O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Klinikasi.
Kasallikning yashirin davri 2-3 soatdan 8-10 kungacha. Bu 
davrning uzun-qisqaligi iste‘mol qilingan mahsulotdagi toksin miqdoriga va odam 
organizmining reaktiv holatiga bog‗liq. Toksin qancha ko‗p organizmga tushgan 
bo‗lsa, yashirin davr shuncha qisqa bo‗ladi va kasallik g‗oyat og‗ir o‗tadi. Bir xil 
mahsulot iste‘mol qilib bir necha kishi kasallansa, ularning xar birida yashirin davr 
muddati xar xil va kasallik turli og‗irlikda kechishi mumkin. 
Botulizmda hastalik alomatlari toksinning me‘da-ichak yo‗llari va nerv 
tizimiga ta‘siri bilan bog‗liq. Kasallik to‗satdan boshlanadi. Yengilroq kechganida 
ovqat hazm qilish yo‗llarining zararlanishi bilan ifodalansa, og‗ir hollarda nerv 
tizimining zaharlanishi alomatlari birinchi o‗rinda turadi. Dastlab qorinda og‗riq 
yoki to‗sh ostida og‗irlik paydo bo‗lishi mumkin. Ba‘zan qorin og‗rib qayt qilish 
kuzatiladi. Qusish 1-2 martadan so‗ng to‗xtab qoladi. Ayrim bemorlarda qusish 
umuman bo‗lmasligi ham mumkin. Botulizmda ich surishi deyarli kuzatilmaydi 
(ba‘zan 1-2 marta ich suyuq kelishi mumkin). Najas odatda o‗zgarmaydi. Ko‗p 
hollarda qabziyat kuzatiladi. Ayrim hollarda subfebril (38°C) isitma kirishi 
mumkin, ammo u qisqa muddatli bo‗ladi. Og‗iz qurishi va chanqash kasallika hos 
belgi xisoblanadi. 


84 
Kasallik boshlanganidan bir necha soat yoki biror kun o‗tgach, nerv 
tizimining jarohatlanish belgilari kuzatiladi. Bemor ko‗rishi hiralashganidan, turli 
narsalar yaqqol ko‗rinmasligidan, ko‗ziga parda tushib qolgandek tuyuladi, 
o‗qishga qiynalayotganidan shikoyat qiladi. Ba‘zan g‗ilaylik paydo bo‗lishi, bitta 
narsa ikkita (diplopiya) bo‗lib ko‗rinishi aniqlaniladi. Ko‗z qorachig‗lari xar xil 
kattalikda (anizokoriya) bo‗lishi mumkin. Qovoqlar ko‗pincha osilgan (ptoz) 
bo‗ladi. 
Bemor yutish qiyinlashganidan (disfagiya) ham shikoyat qiladi. Tomog‗iga 
narsa tiqilib turganidek tuyuladi. Ovqat yutayotganida qalqib ketadi. Tili og‗ziga 
sig‗mayotgandek bo‗ladi. Ba‘zan yumshoq tanglay parezi kuzatiladi. Bunda bemor 
ichgan suyuq ovqati burnidan chiqadi, pichirlab (disfoniya) gapiradi. Ba‘zan 
dimog‗ida gapiradi. Ayrim hollarda esa ovozi butunlay chiqmay qolishi mumkin 
(afoniya). 
Muskullar bo‗shashishi — miasteniya botulizmning o‗ziga hos belgilaridan 
xisoblanadi. Yaqqol ifodalangan horg‗inlik, tez cxarchash kuzatiladi. Qo‗l-
oyoqlarni qimirlatish qiyinlashadi. Darmonsizlikdan bemor oyog‗ida tik tura 
olmaydi. Boshini ko‗tarib turish ham malol kelib qolishi mumkin. 
Nafas olish qiyinlashadi. Bemor tez-tez va yuzaki nafas oladi. Og‗ir hollarda 
nafas olish falaji oqibatida o‗lim sodir bo‗ladi. 
Toksin yurak-tomir tizimiga ham kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Tomir urishi 
kasallikni boshida ko‗pincha sekinlashadi. Yurak tonlari bo‗g‗iqlashadi, chegarasi 
kengayadi. Toksik ta‘sir natijasida yurakda miokardit yuzaga keladi. U EKG da 
aniq ma‘lum bo‗ladi. 
Botulizmda tuzalish sekinlik bilan ro‗y beradi. O‗rta hisobda 20-30 kunda 
bemor tuzaladi. Og‗ir hollarda tuzalish 3-4 oygacha cho‗ziladi. Yurakdagi 
o‗zgarishlar va quvvat tiklanishi ham uzoq vaqt talab etadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish