O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Klinikasi. 
Kasallikning yashirin davri besh kungacha davom etadi. U turli 
og‗irlikda namoyon bo‗lishi mumkin. 
Vabo kasalligini ko‗pincha ichak guruhi mikroblari qo‗zg‗atgan ich ketar 
kasalligidan farqlash qiyin. Hastalik ko‗p hollarda yengil va o‗rtacha og‗irlikda 
kechadi. Ba‘zan og‗ir kechadigan, zudlik bilan tez yordam ko‗rsatilmagan hollarda 
birinchi kunning o‗zidayoq gipovolemik shok oqibatida o‗lim bilan tugaydigan 
hollari ham uchrab turadi. 
Odatda kasallik to‗satdan, darak beruvchi alomatlarsiz boshlanadi. Lekin El‘-
Tor vabosida 20-30% bemorlarda kasallikka hos belgilar namoyon bo‗lishidan 
oldin, bir necha soatdan bir kecha-kunduzgacha hastalikning prodromal davri 
belgilari: tana goh sovib (uvishib), goh qizishi ro‗y berib, tana xarorati 37-38°C ga 
ko‗tariladi. Bunday xollarni bemorlar oyoqda o‗tkazadilar. 
Hastalikning bu turda boshlanishi e‘tiborni jalb qilmaydi, lekin epidemiologik 
jixatdan o‗ta xavflidir, ayniqsa kasallikning bu turda boshlanishi savdo va oziq-
ovqat muassasalarida hizmat qiluvchi shaxslar o‗rtasida kuzatilganida ahvol 
yanada jiddiy tus olishi mumkin. 
Odatda, vabo kasalligi bemor hojatga borib, "sababsiz" ichi surib, oyoq-


91 
qo‗llarida darmon kamayishi bilan boshlanadi. 
Qisqa vaqt o‗tar-o‗tmas (2-4 soatda) hojatga 
qatnash 4-5 marta va undan ham ko‗p bo‗lib, 
ichakdan chiqariladigan ahlat ipir-ipir, oq loyqa 
suv kabi bo‗ladi. 
Ko‗proq hollarda kasallik boshlanganidan 
biroz keyin (4-6 soat, ayrim hollarda 1-2 
kundan so‗ng), ba‘zan esa ich buzilish bilan bir vaqtda qusish boshlanadi. Qayd 
qilish ham tez-tez takrorlanib turadi.
Rasm. 9. Vabo , 4 darajali degidratatsiya. (I.K.Musabaevdan) 
Afg‗oniston, Qaroqalpog‗istonda ro‗y bergan epidemiyalarda 6% gacha bo‗lgan 
bemorlarda vabo belgilari ich ketmasdan, dastavval faqat qusish bilan namoyon 
bo‗lgan. Bunday atipik, qusish bilan boshlangan vabo 2-4% bemorlarda bir necha 
soatlardan so‗ng ich surish belgilari qo‗shilib, tanada darmonsizlik, oyoq 
mushaklarining tirishib qolishi bilan rivojlanadi, bemor ahvoli og‗irlasha boradi. 
Qusish va ich buzilishi oqibatida qisqa muddat ichida bemor organizmida 
degidratatsiya ro‗y beradi. Hastalikning og‗ir yoki yengilligi degidratatsiya 
darajasiga bog‗liq. Shu sababli davolashda bu ahvol inobatga olinadi. 
Degidratatsiya 4 darajaga bo‗linadi: 
I-darajali degidratatsiya qusish va ich surishi 4-5 martadan oshmaydi. 
Bemorning umumiy ahvoli 1-2 kun yomonlashadi. Bemor organizmi yo‗qotgan 
suyuqlik tana vaznining 3 foizidan oshmaydi. Bunday bemorlar ba‘zan hattoki 
tibbiy yordam so‗rab murojaat qilmaydilar. Ular epidemiologik jihatdan g‗oyat 
xavfli xisoblanadilar. 
II-darajali degidratatsiyada ich surishi va qusish tez-tez takrorlanib, kuniga 
15-20 martagacha borishi mumkin. Organizm suvsizlanishi sezilarli darajaga borib, 
bemor og‗iz qurishi, tashnalik, holsizlik, bosh aylanishidan shikoyat qiladi. Teri 


92 
qurisha boshlaydi, qon bosimi pasayadi, siydik ajralishi kamayib, quyuqlashib 
ketadi. Ba‘zan boldir muskullarida tirishish paydo bo‗ladi. Organizm yo‗qotgan 
suyuqlik tana vaznining 4-6 foiziga yetadi. Vaqtida davolanmasa, bemor 
og‗irlashib qolishi mumkin. 
III-darajali degidratatsiya ro‗y berishi dastlabki soatlardanoq ich surishi va 
qusish juda tez qaytalanib turganida kuzatiladi. Bunda qisqa muddat ichida bemor 
organizmi juda ko‗p elektrolitlar (Na, K, Cl) va suyuqlik yo‗qotadi. Shu davrda 
organizmdan chiqib ketgan suyuqlik hajmi tana vaznining 7-9 % tashkil qiladi. 
Bemorni tashnalik qiynaydi, teri burmalari uzoq vaqt yozilmaydi, ovozi zo‗rg‗a 
eshitiladi. Qon bosimi sezilarli darajada 80-70 mm sm.ust. pasayadi. Yuz, qo‗l va 
oyoq muskullarida kuchli og‗riq beradigan tirishish kuzatiladi. Siydik g‗oyat kam 
ajraladi. Qon quyuqlasha boshlaydi, undagi kaliy va xlor miqdori kamayib ketadi, 
natriy miqdori esa ortadi. 
IV-darajali degidratatsiya organizm suv yo‗qotishining eng yuqori darajasi 
hisoblanib, yo‗qotilgan suv tana vaznining 10 foizdan va undan ortig‗ini tashkil 
etganida kuzatiladi. Ba‘zan kasallik dastlabki soatlardanoq shiddatli boshlanadi. 
To‗htovsiz ich ketishi va qusish natijasida 8-10 soat davomidayoq bemor g‗oyat 
suvsizlanib qoladi. IV-darajali degadratatsiya holatidagi bemorlar o‗z vaqtida 
suyuqlik yuborib davolanmagan hollarda gipovolemik shok holati yuzaga kelishi 
mumkin. Bu davrda suvsizlanish oqibatida qon quyuqlashadi, yurak-qon tomirlari 
faoliyati keskin buziladi, qusish va ich surishi esa to‗htab ham qoladi. Bemorning 
qo‗l-oyoqlari, so‗ngra tanasi soviy boshlaydi, tana xarorati 35°C gacha tushishi 
mumkin, teri ko‗kimtir-tuproq rangida bo‗ladi, burishib qoladi. Tomir urishi va 
qon bosimini aniqlab bo‗lmaydi. Yuz, ko‗z, lab atrofi ko‗karib ketadi. Tananing 
deyarli barcha muskullarida uzoq davom etadigan tirishish va kuchli og‗riq 
kuzatiladi. Nafas olish susayib chuqurlashadi (Cheyn-Stoks). Siydik ajralishi 
to‗xtab qoladi. Qondagi eritrotsit va leykotsitlar soni ko‗payadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish