Tashxisoti.
Bemorning qusuq moddasi, medani yuvilgan suvi sterillangan
bankaga yig‗ilib, laboratoriyaga jo‗natiladi. Zaharlanishga sababchi deb gumon
80
qilingan ovqat mahsulotlari ham sterillangan idishda laboratoriyaga yuboriladi.
Najasdan Myuller muhiti va tuzli suyuqlikka ekma olinadi. Ularning hammasidan
laboratoriyada bir xil mikrob topilishi, uning kasallik sababchisi ekanini ko‗rsatadi.
Topilgan mikrob kulturasi laboratoriyada biroz muddat saqlab turiladi.
Kasallikning 5-6 kunidan boshlab, bemor qoni zardobi bilan o‗sha kultura o‗rtasida
serologik (agglyutinatsiya) reaksiya qo‗yilsa, 1:40 va undan yuqori titrda ijobiy
natija olinishi tashxisini tasdiqlaydi.
Davolash.
Dietoterapiya
–
stol № 4. Ovqat toksikoinfeksiyalarida dastlabki
tibbiy yordamni o‗z vaqtida ko‗rsatish muhim xisoblanadi. Birinchi soatlarda
me‘dani yaxshilab yuvib, ichakni tozalansa, ko‗p hollarda bemorni ahvoli
yaxshilanadi, kasallik belgilari yo‗qoladi. Boshqa hollarda esa bemorning
og‗irlashib qolishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Me‘da-ichaklarni tozalagandan so‗ng
regidron eritmasi ichirib turish yaxshi samara beradi. Tozalovchi klizma,
adsorbentlar:
faollashtirilgan
ko‗mir,
smekta,
Bektit
– M beriladi.
Fermentoterapiya – mezim forte, kreon, festal. Simptomatik davo – serukal,
spazmolitiklar.
III-IV darajali degidratatsiya alomatlari bo‗lganida, tomir orqali Atsesol,
Trisol, Regidratonik, Ringer tuzli eritmalar suvsizlanish darajasiga qarab 1000-
2500 ml va undan ko‗proq quyiladi.
Ovqat toksikoinfeksiyalarini davolashda antibiotiklar qo‗llanilmaydi. Bemor
ahvoli yaxshilanib, ich kelishi yahshilangandan so‗ng shifoxonadan chiqarish
mumkin.
Kasallikni oldini olish.
Ovqat toksikoinfeksiyalarining profilakgikasi
salmonellyozlardagiga o‗xshash. Kasallik oldini olishda shahsiy gigienaga rioya
qilish katta ahamiyatga ega. Tibbiyot xodimlari bu qoidani, ayniqsa yosh bolali
onalarga uqtirishi kerak. Ovqatdan zaharlanish hodisasi ma‘lum jamoada qayd
etilgan bo‗lsa, shubha qilinayotgan ovqat mahsulotini iste‘mol qilgan barcha jamoa
tashkilotlarida kasallik alomati bor-yo‗qligi surishtiriladi va 1-2 kun tibbiy
kuzatuvga olinadi. Ovqat tayyorlash bilan bog‗liq xizmatchilar ichak guruhi
mikroblariga tekshiruvdan o‗tkaziladi va ularda kasallik belgilari bor-yo‗qligiga
81
e‘tibor qilinadi. To‗y, ma‘raka va boshqa katta yig‗inlarda tayyorlanadigan taom
tez iste‘mol qilinishi kerak. Oshpazlar esa tibbiy ko‗rik va ichak guruhi
mikroblariga tekshiruvdan o‗tgan bo‗lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |