Gastroenterokolitik shakli.
Kasallik o‗tkir, birdaniga boshlanib bemor
qaltiraydi, isitma kiradi, intoksikatsiya belgilari namoyon bo‗ladi. Bemor qayta-
qayta qusadi, qorinda og‗rik bo‗ladi. Kasallikni birinchi kunlari gastroenterit
belgilari bo‗lib, organizmdan ko‗p suyuqlik yo‗qotganda suvsizlanish belgilari
72
paydo bo‗ladi.
Qorin ba‘zida biroz shishgan, paypaslab ko‗rilganda epigastriy va kindik
atrofida og‗riq seziladi. Ayniqsa, kindik atrofida og‗riq kuchli bo‗ladi. Ba‘zan
jigar kattalashgani aniqlanadi. Ich o‗tish soni ko‗payib, najas miqdori kamayib
boradi. Unda shillik, ba‘zan qon aralashganligi aniqlanadi. Ba‘zan ich suyuq kelsa
ham, unchalik ko‗p miqdorda bo‗lmaydi. Ichburug‗dagiga o‗hshab, tinimsiz
qatnash salmonellyozda kam uchraydi.
Davolash erta boshlanib, to‗g‗ri olib borilsa, 2-3 kunda bemorning ahvoli
yaxshilanadi. Qusish, ich surishi to‗xtaydi. Najas avval bo‗tqasimon bo‗lib, keyin
normal holga keladi. Ishtaha tiklanadi. 5-6 kunda quvvat kiradi. Salmonellyoz
bilan og‗rigan bemorlar shifoxonada o‗rta hisobda 7-8 kun yotadi. Ba‘zi
bemorlarda tuzalganidan so‗ng bakteriya tashuvchilik holati kuzatiladi. U qisqa
muddat va surunkali bo‗lishi mumkin.
Bakteriya tashuvchilik aksari salmonellyoz kasalligidan sog‗aygan kishilarning
ba‘zilarida aniqlanadi. Juda kamdan-kam hollarda kasal bo‗lmagan shahslarda ham
uchraydi. Bakteriya tashuvchilik qisqa muddatli va uzoq cho‗ziladigan bo‗lishi
mumkin. Salmonellalar odam organizmida saprofitlar kabi uzoq yashashi mumkin.
Turli sabablar ta‘sirida organizmning himoya kuchlari susaysa, boyagi saprofit
salmonellalar faollashib, ko‗paya boshlaydi va kasallikka sabab bo‗ladi.
Tarqoq shakli
. Kasallik tifga o‗xshash va septik shaklda kechishi mumkin.
Kasallik ko‗p hollarda gastroenterit belgilari bilan boshlanib isitma kiradi. Kasallikning
asosiy belgisi xaroratning yuqori ko‗tarilishi va uzoq davom etishidir. Isitma qorin
tifidagidek ko‘rinishda bo‗ladi. Bemorning boshi, muskullari og‗riydi, uyqusi
buziladi. Ko‗zi va shilliq pardalari sal sarg‗ish tusga kiradi. Ko‗krak va qorin terisida
toshma ko‗rinadi. Ko‗pincha uchuq toshadi, puls soni xaroratga nisbatan kamayadi
(nisbiy bradikardiya), yurak toni bug‗iqroq bo‗lib eshitiladi, tilni karash bosadi.
Qorin dam bo‗lib, jigar va taloq kattalashadi. Bemor darmoni qurib, bo‘shashgan,
atrofga befarq holda jim yotadi. Ba‘zan meningoensefalit belgilari aniqlanadi.
Salmonellyozning septik shakli — uzoq davom etadigan gektik isitma, qayta-
qayta et uvishib, qaltirashi va turli septik asoratlar bilan ta‘riflanadi. Qon tekshirilganida
73
leykopeniya, nisbiy limfotsitoz aniqlanadi. Boshqa hollarda xuddi sepsisdagiga
o‗xshash gipoxrom anemiya, leykotsitoz aniqlanadi, EChT tezlashgan bo‗ladi.
Salmonellyozning tarqoq shaklida kasallik uzoq davom etadi, asoratlar kuzatiladi,
ba‘zan kasallik 4-5 haftagacha cho‗ziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |