Bemorning ruhiy holati



Download 28.27 Kb.
Sana23.02.2020
Hajmi28.27 Kb.
Bemorning ruhiy holati

Bemor kasal bo’lgan vaqtida unda juda ko’p belgilar yuzaga keladi.Bu jismoniy belgilar albatta uning ruhoyatiga ta’sir qiadi.Bu esa bemorni ahvolini yanada og’irlashishiga sabab bo’ladi.Bunday belgilar bilan uyida tanishib chiqamiz.

Depressiya — ruhiy kasallik boʻlib, u odamda hayotga boʻlgan umidsizlik, odamlarga boʻlgan ishonchsizlik, tushkunlik, yolgʻizlik, stress, toʻxtovsiz xavotirlanish va shu kabi yomon [negative] xissiyotlarni uygʻotishi mumkin. Oʻta jiddiy xolatlarda, baʼzilar sigaret chekish, spirtli ichimliklar ichish, meyoridan ortiqcha uxlash kabi yomon illatlar bilan oʻzlarini chalgʻitishga urinishadi.

Shok (frans. sos — zarba) — odam hayotiga xavf tugʻdiruvchi holat; haddan tashqari kuchli taʼsirotlar natijasida nerv, endokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda moddalar almashinuvining buzilishi bilan ifodalanadi. Koʻpincha shikastlanish, kuyish, operatsiya oqibatida, nomos qon quyilganda, miokard infarktida, yurak faoliyati buzilganda va boshqalar tufayli roʻy beradi. Sh. boshlanishida bemor bezovtalanadi, rangi oqaradi, qarashlari bejo, fikrlari chalkash, baʼzan oʻzining ogʻir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanish kuchayib, oʻrnidan sapchib turib ketadi (uni tutib qolish qiyin boʻladi). Keyinchalik eshushi joyida boʻlsa ham, umumiy ahvoli yomonlashib, atrofmuhitga butunlay befarq boʻlib qoladi. Ogʻriqni salpal sezadi yoki mutlaqo sezmaydi, rangi oqarib, gavda temperaturasi pasayadi, terisi muzdek boʻlib, yopishqoqter bilan qoplanadi, nafasi tezlashadi, tashna boʻladi, baʼzan qayt qiladi. Kishi kuyganda Sh., ayniqsa, ogʻir kechadi. shahrini keltirib chiqargan sababiga qoʻra travmatik, anafilaktik, kardiogen, emotsional, gemotransfuzion va boshqalar xillari farq qilinadi.

Travmatik shok shikastlangandan keyin roʻy berib, shikastlangan kishining ahvoli juda ogʻir boʻladi.

shahrining oldini olish uchun iloji boricha zudlik bilan tez yordam chaqirish, vrach kelguncha bemorga birinchi yordam koʻrsatish, yaʼni shikastlanishga sabab boʻlgan omillar (mas, yonayotgan kiyimboshni oʻchirish, qulagan joy ostida qolib ketgan kishilarni olib chiqish va boshqalar)ni bartaraf etish, qon oqishini toʻxtatish, qoʻl, oyoq shikastlanganda ularni vaqtincha taxtakachlab qimirlatmay qoʻyish (qarang Suyak sinishiSuyak chiqishi), ogʻiz boʻshligʻini ivigan qondan tozalash va sunʼiy nafas oldirish lozim. Shikastlangan kishiga tegishli yordam koʻrsatgach uni darhol ehtiyotkorlik bilan kasalxonaga olib borish kerak.

Anafilaktik shok — moddalarga, jumladan, organizmga mos kelmaydigan dorilarga nisbatan boʻladigan allergik reaksiyaning eng ogʻir koʻrinishlaridan (qarang Allergiya). Penitsillin, streptomitsin, mahalliy ogʻriqni qoldiruvchi vositalar, qoqsholga qarshi va boshqalar zardoblar hamda vaksinalar ham anafilaktik shahriga sabab boʻladi. Anafilaktik Sh. belgilari uni keltirib chiqargan moddaga bogʻliq boʻlmagan holda bir xil — koʻngil aynishi, qusish, qon bosimining toʻsatdan pasayib ketishi, nafasning tez va yuzaki boʻlishi, baʼzan hushdan ketish va boshqalar Koʻpincha teriga toshma (eshakem) toshadi, goho dori yuborilgan joyda shish paydo boʻladi. Baʼzida tovush boylamlari shishib, bemor boʻgʻilib qolishi mumkin.

Anafilaktik Sh. belgilari paydo boʻlganda to vrach yetib kelguncha bemorni yonboshi bilan yotqizib, oyoqlarini bir oz koʻtarib qoʻyish (bu nafas yoʻllaridan bemalol havo oʻtishini taʼminlaydi), lozim boʻlsa, sunʼiy nafas oldirish kerak. Anafilaktik shahrining oldini olish uchun faqat vrach tavsiya etgan dorilardan foydalanish zarur.

Kardiogen shok — miokard infarktining eng ogʻir asoratlaridan biri, yurak sohasida qattiq ogʻriq paydo boʻlganda kuzatiladi. Kardiogen shahrida bemor haddan tashqari darmonsizlanadi, rangi oqarib, labi koʻkaradi, qoʻloyogʻi muzlaydi, yopishqoq sovuq ter chiqadi va koʻpincha hushdan ketadi. Bunday Sh. vaqtida tez tibbiy yordam yetib kelguncha bemorni qimirlatmay yotqizib qoʻyish va orom berish lozim (qarang Miokard infarkti).

Emotsional shok kuchli hayajonlanish, asab va ruhiy zoʻriqishlarda kuzatiladi. Koʻpincha bemorning xulq-atvori oʻzgaradi, u bezovtalanib qichqiradi, yigʻlaydi, baʼzan oʻziga jarohat yetkazadi, yaqinlari, qarindoshlari, qoʻshnilari va notanish odamlarga nisbatan yovuz munosabatda boʻladi. Baʼzi bemorlar yomon eshitadigan, bangi qiyofasiga kirgan va tashqi dunyoni qiyinlik bilan qabul qiladigan odamlarni eslatadi. Boshqa bemorlarda ong bilan birga sezuvchanlik (voqelikni qabul qilish)ning buzilishi hamda hadiksirash va qoʻrqish kabi emotsional holatlar kuzatiladi. Bemorning koʻrinishida oʻzini yoʻqotib qoʻyganlik alomatlari namoyon boʻladi, u tevarakatrofga, qarshisidagi odamlarga qoʻrquv va xavotir bilan qaraydigan boʻlib qoladi. Baʼzan emotsional Sh. isteriya bilan tugaydi (bemor toʻlgʻanib, talvasalanib boshini ura boshlaydi, gʻayritabiiy holatda turib qoladi). Shuning uchun bemor oldiga ortiqcha odam qoʻymaslik, shikast yetkazishi mumkin boʻlgan jismlarni undan bekitib qoʻyish va u bilan yaxshi munosabatda boʻlish kerak. Jiddiy ruhiy oʻzgarishlarga duchor boʻlgan bemorlar kasalxonada davolanadi.



Gemotransfuzion shok bemorga qon gruppasi toʻgʻri kelmaydigan qon quyilganda roʻy beradi. Shuning uchun bemorga faqat vrach koʻrsatmasi boʻyicha qon quyish talab etiladi. shahrining barcha turlarida darhol vrachga murojaat etish kerak.

Ipoxondriya (yun. hupochondrion — qovurgʻalar osti, biqin), ipoxondriya sindromi — ruhiy holat; oʻz sogʻligʻiga va umuman hayotiga haddan tashqari shubha bilan qarash, biror kasalligi boʻlsa, oshirib yuborish va oʻzida yoʻq kasallikni bor deb bilish. I. kishi harak-terining bir xususiyati yoki endi boshlangan biror ruhiy kasallik ifodasi boʻlishi mumkin. I.da bemor tanasining turli qismlarida biror xastalikka "taalluqli" (mas, qichima, ogʻriq, yurak oʻynashi) noxush hislar seza boshlaydi va butun diqqatini shunga qara-tadi; shifokorning hech qanday kasalingiz yoʻq deganiga ishonmay, boshqa mutaxassisga koʻrsatadi va uni tezroq tuzatish choralarini koʻrishga undaydi. I. koʻpincha oʻlim va tuzalmaslik xavfi bilan kechadi. I.da "xastalik" belgilari nihoyatda turli-tumanligi, haqiqatdan yirokligi bilan ajralib turadi va bunga nisbatan ularda tanqid yoʻqolgan boʻladi. Bemorlar oʻta bezovta boʻlib, turli soha vrachlari, tabiblar va h. k.ga murojaat etadi, oʻzlaridagi "xastalik" belgilarini nihoyatda koʻpirtirib koʻrsatadi, tezroq tuzatish tadbirlarini koʻrishga qistaydi, yigʻlaydi va h. k. Koʻpincha ular oʻzlarini xavfli oʻsma (rak), sil, oq qon (leykoz), yurak kasalliklari bilan ogʻrigan qilib koʻrsa-tishadi. I. shilqimlik, depressiv, pa-ranoyal va paranoid sindromlari koʻri-nishida kechadi. I. nevroz, shizofreniya va h. k. kasalliklarda uchraydi.

Qoʻrquv — insondagi ruhiy holatlardan biri; narsa va hodisalarning asl mohiyati, koʻrinishi toʻgʻrisida aniq tasavvurning yoʻqligi tufayli bezovtalanish, hadiksirash, tashvishlanish kechinmalarining yuzaga keli-shi. Q. koʻpincha odamlarda yurak uri-shining ortishi, badanning ter bilan qoplanishida oʻz ifodasini topadi. Q. insonlarda tasodifiy, favquloddagi vaziyatlarda, nevrotik holatlarda, ruhiy shikastlanishda uchrab turadi. Q.dan odam oʻzini noxush, noqulay his etsa-da, lekin koʻpincha oʻzini oʻzi nazorat qila olmaydi. Ongsizlikning onglilikdan ustunligi shunday holatni keltirib chiqaradi. Chuqur hayajonlanish oqibatida kishi ruhan qattiq azoblanadi. Psixologiyada Q.ning har xil turlari oʻrganilgan. Q.ning asosiy koʻrinishlari: kasal boʻlib qolishdan qoʻrqish, koʻpchilikdan izza boʻlishdan qoʻrqish, qizarishdan qoʻrqish, uyda yolgʻiz qolishdan qoʻrqish, trans-port vositalaridan qoʻrqish, shifokordan qoʻrqish, nizodan qoʻrqish, mozordan qoʻrqish, hayvonlardan qoʻr-qish, jimlikdan qoʻrqish, murdadan qoʻrqish, huquq-tartibot xodimlaridan qoʻrqish va boshqa Insonni tabiat va turmushdagi voqeliklarni toʻgʻri tushunishga, idrok qilishga oʻrgatish, mashq qildirish orqali Q.ni kamay-tirish mumkin. Shaxsning sust, zaif asab tizimini jonlantirish, tana aʼzolarini mashq qildirish, noxush kechinmalarni bartaraf etish orqali Q.ning tashqi ifodasini kamaytirsa boʻladi. Psixoterapevtik taʼsir oʻtka-zish vositalari yordami bilan Q.ni asta-sekin yoʻqotish imkoniyati mavjud.
Download 28.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar