85
toksin bo‗lsa, uning ta‘sirida zardob olmagan sichqonlar o‗ladi. Sichqon
organizmlarida toksinni topib, uning turi ham aniqlanadi.
Kasallik alomatlari yaqqol ifodalangan hollarda laboratoriya tekshirishlari
natijasini kutmasdan botulizm tashxisini aniq qo‗yish mumkin.
Davolash.
Bemor shifoxonada davolanishi lozim. Toksin miokardit
qo‗zg‗atishini yodda tutib, hamda miasteniya mavjudligini e‘tiborga olib, bemorga
yurishga ruhsat berilmaydi. Kasallik qachon
boshlanganidan qatiy nazar,
botulizmga shubha bo‗lganida me‘da yaxshilab yuviladi va huqna qilib ichak
tozalanadi
Botulizmni davolashda asosiy qo‗llanadigan vosita - botulizmga qarshi zardob
yuborish bilan davolash xisoblanadi. Bu zardob 2 hil bo‗ladi: polivalent (A, B, E
turlari) aralashmasi va monovalent (aloxida A yoki B, yoki E turlari). Dastlabki
kunlarda polivalent zardob qo‗llaniladi. Laboratoriya
tekshirishlari natijasida
toksining turi aniqlanganidan so‗ng, ana shu turdagi monovalent zardob
ishlatilgani ma‘qul. Polivalent zardob tarkibida 10000 XB (xalqaro birlik) da A va
E turlari hamda 5000 XB B turidan iborat bo‗ladi. Zardob muskul orasiga, og‗ir
hollarda vena tomiriga fiziologik eritma bilan tomchilab yuboriladi. Bu holda
zardob 36-37°C gacha ilitilgan bo‗lishi kerak. Zardob Bezredka usulida (bo‗lib-
bo‗lib) yuboriladi.
Kasallik og‗ir kechgan hollarda birinchi kuni zardobning 2
davolash dozasi
vena tomiriga yuboriladi. U tugashi bilan bir doza muskul orasiga, 12 soatdan
so‗ng yana bir doza muskul orasiga yuboriladi. Ikkinchi kuni 12 soat oralatib 2
doza, zarurat bo‗lganida 3-4 kunlari bir dozadan muskul orasiga yuboriladi.
O‗rta og‗irlikda kechgan botulizmda 2 doza zardobni bir dozadan 12 soat
oralatib muskul orasiga yuboriladi. Yengil kechgan kasallikda bir doza zardob
yuborish yetarli xisoblanadi.
Faol immunitet qo‗zg‗atish maqsadida zardob bilan bir vaqtda anatoksin ham
qo‗llanadi. Bu maqsadda A, B va E turdagi anatoksinning xar biridan 0,5 ml dan
olib, teri ostiga yuboriladi. Oradan 5-7 kun o‗tgach,
anatoksin shu dozada qayta
yuboriladi. Anatoksin uchun alohida shprits ishlatilishi va uni zardob qo‗llanmagan
86
joyga yuborish lozim.
Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida reosorbilakt, reopoliglyukin, 5% li
glyukoza, Ringer eritmalari vena tomiriga tomchilab quyiladi. B, C guruhi
vitaminlari tutgan preparatlar tayinlanadi. Yurak faoliyatiga ko‗maklashuvchi
dorilar qo‗llaniladi (tiotriazolin 2,5%-4 ml dan v/i). Kasallik og‗ir
kechgan
hollarda glyukokortikoidlar (prednizalon 90-120 mg) qisqa muddatli kursda
buyuriladi.
Tuzalish davrida prozerin, ATF buyurish mumkin. Bemor nafas olishi
mushkul bo‗lgan yoki mustaqil nafas olish to‗xtab qolgan hollarda sun‘iy
nafas
olish apparati ulanadi.
Og‗ir holdagi bemor zond orqali ovqatlantiriladi.
Tuzalish davrida bemor keskin xarakatlar qilmasligi kerak. EKG ni takroran
olib, undagi natijalarga qarab asta-sekin o‗tirishga, keyinroq yurishga ruhsat
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: