Klinikasi.
I. Inkubatsion davr minimal 7 kundan va maksimal 45 kunni
tashkil etadi. O‗rtacha inkubatsion davr virusli gepatit bilan kasallangan bemor
bilan muloqotdan keyin 2-3 haftani tashkil etadi. Bu davrda hech qanday klinik
belgilar bo‗lmaydi, lekin bu davrning ohirida bemor tashqi muhit uchun juda
yuqumli bo‗la boshlaydi, chunki virus tashqi muhitga najas va siydik orqali
ajraladi, shuning uchun kasallik chiqqan o‗choqlarda karantin 35 kunga qo‗yiladi,
va xar 10 kunda muloqatda bo‗lganlar qoni transaminazalarga tekshiriladi.
II. Prodromal (sariqlik oldi) davri bir necha kundan 1-1,5 haftagacha (o‗rtacha
3-4-5 kun) davom etadi. Kasallik o‗tkir boshlanib, turli klinik belgilar bilan
namoyon bo‘ladi, bu belgilarni quydagi sindromlarga umumlashtirish mumkin:
Dispeptik – ko‗ngil aynish, ovqatga, ayniqsa go‗shtga nisbatan ko‗ngil
aynishi, turli xarakterdagi qorinda, xususan o‗ng qovurg‗a ostidagi og‗riqlar,
diareya, meteorizm hissi kabilar bilan xarakterlanadigan ichak disfunksiyalari
bo‗lishi mumkin, og‗ir shakillarida qayt qilish to‗xtovsiz bo‗lishi mumkin, jarayon
qancha og‗ir bo‗lsa, qayt qilish davomiyligi shuncha uzoq bo‗ladi. Bu variant eng
ko‗p va populyatsiyada kasallangan bolalarning 60-70% da kuzatiladi.
105
Astenovegetativ - holsizlik, uyquchanlik, adinamiya, bolalarda injiqlik, bosh
og‗rishi, xaroratning ko‗tarilishi va umumiy intoksikatsiya belgilari bilan
ta‘riflanadi.
Grippsimon – gripp, O‗RVI kabi boshlanadi: xaroratning 38°C va undan
yuqori ko‗tarilishi, kataral belgilar, yo‗tal, tumov, tomoq giperemiyasi bo‗lishi
mumkin.
Aralash – yuqorida keltirilgan sindromlar turli hamkorlikda keladi. Bu davrni
oxirgi kunlariga kelib siydik rangi to‗qlashadi, bu to‗qlashish qonda urobilinogenni
ortishi bilan bog‗liq, jigar hajmi kattalashadi, yosh bolalarda najas rangi oqaradi.
Shu belgilarga e‘tibor berilsa, virusli gepatitga shubha qilinadi.
III. Sariqlik davri (avj olish davri), dastlab sklerani, yuqori tanglay shilliq
qavatining sust, keyinchalik butun terining sarg‗ayishi kuzatiladi. Sariqlikning
intensivligi qondagi bilirubinning miqdoriga bog‗liq: sariqlik bilirubin miqdorining
35 mkmol/l dan oshganda paydo bo‗ladi. Sariqlik bilan parallel ravishda pigment
almashinuvining buzilishi munosabati bilan peshobning to‗qlashishi, ba‘zan
sariqlikdan oldin najasining oqarishi yuzaga keladi. Sariqlik qancha tez va intensiv
kuchli namoyon bo‗lsa, shunchalik ahvoli yengillashadi. Sariqlikning paydo
bo‗lishi va rivojlanishi bilan VGA intoksikatsiya belgilari kamayadi, xarorat
me‘yorlashadi, qayt qilish to‗htaydi, ishtahasi va umumiy ahvoli yaxshilanadi.
Ob‘ektiv sariqlik davrida shifokor jigarning kattalashganligini, jigar chetlarini
o‗tkirlashganligini, fibroz kapsulaning taranglashganligi hisobiga biroz og‗riqligini
aniqlaydi, jigar o‗lchamlari turlicha bo‗lishi mumkin, bu yoshga va gepatitning
og‗irligiga bog‗liq. Sariqlik davri 2-3 hafta davom etadi.
IV. Rekonvalestsensiya davri: ahvoli yaxshilanadi, bola faol, tetik, ishtaha
paydo bo‗ladi, sariqlik yo‗qoladi, jigar o‗lchamlari qisqaradi, tuzalishning asosiy
mezonlari bo‗lib biokimyoviy ko‗rsatkichlarning me‘yorlashishi hisoblandi. 5-10%
bemorlarda, bir necha oygacha davom etadigan, klinik-laborator ko‗rsatkichlarning
monoton o‘zgarmasligi bilan ta‘riflanadigan kasallikning cho‗zilgan kechishi
kuzatiladi. Cho‗zilgan kechishi bo‗lgan ko‗pchilik bemorlarda kasallik ko‗pincha
tuzalish bilan yakunlanadi.
106
Belgilarning kamayishi davrida ayrim bemorlarda, klinik va laborator
ko‗rsatkichlarning yomonlashishi bilan namoyon bo‗ladigan kasallikning qo‗zishi
yuzaga kelishi mumkin. Ko‗rsatilgan asoratlar bilan birga, qator bemorlarda o‗t
yo‗llarining shikastlanishi belgilari aniqlanishi mumkin. GA oqibati odatda ijobiy.
To‗liq tuzalish 90% bemorlarda kuzatiladi, qolganlarda o‗zgarmagan funksional
jigar testlari fonida gepatofibroz, astenovegetativ (gepatitdan keyingi) sindrom,
biliar tizimning shikastlanishi ko‗rinishidagi qoldiq belgilar kuzatiladi. GA
o‗tkazgandan keyin, ba‘zan qon zardobida fermentlar (ALT, AST)
ko‘rsatkichlarining o‗zgarmagan holida erkin bilirubinning oshishi bilan
ta‘riflanadigan Jilber sindromi kuzatiladi.
Tashxis
. Tashhis epidemiologik ma‘lumotlar (GA bo‗lgan bemorlar bilan
muloqotdan yoki GA inkubatsiyasiga mos keladigan davrda noqulay xududda
bo‗lgandan keyin kasallikning rivojlanishi) majmuasi, klinik ko‗rsatkichlar
(xarakterli klinik-biokimyoviy sindromlarning paydo bo‗lishi bilan kasallikning
siklik rivojlanishi) va laborator tekshiruvlar natijalarini hisobga olgan holda
qo‗yiladi. Ular orasida: AlAT faolligining normaga nisbatan 5-10 martaga va
undan ortiq oshishi, sulema titrining pasayishi, timol sinamasining ortishi, qon
zardobi proteinogrammasida gammaglobulin fraksiyalari miqdorlarining sezilarli
oshishi, gemogramma (normotsitoz yoki leykopeniya, nisbiy limfotsitoz,
EChTning sekinlashi) o‗zgarishlari hos. GA tashhisini ishonarli tasdig‗i
immunokimyoviy (RIA, IFA va b.) usullar yordamida qo‗yiladi – prodromal davr
va avj olish davrining boshlang‗ich fazalarida IgM-anti-HAV titrining oshishi
aniqlanadi. Rekonvalenssensiya davrida aniqlanadigan IgG anti-HAV anamnestik
ahamiyatga ega. Gepatit A ning qiyosiy tashhisoti prodromal davrda gripp va
boshqa O‗RVI, enterovirusli infeksiyalar bilan taqqosiy tashxis o‗tkaziladi. GAdan
farqli ravishda, gripp uchun kataral va toksik sindromlarni ustun turishi, bunda
funksional jigar testlarining o‗zgarishi va gepatomegaliya hos emas. Jigar
kattalashishi bilan kechadigan adenovirusli va enterovirusli infeksiyalarda,
ko‗pincha yuqori nafas yo‗llari kataral jarayonlari, mialgiyalar yaqqol namoyon
bo‗ladi.
107
Do'stlaringiz bilan baham: |