O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Profilaktikasi.
Vabo o‗ta xavfli infeksiyalar guruhiga mansub bo‗lgani uchun 
xalqaro ahdnoma (konvensiya) ga asosan, xar bir davlat o‗z sarhadlarini vaboning 
chetdan kirib kelishidan asrash choralarini ko‗radi. Xalqoro aeroport, temir yo‗l, 
daryo va avtoyo‘llaridagi chegara bekatlarida sanitariya-nazorat punktlari (SNP) 
tashkil etiladi. Unda tibbiyot hodimlari tunu-kun navbatchilik qiladilar. Vabo 
doimo qayd etiladigan mamlakatlardan kelayotgan yo‗lovchilardan shu 
kasallikning alomatlari bor-yo‗qligi surishtiriladi. Bemor yoki kasallikka shubxa 
qilinganlar topilsa, SNP qoshidagi alohidalash xonasiga yotqizib (lozim bo‗lsa, 
tibbiy yordam ko‗rsatib) turiladi. Keyin bemor maxsus sanitariya (epidperevozka) 
transporti bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi alohida ajratilgan bo‗limga 
yotqizilib, 5 kun tibbiy kuzatuvda bo‗ladi. Bu davrda bemordan 3 marta vabo 
vibrioniga va ichak guruhi mikroblariga najas ekmasi olinadi. Shundan so‗ng 5 kun 
tetratsiklin buyuriladi. Kasallik alomatlariga qarab boshqa dori-darmonlar ham 
qo‗llanadi. 
Kasallik alomatlari bo‗lmagan, lekin chet elda safar vaqtida vabo kasalligi 
yuqish ehtimoli yuqori bo‗lgan (ayniqsa, tijoratchi-sayyoh) lar SNP da ro‗yhatga 
olinadi va ular haqida DSENM ga telefon orqali habar qilinadi. Bunday fuqaro 
turar joyidagi poliklinika xizmatchilari tomonidan 5 kungacha uyida tibbiy kuzatuv 
ostida bo‗ladi. 


99 
SNP larda o‗rnatilgan shunday nazorat vositasida chetdan kirib kelgan 
vaboning mamlakat ichida tarqalishiga yo‗l ko‗yilmaydi. 
Respublikada xar bir viloyat, tuman (shaxar) vaboning oldini olish va u qayd 
qilingan taqdirda o‗tkaziladigan tadbirlar majmuasini oldindan belgilab qo‗yadi. U 
epidemiyaga qarshi Favqulodda komissiya (EQFK) yig‗ilishida muhokama qilinib, 
hokimiyatlar tomonidan tasdiqlanadi. Bu tadbirlarda aholini ichimlik suv bilan 
ta‘minlash, turar joylarning sanitariya holatini yaxshilash masalalariga katta e‘tibor 
beriladi. Ularni amalga oshirish uchun mahalliy ma‘muriyat mas‘ul xisoblanadi. 
Shuningdek, tibbiy tadbirlar, aniqlangan bemor qaerga yotqizilishi, u bilan 
muloqotda bo‗lganlar qaysi bo‗limda tibbiy kuzatuvga olinishi oldindan 
belgilanadi. Bu bo‗limlarda qaysi tibbiyot xodimlari ishlashi ham aniqlangan 
bo‗ladi. Dori-darmon, laboratoriya anjomlari, ozuqa muhitlari zahirasi tayyorlab 
qo‗yiladi. 
Kasallik yoki vaboga shubxa qilingan bemor aniqlanganida, u darhol 
alohidalanadi. SENM epidemiologi bemor bilan suhbatlashib, kasallik qaysi 
yo‗sinda yuqqanligini aniqlashga xarakat qiladi. Chet ellarga borib kelganlari ham 
surishtiriladi. Bemor bilan xonadonda va ish joyida bevosita muloqotda bo‗lganlar 
ro‗yhati tuziladi. Zarurat bo‗lsa, ular ham alohidalanadi. Boshqa hollarda 5 kun 
uyida tibbiy nazorat o‗rnatish mumkin. Bunda xar kuni bemorda kasallik 
alomatlari bor-yo‗qligi aniqlab boriladi. Bir marta najasi vaboga tekshiriladi. 
Ularga 5 kun tetratsiklin beriladi. 
Biror joyda vabo aniqlansa, darhol EQFK yig‗ilishi chaqiriladi. U vabo 
chiqqan joyni kasallik o‗chog‗i deb e‘lon qiladi. Ichi buzilgan bemorlarni erta 
aniqlab, tekshirish va davolash maqsadida hovlima hovli yurib, bemor bor-yo‗qligi 
surishtiriladi. Aniqlangan bemor darhol shifoxonaga yuboriladi. 
Yoz oylarida ich ketar kasalligi bilan shifoxonaga yotqizilgan barcha 
bemorlar bir marta vaboga ham tekshiriladi. 
Hozirgi vaqtda vabo kasalligi o‗chog‗ida karantin e‘lon qilinmaydi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish