O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Tashxisoti.
Kasallik tashxisini qo‗yishda anamnez, ayniqsa, epidemiologik 
anamnezini e‘tiborga olish lozim. Kasallanish guruh bo‗lib ro‗y berganida, bir hil 
taom yegan odamlar kasallanib, ayrimlaridan bakteriologik tekshirish natijasida 
salmonellalar topilsa, boshqalariga ham salmonellyoz tashhisini qo‗yish mumkin. 
Qonning umumiy tahlilida leykotsitoz, neytrofilyoz, ba‘zan EChT tezlashgani 
aniqlanadi, og‗irroq hollarda siydikda oqsil bo‗ladi. 
Bakteriologik tekshirishlar natijasi muhim ahamiyatga ega. Bemordan 
sterillangan idishga olingan qusuq moddasida, me‘dani chayilgan suvda yoki ovqat 
qoldiqlarida salmonellalarni topish mumkin. Najasdan ekma olib, Myuller 
muhitiga ekilganida ham kasallik qo‗zg‗atuvchilari aniqlanadi. Tana xarorati 
yuqori, uzoq davom etgan hollarda gemokulturaga qon olinib bakteriologik 
tekshiruvini o‘tkazish kerak. 
Kasallikning 4-5 kunidan boshlab PGAR qo‗yib, serologik reaksiya vositasida 
qondagi antitelolar aniqlanadi. 5-6 kundan so‗ng tekshirish qaytarilsa, reaksiya titri 
ortganligi kasallikni tasdig‗i bo‗ladi. 
Salmonellyoz hamda boshqa diareya kasalliklarni, ba‘zan klinik jihatdan 
vabodan farqlash murakkab bo‗lgani tufayli may-oktabr oylarida ichi buzilib, 
shifoxonaga yotqizilgan xar bir bemor najasi, ichak guruhi mikroblaridan tashqari, 
bir marta vabo vibrioniga ham tekshiriladi. 
Davolash.
Salmonellyoz bilan og‗rigan bemorlarni davolashda dastlabki 
tibbiy yordamni o‗z vaqtida ko‗rsatish muhim ahamiyatga ega. Kasallik 
toksikoinfeksiya (ovqatdan zaharlanish) alomatlari bilan kechgan xar bir bemorda, 
avvalo qornida o‗tkir jarroxlik kasalliklarni va miokard infarktini istisno qilish 
lozim. U kasalliklar yo‗qligiga ishonch hosil qilgach, birinchi navbatda me‘dani 
ovqat qoldig‗idan tozalash kerak. Bu maqsadda yo‗g‗on zond vositasida me‘dani 
3% li ichimlik soda eritmasi, u bo‗lmasa, iliq suv bilan yuviladi. Bu muolaja, 


74 
qaytib tushayotgan suv shilliqdan toza bo‗lgunga qadar davom etadi. Odatda, katta 
yoshdagilarning me‘dasini yaxshilab yuvish uchun 2,5-3 litr eritma sarflanadi. 
Bemor ichagini tozalash uchun iliq suv bilan huqna ham qilinadi. 
Bolalar me‘dasini 2% li ichimlik soda eritmasi bilan yuviladi. Eritma miqdori 
bolaning yoshiga qarab belgilanadi. Shuningdek, bolani ko‗krak suti bilan emizish, 
albatta davom ettirilishi kerak. Ko‗shimcha ovqatlantirilayotgan bolalarga 
o‗rgangan ovqati berilsa bo‗ladi. Ichi ketgan bolani 2-3 soatlab och qo‗yish 
mumkin emas. 
Bemor qusish va ich surish natijasida yo‗qotgan suv va tuz o‗rnini qoplash 
uchun og‗izdan glyukosolan yoki regidron eritmasi ichiriladi. Eritmani choy 
qoshig‗ida xar 3-5 minutda takroran ichirib turiladi. Eritma tayyorlash uchun 
haltachadagi shakar-tuz aralashmasi qaynatib sovutilgan bir litr suvda eritiladi. 
Ichiriladigan suyuqlik miqdori bemorning yoshi va yo‗qotilgan suyuqlik miqdoriga 
qarab aniqlanadi.
Bemorga oson hazm bo‗ladigan, qaynatib pishiriladigan taom buyuriladi 
(Pevzner bo‗yicha 4-stol). Kasallik avj olgan davrda qotirilgan non, qatiq, suzma 
(chakki) tavsiya etiladi. Taomdagi go‗sht qiyma holida bo‗lishi lozim. Kompot, 
meva sxarbatlari (uzumnikidan tashqari) yaxshi naf beradi. 
Yovgon
xo‗rdaga biroz 
qiyma ko‗shib tayyorlansa, parhezga mos keladigan taom bo‗ladi. 
Og‗irroq hollarda tuzli eritmalar tomir orqali tomchilab (minutiga 40-60 
tomchi) yuboriladi. Bu maqsadda Ringer eritmasi, trisol, atsesol, kvartasol kabi 
preparatlar qo‗llaniladi. Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida reosorbilakt, 
poliglyukin kabi dorilar ham tomir orqali yuboriladi. 
Kasallikning dastlabki soatlaridan tibbiy yordam ko‗rsatilsa va 4-6 soat 
davomida QOP, poliklinikalar qoshida tashkil etilgan og‗izdan suyuqlik ichirib 
davolash (ORP - oral regidratatsiya) bo‗limlarida regidron, glyukosolan, oralit 
soatiga 1-1,5 litr ichirilsa, ko‗pchilik bemorlarni shifoxonaga yotqizishga hojat 
ham qolmaydi. Bemor ahvoli og‗irlashib qolishining oldi olinadi. Oqibatda asorat, 
o‗lim holatlari kamayadi. 


75 
Salmonellezni davolashda antibiotiklar qo‗llash sxart emas. Ilgari keng 
foydanilgan tetratsiklin, levomitsetin hozirgi vaqtda salmonellalarga deyarli ta‘sir 
ko‗rsatmaydi. Ba‘zan gentamitsin (40-80 mg dan kuniga 2-3 marta), ampitsillin 
(0,5-1,0 g dan kuniga 3-4 mahal) kabi antibiotiklar, antiseptik dorilardan 
nifuroksazidlar 
va 
biseptol 
davolashda 
naf 
beradi. 
Salmonellyozning 
gastrointestinal formasi og‗ir intoksikatsiya bilan o‗tayotgan hollarda antibiotiklar 
ishlatiladi. Bunda antibiotiklar 5-6 kun davomida berib boriladi. Tarqoq shakllarda 
ular 10-12 kun ishlatiladi. Bemorlarga albatta vitaminlar (C, B guruh vitaminlari, 
nikotin kislota, rutin) beriladi. 
Bemorlar obdon sog‗ayganidan so‗ng uyga jo‗natishdan oldin antibiotik bilan 
davolash tugaganidan keyin oradan 2-3 kun o‗tkazib turib najasi va siydigi 
bakteriologik tekshiriladi. Tekshirish natijasi salbiy bo‗lsa, ya‘ni salmonellalar 
topilmasa, bemorlar kasalxonadan chiqariladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish