O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Tashxissi
. Epidemologik ma‘lumotlar, klinik belgilar va bemorni yoshi 
tashxisni aniqlashda muhim xisoblanadi. Tashhisni tasdiqlashda bemor qon 
zardobida IFA usulida anti-HEV IgM yoki PZR usulida HEV-RNA aniqlashga 
asoslanadi.
Davolash.
Gepatit A davolashiga mos keladi. 
Gepatit E ning 
homiladorlardagi nohush oqibati, homila tashlash, muddatidan ilgarigi tug‗ruqning 


110 
oldini olishga yo‗naltirilgan akusherlik taktikasi va tug‗ruqni optimal o‗tkazish 
muhim o‗rinni egallaydi.
Profilaktikasi
. Epidemiyaga qarshi va sanitar-gigienik tadbirlar gepatit A 
o‗tkaziladigan tadbirlar bilan bir xil. Spetsifik vaksinasi yo‗q, lekin uni ishlab 
chiqarilishi bo‗yicha ilmiy ishlar olib borilmokda. 
 
PARENTERAL VIRUSLI GEPATITLAR 
VIRUSLI GEPATIT B 
Parenteral virusli gepatitlar ichida dunyoda keng tarqalganlaridan biri bu 
virusli gepatit B. O‗tkir virusli gepatit B eng xavfli turi hisoblanib, o‗lim 
ko‗rsatkichi 1-4% ni tashkil qiladi. Tahminan 5-10-15% holatlarda infeksion 
jarayon cho‗zilib, surunkali gepatit B rivojlanadi, undan so‗ng o‗limning asosiy 
sababchisi bo‗ladigan jigar sirrozi va birlamchi jigar raki shakllanadi. 
O‗zbekistonda 2000 yildan emlash kalendariga bu kasallikka qarshi emlash joriy 
qilingandan keyin, hozirda emlanganlarda virusli gepatit aytarli kuzatilmay qoldi
ammo virusli gepatitni oldin o‗tkazganlar ichida surunkali shakllari uchrab turibdi. 
Etiologiyasi
. Gepatit B gepadnaviruslar oilasiga mansub bo‗lib tarkibida 
DNK saqlaydi. U tashqi muhit, turli xil ximik va fizik omillar ta‘siriga o‗ta 
chidamliligi bilan ajralib turadi. Uy xaroratida 3 oy, muzlatgichda – 6 oy, 
quritilgan plazmada yoki muz holatida – yillab saqlanadi. GB qo‗zg‗atuvchisi 1-2 
% xloramin eritmasida faqat 2 soatdan so‗ng, 1,5%- formalinda – 7 sutkada 
faoliyatini yo‗qotadi. Avtoklav qilinganida 45 minutda, quruq issiqda (180

C) 
sterilazatsiyasida – 45 minutda halok bo‗ladi. Gepatit B qo‗zg‗atuvchisi – Deyn 
bo‗lakchasi 42-45 nm diametrga ega va tashqi qobiq va markaziy yurak qismi 
(nukleokapsid) dan iborat. Virusni tashqi qobig‗idagi oqsili, antigenini 1963 yili 
B.Blyumberg Avstraliya mahalliy aholisi qonidan «Avstraliya antigeni» aniqlagan 
va shu nom bilan atagan, hozirda bu antigen yuzaki antigen (HBsAg) deb 
yuritiladi. Nukleokapsid tarkibida yurak (cor) antigeni (HBcAg), va unga yaqin 
HBcAg ning sekretsiyalanadigan, eruvchi qismi xisoblanadigan yuqumchillik 


111 
antigeni (HBeAg); yaxshi o‗rganilmagan HB
x
Ag lar bor; DNK va DNK – 
polimeraza va proteinkinaza fermentlari bor. VGB ning xar bir antigeni tegishli 
antitelolar (anti- HBs, anti- HBc, anti- HBe) ishlab chiqilishi bilan namoyon 
bo‗luvchi gumoral immun javob chaqiradi. Virusni hamma antigenlari va tegishli 
antitelolari infeksion jarayonni turli bosqichlari indikatorlari bo‗lib hizmat qiladi. 
HBsAg – odamni virusli gepatit B ni yuqtirganligini markyori bo‗lib xisoblanadi. 
U kasallik yuqqanidan 4-6 haftadan so‗ng, ya‘ni yashirin davrda (klinik belgilar 
yuzaga kelishidan 25-30 kun avval), shuningdek sariqlik oldi davri va gepatitni 
o‗tkir 
davri 
mobaynida 
aniqlanadi, 
ko‗pchilik 
bemorlarda 
HBsAg 
rekonvalessensiya davrida yo‗qoladi, ammo ayrim bemorlarda u kasallik 
boshlanganidan keyin oylab, hatto yillab saqlanishi mumkin. Yuzaki antigeniga 
qarshi antitelolar (anti-HBs) ko‗p hollarda HBsAg yo‗qolgandan so‗ng uzoq 
muddatlarda, ya‘ni kasallikning tuzalish davrida aniqlana boshlanadi. 
Rasm 12. Deyn tanachasini sxematik ko‗rinishi.
Kaf. tablitsasi. 
Antigen yo‗qolib, antitelo 
aniqlanguncha «manfiylik» davr 
3-4 oyni tashkil qiladi. Anti - 
HBs 
ni 
aniqlanishi
infeksiyadan keyingi protektiv 
immunitet rivojlanishi va o‗tkir 
VG 
dan 
sog‗ayishni 
mezonlaridan 
biri 
bo‗lib 
xisoblanadi. HBsAg faqat jigar
bioptatlarida 
aniqlanadi, 
shuning uchun bu diagnostik testni amaliyotda tadbiq qilish imkonini cheklab 
qo‗yadi. Yurak antigeniga qarshi antitelolar (anti- HBc IgM) o‗tkir gepatit B da 
sariqlik yuzaga chiqquncha yoki kasallik avjining dastlabki kunlari paydo bo‗ladi. 
Ular 3-5 oy mobaynida qonda aylanib yuradilar. Anti-HBs IgM ni aniqlashni 
klinitsistlar uchun o‗tkir GB ni tasdiqlovchi juda muhim belgi xisoblanadi. Anti – 


112 
HBc IgG shu muddatlarda yoki bir oz kechikib paydo bo‗ladi, ammo uzoq muddat 
saqlanadi. HBeAg gepatit B bemorlarida HBsAg bilan bir paytda paydo bo‗lib, 
yuqori DNK – polimeraz faollikdan darak beradi. Qon zardobida HBeAg, HBV – 
DNK-ni aniqlanishi virusni faol reproduksiyasini (replikatsiyasi) ko‘rsatadi. 
Yuqumlilik antigenga qarshi antitelalar HBeAg yo‗qolgandan so‗ng paydo bo‗la 
boshlaydi. HBeAg, HBV DNKni ancha pasayishi va anti- HBe ni paydo bo‗lishi 
patologik jarayonni yaxshilanishidan, virus elminatsiyasini ko‘rsatadi. HBeAg va 
HBsAg ni qonda uzoq aylanib yurishi, HBV DNK ni yuqori miqdorda aniqlanishi 
infeksion jarayonni cho‗zilib kechishi va surunkalika aylanishi havfi borligini 
bildiradi.

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish