O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Etiologiyasi.
O‗zbekistonda salmonellyozlar 1960 yillardan boshlab chuqur 
o‗rganib kelinmoqda. Hozirgi kungacha respublikada 100 dan ortiq serovari 
aniqlangan bo‗lib, ular orasida eng ko‗p epidemiologik ahamiyatga ega 
bo‗lganlari: S.tiphimurium, S. enteritidis, S.newport, S.anatum, S.heydelberq va 
boshqalar xisoblanadi. O‗zbekiston sharoitida eng ko‗p kasallik keltirib 
chiqaradiganlari S.tiphimurium, S. Enteritidis lardur.
Salmonellalar xarakatchan tayoqcha shaklida bo‗lib, uzunligi 1-3 mk, 
yo‗g‗onligi 0,5 mk. Tanasida gir aylana joylashgan hivchinlari bor, ular yordamida 
tez xarakat qiladi. Kuchsiz ishqoriy muhit (rN-7,4-7,5) da yaxshi o‗sadi. Bakteriya 
tanasida O-antigen, hivchinlarida N-antigen mavjud. Ba‘zi serovarlarida yuzaki 
Vi-antigen ham bor. O-antigen qizdirishga chidamli. N-antigen qizdirishga 
chidamsiz, 75-100°C da qizdirilganida, xlorid kislotasi va alkogol ta‘sirida tez 
parchalanadi. Salmonellalar tashqi muhitda boshqa ichak guruhi mikroblariga 
nisbatan ancha chidamli. Ular kuruq va past xaroratli muhitda yaxshi saqlanadi. 
Sut va sut mahsulotlarida salmonellalar 40 kungacha yashashi mumkin. Go‗shtda 
salmonellalar 6 oygacha, suvda 5 oygacha, sovutgichda esa 60 kungacha saqlanib 
turadi. Tuhum va undan tayyorlangan mahsulotlarda, non va boshqa ozik-ovqat 
mahsulotlarida ham salmonellalar uzoq vaqt yashashi mumkinligi isbotlangan. 


68 
Ko‗k piyoz, bodring va boshqa sabzavotlarda 14-15 kungacha tirik saqlanib qoladi. 
Antibiotik, dezinfeksiyalovchi moddalarga chidamli bulgan ―gospital‖ shtamlari 
ham mavjud.
Epidemiologiyasi. 
Kasallikni manbai kasal hayvonlar, parrandalar, bemor 
odam va bakteriya tashuvchilar bo‗lib hisoblanib, og‗iz orqali yuqadi. Yirik shohli 
hayvonlar, uy parandalarida kasallik bo‗lsa, ayniqsa tarqalgan, septik shakllari 
rivojlangan bo‗lsa, shu hayvon va parrandalar mahsulotlarini ist‘emol qilganda, 
odamlar orasida kasallik keng tarqaladi. Chunki mahsulotlar pishirilganda ham 
salmonellalar tirik holda saqlanib qolishi mumkin. Cho‗chqa va parrandalar 
orasida ham salmonellyoz ko‗p uchraydi. Kasal parrandalarning go‗shti ham, 
tuxumi ham salmonellalar bilan zararlangan bo‗ladi. 
Bemor odam yoki bakteriya tashuvchi ham infeksiya manbai bo‗la oladi. 
Infeksiya manbai sifatida bemor odamning o‗rni hayvonlarga nisbatan kam. 
Odamdan kasallik atrofdagilarga asosan kundalik bevosita muloqot yo‗li bilan, 
ifloslangan anjomlar vositasida tarqaladi. Bemor yoki bakteriya tashuvchi ovqat 
tayyorlash, tashish, sotish bilan mashg‗ul hollarda salmonellalar boshqa ichak 
infeksiyalaridagi 
kabi, 
ovqat 
mahsulotlari 
vositasida 
tarqalib, 
ovqat 
toksikoinfeksiyasi kabi epidemiologik holat ko‗rinishida bo‗ladi. 
Salmonellyoz tarqalishida asosiy omil ovqat mahsulotlari xisoblanadi. Bunda 
mikrob sog‗lom odam organizmiga zararlangan hayvon go‗shti yoki tuhumi 
vositasida og‗iz orqali tushadi. Ba‘zi hollarda kasal hayvon chiqindilari suvga 
tushib, suv orqali odamlar orasida kasallik tarqalishi mumkin. Kasallik ushbu yo‗l 
bilan tarqalganida odatda, shu suv manbaidan foydalanadigan aholi orasida 
salmonellyoz katta yo kichik epidemik avj olish holida qayd etiladi. 
Oilada katta yoshdagi odam salmonelyoz bilan og‗riganida muloqot orqali 
kasallik atrofdagi bolalarga, ayniqsa, bir yoshgacha bo‗lgan go‗daklarga tarqalishi 
mumkin. Hastalikning bunday yuqishi ayniqsa tug‗ruqxonalar va chaqolaqlar 
bo‗limida ko‗proq uchrab turadi. Tibbiyot hodimlari, shifoxonaga yotqizilgan 
homilador ayollar, go‗daklar orasida salmonellyoz kasalligi yoki bakteriya 
tashuvchilar bo‗lganida, tibbiyot muassasalarida kasallik avj olishi kuzatiladi, 


69 
kasalxona ichi infeksiyasi kelib chiqishi xavfi yuqori bo‗ladi, ayniqsa bolalar 
shifoxonalarida bu kasallikni tarqalishiga katta havf soladi. Ularning kelib 
chiqishiga o‗sha joyda sanitariya-gigiena talablarining qo‗pol ravishda buzilishi 
sabab bo‗ladi. 
O‗zbekiston Respublikasida salmonellyoz Yevropa davlatlariga nisbatan 
kamroq hollarda uchraydi. Bu holat, fikrimizcha, mahalliy aholining ovqatlanish 
an‘analari — ovqatni yaxshi qaynatib yoki qovurib tayyorlash odati bilan ham 
bog‗liq bo‗lsa kerak. U asosan sporadik kasallik sifatida qayd qilinadi. Ba‘zan 
cheklangan avj olishlar kuzatiladi. Kasallik yil davomida uchrab tursa ham, yoz-
kuz oylarida ko‗proq qayd etiladi. Kattalarga nisbatan bolalar orasida salmonellyoz 
ko‗proq uchraydi. Ayniqsa, 3-yoshgacha bo‗lgan bolalar kasallanadilar. 
Salmonellyoz ko‗proq sun‘iy ovqatlanadigan bolalarda uchrashi isbotlangan. 
Ko‗krak suti emadigan bolalar ularga nisbatan 3 marta kam kasallanadi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish