kul.
Murdada elektr tamg’asi bo’lmagan taqdirda elektr toki ta’sirida ustki va 
oyoq kiyimlarida paydo bo’ladigan xarakterli o’zgarishlar to’g’ri tashxis qo’yishga 
yordamlashadi. Bu o’zgarishlarga viskoza to’qimasi va paxta tolasining elektrolitik 
emirilishi, junli va sintetik to’qima tolalarining sharsimon va urchuqsimon 
yo’g’onlashuvi («qahraboli tasbeh» nomli L.V.Stanislavskiy (1972) belgisi); 
paxtaga xos kiyim tolalarining ilonsimon yoki kontsentrik egri bugriligi; kiyimlar 
ayrim joylarining metallanishi kiradi. Bunday o’zgarishlarni stereomikroskopik 
tekshiruvlar yordamida aniqlaniladi. Yuqori kuchli tok ta’sirida jarohatlanganda 
yoki yashin urganda oyoq kiyimining tagligida xuddi jabrlanuvchi terisidagi 
yashinning shakliga o’xshash daraxtsimon surat ko’zga tashlanadi.
Voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish elektr texnigi injeneri va sud tibbiyoti 
eksperti ishtirokida o’tkaziladi. O’limning sodir bo’lish fakti va murdani ko’zdan 
kechirish faqat odam tanasini tokdan ajratilgandan keyin amalga oshiriladi. Ba’zan 
elektr toki bilan jarohatlangan jabrlanuvchilarni oddiy reanimatsiya usullari 
yordamida hayotga qaytarish ham mumkin. Shuning uchun ham elektr tokidan 
268


jarohatlanishga shubha tug’ilganda to o’limning belgilari paydo bo’lguniga qadar 
tibbiy yordam ko’rsatilishi zarur.
Agar odam o’lib qolgan taqdirda murdaning holati va uning alohida 
qismlarining erga ulangan tok o’tkazuvchi predmetlarga nisbatini sinchiklab 
yoziladi. Tana qismlarining bunday predmetlarga tegib turgan joylari elektr 
tamg’asini aniqlash maqsadida yaxshilab ko’zdan kechiriladi. Shuni esdan 
chiqarmaslik kerakki, voqea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirgunga qadar u 
joyning holati manfaatdor kishilar yordamida o’zgartirilishi va murda elektr 
tokidan ajratilishi, hatto boshqa xonaga o’tkazilishi ham mumkin. Jabrlanuvchi 
tanasining tokni o’tkazuvchi predmetlarga tegib turgan joyida ba’zan epidermis 
bo’lakchalari ham topilishi mumkin. Tana va oyoq kiyimlarini ko’zdan kechirishda 
metall bo’lakchalari, detallari, masalan, mixli taqa borligiga e’tibor berilishi zarur.
Tok o’tkazuvchisining xossasini aniqlashda elektr tamg’asi va teri atrofida 
metall borligiga ahamiyat beriladi. O’tkazgichga aloqador metallni har xil 
laboratoriya usullari yordamida (gistoximik, spektral usullari) aniqlaniladi, ba’zan 
ancha qulay bo’lgan rangli tamg’alanish usulidan foydalaniladi, chunki bu usul 
yordamida faqatgina metall borligi aniqlanilibgina qolmasdan, balki teri yoki 
kiyimdagi tok o’tkazuvchisining shaklini aniqlash ham qulay bo’ladi.
Elektrdan jarohatlanishda murdani sud tibbiyoti usulida tekshirishda 
ekspertga quyidagi ish rejasi taklif qilinadi:
1) tashqi tekshirish jarayonida tokning kirish va chiqish joylari, shuningdek 
tok xalqasi bo’ylab elektr tamg’asi lupa yoki operatsion mikroskopiya 
yordamida izlanadi;
2) topilgan elektr tamg’asi va terining shubha qilingan joyida rangli 
tamg’alanish usuli yordamida metallanish topiladi;
3) elektrometkalar va terining barcha shubhali joylari qo’shimcha tekshirish 
(gistologik, gistoximik, spektral) uchun kesib olinadi;
4) ichki tekshirishda, albatta, muskullar va suyaklar tokning yo’nalishi 
bo’ylab qo’shimcha kesib ko’riladi; ichki organlardan gistologik 
tekshirish uchun bo’lakchalar olinadi;
269


5) mioglobinni aniqlash uchun qoni va siydigidan olinadi;
6) etil spirtini aniqlash uchun qoni va siydigidan olinadi;
7) kiyimining elektr toki o’tkazgichiga tekkan joyidan stereomikroskopik 
tekshirish uchun material olinadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish