Yoshi
Xar bir suyuq najasdan
keyingi beriladigan miqdor
Kerak bo„ladigan ORV
paketlari
24 oydan kam
50 — 100 ml.
Kuniga 500 ml. eritmaga
2 — 9 yosh
100 — 200 ml.
Kuniga 1000 ml. eritmaga
10 yosh va undan katta
Bemor xohishiga ko‗ra
Kuniga 2000 ml. eritmaga
Oral regidratatsiya terapiyasi:
1.
«Glyukosalan» (yoki «oralit») – 1 l. qaynagan suvga: NaCI – 3.5 g., KCI –
1.5 g., NaNCO3 – 2.5 g., glyukoza – 20 g. eritma osmolyarligi – 333
96
mosm/l.
2.
«Regidron» va uning analoglari – 1 l. qaynagan suvga: NaCI – 3.5 g., KCI –
2.5 g., natriy sitrat – 2.9 g., glyukoza – 10 g.
3.
«Sitroglyukosalan» 1 l. qaynagan suvga: NaCI – 3.5 g., KCI – 2.5 g., natriy
sitrat – 4.0 g., glyukoza – 17 g.
Vaboda bemorlarni davolash uchun ishlatiladigan tuzli eritmalar:
-
Trisol – 5 g. -NaCI, 4 g.- NaHCO
3,
1 g.- KCI, MgCI, CaCI
-
Disol 5 g.- NaCI, 4 g.- NaHCO
3
-
Kvartasol 4.75 g.- NaCI, 1.0 g.- NaHCO
3,
2.6 g.- natriy atsetat va 1.5- KCI
-
Atsesol 5 g.- NaCI, 2 g. - natriy atsetat, 1 g.- KCI
-
Xlosol 4.75 g.- NaCI, 3.6 g.- natriy atsetat, 1.5 g.- KCI
-
Laktasol 6 g.- NaCI, 3.4 g.- natriy laktat, 0.3 g.- NaHCO
3,
0.3 g.- KCI, 1 g.-
MGCI, 0.16 g.- CaCI
3-jadval.
Vaboni davolashda ko‘llanadigan antibiotiklar
Antibiotik
Bolalar
Kattalar
Doksitsiklin yagona doza
300 mg.
Tetratsiklin kuniga 4 mahal 3
kun davomida
12.5 mg/kg
500 mg.
Trimetoprim sulfametoksazol
kuniga 2 mahaldan 3 kun
5 mg/kg
25 mg/kg
160 mg.
800 mg.
Tarevid
siprofloksatsin
500 mg.
Bemorning tomir urishi paydo bo‗lishi, qon bosimi aniqlana boshlashi, nafas
olishi ravonlashishi ahvoli yaxshilana boshlaganidan darak beradi. Shu vaqtdan
boshlab qo‗shimcha ravishda og‗iz orqali ham suyuqlik bera boshlanadi.
Davolashning ikkinchi bosqichida tomir orqali yuboriladigan suyuqliklar miqdori
97
kamaytirilib, 50-70 ml/min. bemor yo‗qotayotgan suyuqlik hajmiga monand
ravishda olib boriladi.
4. Antibiotiklar bilan davolash bemordan topilgan vabo vibrionlarining qaysi
antibiotikka sezgir ekanligini e‘tiborga olib belgilanadi. Avvaldan respublikamizda
ahyonda uchrab turadigan vibrionlar tetratsiklinga sezgirligini saqlab qolgan, shu
sababli tetratsiklin 300000 TB dan kuniga 4 mahal 5 kun davomida beriladi.
Keyingi yillarda tarqala boshlagan vabo vibrionlari tetratsiklin va levomitsetinga
sezgir emas. Bunday shtammlar qo‗zg‗atgan kasalliklarni davolashda ularga ta‘sir
etadigan, ftorxinolin guruhiga mansub antibiotiklar yaxshi samara beradi. Ular
floksatsinlar: siprofloksatsin-sifloks, ofloksatsin-tarivid, pefloksatsin-abaktal
preparatlari.
5. Bemor tuzala boshlagan davrda to‗yimli, oson hazm bo‗ladigan ovqatlar
beriladi. Bu davrda qondagi kaliy miqdorini bir maromda ushlab turish maqsadida
kaliy orotat yoki panangin tabletkalaridan 4-5 kun berib turish lozim.
Davolash to‗g‗ri tashkil etilsa, 2-3 kundayoq bemor ahvoli yaxshilanadi.
Unga shifoxonadan to‗la sog‗ayganidan so‗ng ruhsat beriladi. Bu orada antibiotik
ichishni tugatganidan keyin bir kun oralatib, ikki kun ketma-ket olingan ekmada
vabo vibrionlari bo‗lmasligi kerak.
Vabo tarkalganda tashkil etiladigan gospital tiplari:
1.
Vabo gospitali–bakteriologik tasdiqlangan vabo tashxisli bemorlar .
2.
Provizor gospitali – bakteriologik tekshiruv hali o‗tkazilmagan diareya
sindromli bemorlarda bakteriologik tekshiruv o‗tkaziladi. Agar vabo vibrioni
topilsa vabo gospitaliga, agar boshqa bakteriya topilsa oddiy yuqumli kasalliklar
bo‗limiga o‗tkaziladi.
3.
Observatsion gospital – barcha kontaktda bo‗lgan shahslar 5-6 kunga
yotqizilib, bakteriologik tekshiruv o‗tkaziladi, kuzatish olib boriladi.
Vabo bilan kasallangan bemor aniqlanganda vrach taktikasi.
1.
Bemor turgan binodan chiqish va kirish taqiqlanadi.
2.
Tahminiy vabo tashxisi qo‗yilganligi haqida muassasaning bosh shifokoriga
98
shoshilinch habar berish.
3.
Najas va ahlat massalarini kanalizatsiyaga tashlash man etiladi.
4.
Kontaktda bo‗lgan shaxslarni yozib olish (kog‗ozga qalam bilan,
zararsizlantirilganda sezilmasligi uchun).
5.
Bemorga shoshilinch yordam ko‗rsatish (shokdan chiqarish).
6.
Bakteriologik tekshirish uchun najas, qusuq moddalarini olish.
7.
Bemorga epidemiolog, o‗ta xavfli infeksiya bo‗yicha konsultant, barcha
xarakatlarni koordinatsiya qiladigan davo muassasasi vakili kelishi lozim.
8.
So‗ngra bemorni aniqlagan shifokor statsionarga kontaktda bo‗lgan shahs
sifatida yotqiziladi. Shoshilinch ximioprofilaktika o‗tkazilishi lozim (konsultant va
epidemiologlar kelgunigacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |