O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Profilaktikasi. 
Kasallikning oldini olish veterinar-sanitariya, sanitariya-
gigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuasidan iborat. Veterinariyada 
hayvonlarga beriladigan yem-hashak salmonellalardan holi bo‗lishiga, kasal 
hayvonlar sog‗lomlaridan alohidalanishiga e‘tibor berish kerak. Uy hayvonlari, 
parranda so‗yilganida ichagi chavoqlanmasligi, uning ichidagi moddalar go‗sht 
yuzasiga tushmasligi lozim. Sut kombinatlarida ham gigiena talablariga qat‘iy 
rioya qilish talab qilinadi. 
Oziq-ovqat sanoati va korxonalarida mahsulot tashish, tayyorlash va saqlash 
jarayonida salmonellalar bilan ifloslanishdan saqlash lozim. Diareya kasalligining 
alomatlari bo‗lgan odamlar ishdan chetlashtiriladi. Salmonellyoz suv orqali 
tarqalmasligi uchun ferma va molxonalar oqar suvlardan uzokroq joylashgan 
bo‗lishi kerak. 
Guruh bo‗lib kasallanish ro‗y berganida shubha qilingan ovqat qoldig‗i, uni
tayyorlash, tashish va sotishda ishtirok etganlar bakteriologik tekshiruvidan 
o‗gkaziladi. Tug‗ruqxonalarda kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida 
homilador ayollarda tug‗ish muddatidan bir hafta oldin ichak guruhi mikroblariga 
tekshiruv o‘tkaziladi. 


76 
Maishiy yo‗l bilan salmonyollez tarqalishining oldini olishda shahsiy 
gigienaga e‘tibor katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, emizikli bolasi bor onalar 
pokizalikni unutmasligi kerak. Go‗dak bolaga beriladigan ovqat faqat bir marta 
iste‘mol qilishga yetarli bo‗lishi lozim. Bolani emizish yoki ovqatlantirish oldidan 
qo‗lni sovunlab yuvish zarur. 
Salmonellyoz sporadik holda muttasil qayd qilinadigan qishloqlarda yoz fasli 
davomida salmonellyoz bakteriofagi suyuq yoki tabletka holida profilaktik 
ravishda berib boriladi.
OVQAT TOKSIKOINFEKSIYALARI (OTI) 
Ovqat toksikoinfeksiyalari enteropatogen, sxartli patogen bakteriyalar tushgan 
ovkatni iste‘mol qilganda o‗tkir diareya alomatlari bilan namoyon bo‗ladigan 
kasallik bo‗lib, ovqatdan zaharlanishdan farqlash lozim. Tarkibida organizm uchun 
zaharli moddalar bo‗lgan ovqatni iste‘mol qilganda rivojlanadigan kasallik. 
Ovqatdan zaharlanish 2 guruhga bo‗linadi: 
Bakteriyalar tushgan ovqatdan zaharlanish - ovqat toksikoinfeksiyasi deyiladi. 
Bakteriyalar chaqirmaydigan: 
- Zaharli o‗simliklar, zaharli quziqorinlar, og‗ir metal tuzlari, zaharli 
minerallar; 
- ba‘zi turdagi hayvonlarning ichki organlari. 
Bakteriyalar chaqiradigan: 
a) spetsifik
b) nospetsifik 
- Salmonellyozlar - Stafilakokklar 
- Botulizm
- Proteyalar 
-Ichak tayoqchalari 
Ovkat toksikoinfeksiyalari o‗tkir yuqumli kasallik bo‗lib, ovqat orqali me‘da-
ichak yo‗llariga kirgan patogen mikroblar yoki ularning mahsulotlari ta‘sirida 
rivojlanuvchi, oshqozon, ichak, nerv, yurak-tomir tizimlarini faoliyatini buzilishiga 
olib keluvchi kasallikdir.
Bu kasalliklarning barchasi uchun qo‗yidagi 2 holat umumiy xisoblanadi: 


77 
1. Kasallik asosan mikrob tushib qolib ko‗paygan ovqat mahsulotlarini 
iste‘mol qilish oqibatida kelib chiqadi. 
2. Kasallik belgilari bemor organizmiga mikrobning o‗zi yoki uning zahari 
(toksin) ta‘siridan kelib chiqadi. Shuning uchun bu kasalliklar majmuasiga 
ovqat 
toksikoinfeksiyalari 
deyiladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish