O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

 
Epidemiologiyasi. 
Gepatit B insonlarda eng ko‗p tarqalgan yuqumli 
kasalliklardan biri xisoblanadi. JSST ma‘lumotlariga ko‗ra, dunyo aholisini 
1
/

qismi gepatit B virusi bilan zararlangan bo‗lib, xar yili bu infeksiyani turli klinik 
turlaridan 1 milliondan ko‗prog‗i halok bo‗ladi. Shimoliy, G‗arbiy va Markaziy 
Yevropa, Shimoliy Amerika HBV – infeksiyasi kam tarqalgan mintaqalarga, 
Janubiy va Sxarkiy Yevropa, Janubiy va Markaziy Amerikada – o‗rtacha 
tarqalgan, Osiyo va Afrika mamalakatlari ko‗p tarqalgan mintaqalar jumlasiga 
kiradi. Infeksiya manbai bo‗lib o‗tkir va surunkali gepatit B ni manifest va 
belgisiz turlari bilan kasallanganlar xisoblanadi. Manifest turdagi o‗tkir gepatit B 
bilan kasallanganlar kasallik belgilari yuzaga chiqishidan 2-8 hafta avval kasallikni 
yuqtiruvchan bo‗lishi mumkin. Bunday bemorlarni ko‗pchiligida klinik tuzalish 
kelib chiqishi bilan virusemiya to‗htaydi. Ammo, kasallikni yuqtirganlarni bir 
qismida qo‗zg‗atuvchi qonda bir necha yil aniqlanishi mumkin. Gepatitni belgisiz 
turi bilan og‗rigan bemorlar, ayniqsa virusni faol replikatsiyasi bo‗lgan davrda 
katta epidemiologik havf tug‗diradilar. Xar yili aniqlanadigan bunday bemorlarni 
soni gepatit B ni manifest turiga qaraganda bir necha barobar ko‗p bo‗ladi. Bir 
vaqtning o‗zida surunkali gepatit B bilan kasallanganlar butun umri davomida 
epidemiologik 
xavfli 
xisoblanadi. 
Kasallik 
yuqtirganlarni 
organizmida 
ko‗zg‗atuvchilarni uzoq muddat saqlanishi virusni biologik tur sifatida saqlanishini 
ta‘minlaydi. Gepatit B ni yuqish mexanizmi parenteral yo‗l bilan bo‗ladi. Virusli 


113 
gepatit B ni tabiiy (onasidan bolaga – vertikal va perinatal; kasallik yuqtirgan inson 
bilan jinsiy aloqada – jinsiy; virus yuqtirgan inson bilan boshqa muloqotlar - 
gorizontal;) va sun‘iy (teri va shilliq qavatlarni butunligi buzilganda) yuqish 
yo‗llari farqlanadi. HBsAg musbat onalardan tug‗ilgan bolalarni 10%-i virus 
yuqtirgan xisoblanadilar. Ularni 15% ga yaqinida surunkali gepatit rivojlanadi. 
Onada HBsAg, HBeAg ni aniqlanishi bolani perinatal kasallik yuqtirishi imkonini 
70% gacha oshiradi. Perinatal yuqtirganlarni qariyib 90% da pirovardida surunkali 
gepatit kelib chiqadi. 95% perinatal yo‗l tug‗ish mahalida, 5% chaqaloqlar esa ona 
qornida kasallik yuqtirishini alohida ta‘kidlamoq kerak. Gepatit B ni tarqalishida 
jinsiy aloqa tan olingan. Virusni yuqtirish shilliq qavatlarni VGB bilan 
zararlanganlarni urug‗ suyuqligi, vaginal sekret, menstrual qoni bilan muloqoti 
natijasida bo‗ladi. O‗tkir gepatit B bemorlarini 18% i doimiy jinsiy sheriklar 
orqali yuqadi. Gorizontal yo‗l bilan kasallik yuqishi surunkali gepatit B bemorlar 
bor oilalarda, uyushgan jamoalarda uchraydi va umumiy qiruvchi asboblar, tish 
cho‗tkalari, taroqlar, yuvg‗ichlar ishlatilganida bo‗ladi. Viruslar tashqi muhitda 
yuqori chidamliligi uchun ularni tarqalishida umumiy ishlatilgan sochiqlar
dastro‗mollar, choyshablar ham ishtirok etishi mumkin. Gepatit B tibbiyot 
muassasalari xodimlari va xizmat doirasida qon bilan yoki virus bilan zararlangan 
boshqa biologik suyuqliklar bilan muloqot qiluvchilar uchun eng xavfli kasbiy 
yuqumli kasallik xisoblanadi. Tibbiy xodimlarni gepatit B bilan kasallanishi, katta 
yoshli aholini kasallanishi ko‗rsatkichlaridan 3-5 barobar ustun turadi. Sun‘iy 
yuqish yo‗llari asosan turli xil davolash-tashxis muolajalarini o‗tkazish hollarida, 
qondan yaxshi tozalanmagan va yetarli sterilizatsiya qilinmagan tibbiy va 
laboratoriya asbob – uskunalari ishlatilganda amalga oshadi. Endoskopik 
uskunalarni sterilizatsiya qilish eng qiyini xisoblanadi. Shuningdek, vena ichiga 
narkotiklarni qabul qilish natijasida virus yuqtirganlarni soni ortib bormoqda. 
Gepatit B yil mavsumlaridan qat‘iy nazar, asosan sporadik holda uchrab turadi.

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish