O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Klinik shakllari: 
Gastrointestinal shakli: 
1.
Gastrit; 
2.
Gastroenterit; 
3.
Gastroenterokolit ko‘rinishida 
Tarqoq shakllari: 
1. Tifga o‗xshash; 
2. Septik shakli; 
Subklinik shakli. Bakteriya tashuvchilik. 
Salmonellyoz ovqat vositasida yuqqan hollarda kasallik ovqatdan zaharlanish 
— toksikoinfeksiya ko‗rinishida kechadi.
Gastritik
shaklda kechganda inkubatsion davri qisqa bo‗ladi, bemorni 
darmoni qurib, ko‗ngli ayniydi, ishtahasi bug‗iladi, boshi, qorni og‗riydi. Xarorat 
sal ko‗tarilishi mumkin. Bir necha marta qusadi, rangi oqargan, tili karash bilan 


71 
qoplangan, qorin paypaslaganda epigastriy sohasida og‗rik seziladi, kasallik uzoq 
davom etmaydi, 2-3 kunda bemorni ahvoli yaxshilanadi. 
Gastroenteritik.
Bu ko‗rinish ko‗p uchraydi, kasallik o‗tkir boshlanib, 
bemorda gastrit belgilari bilan birga intoksikatsiya, qaltirash, istima kirishi bilan 
boshlanadi, istima 2-4 kun yuqori darajada bo‗lishi, qusish bilan birga ich o‗tadi. 
Kasallik yengil kechganida bemorning umumiy ahvoli kam o‗zgaradi. Tana 
xarorati deyarli ko‗tarilmaydi. Qorinda biroz og‗riq bo‗ladi, ich buzilib, kuniga 3-5 
marta suvdek ketadi. Og‗irroq hollarda intoksikatsiya va diareya sindromiga hos 
belgilar yaqqol ifodalanadi. Umumiy holsizlik, ishtaha yo‗qolishi, ko‗ngil aynishi, 
tana xaroratining ko‗tarilishi intoksikatsiya belgilari xisoblanadi.Tana xarorati 38-
39
o
C gacha, og‗ir hollarda — 40°C gacha ko‗tariladi. 
Avval ich suyuq holda tez-tez keladi, najas o‗zgarmaydi. 3-4 martadan so‗ng 
ich suvdek bo‗lib, ko‗p miqdorda keta boshlaydi. Ahlat ko‗kimtir tusda, sassiq 
hidli bo‗ladi. Qorin turib-turib "mijib" og‗riydi. Kasallik og‗ir kechgan hollarda 
organizmda suvsizlanish (degidratatsiya) yaqqol kuringan bo‗ladi. U ko‗proq 
bolalarda, qariyalarda uchraydi. Odatda, salmonellyozda degidratatsiya II-III 
darajagacha boradi. Juda og‗ir kechganidagina, degidratatsiya IV darajaga borib, 
gipovolemik shok ro‗y berishi mumkin.
Bemorni ko‗zdan kechirganda, ko‗pincha yuz va tana terisi oqargan bo‗ladi. 
Paypaslab ko‗rganda teri quruqshab qolgan, elastikligi yo‘qolganligi aniqlanadi. 
Tomir urishi tana xaroratiga monand ravishda tezlashadi, tarangligi pasayadi. Qon 
bosimi tushadi. Yurak tonlari bo‗g‗iq eshitiladi. Og‗irroq hollarda boldir 
mushaklarida tirishish bezovta qiladi. Bemor ko‗p chanqaydi. Tili qurib, karash 
bilan qoplanadi. Tana temperaturasi pastlab, oyoq-qo‘llari sovuq holda, barmoqlari 
ko‗kargan bo‗ladi. Siyish kamayadi, juda og‗ir hollarda siydik ajralishi to‘htaydi – 
anuriya. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish