O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

 
 
Klinikasi.
Dizenteriyaning yashirin davri o‗rta hisobda 2-3 kun (1 kundan 7 
kungacha) davom etadi. Kasallik to‗satdan boshlanadi. Dastlab et uvishib, lohaslik 
paydo bo‗ladi. Ko‗p vaqt o‗tmay isitma ko‗tariladi, u odatda 38-39°C dan 
oshmaydi va uzoq davom etmaydi. Ishtaha yo‗qoladi, oradan 1-2 soat o‗tgach 
qorinda og‗riq paydo bo‗ladi. Og‗riq doimiy bo‗lmay, vaqti-vaqti bilan burab 
og‗riydi, keyin biroz kamayadi. Ichburug‗da og‗riq asosan kindikdan pastda, 
ko‗proq chap yonboshda his etiladi. Shu bilan bir vaqtda yoki biroz kechikib hojat 
qistaydi. Ko‗pincha dastlab ich suyuq holda 
ko‗p 
keladi 
va 
patologik 
aralashmalar 
bo‘lmaydi. Vaqt o‗tgan sari xojatga borish 
tezlashadi va najas oz miqdorda, kuchanish 
bilan keladi. Hojatdan so‗ng bemor yengil 
tortmaydi. Kasallik avjiga chiqqan davrda xojat 
juda tez qistaydi. Bunda najas massasi g‗oyat 
kamayib ketadi, unga shilliq va qon aralashgan
ayrim hollarda hatto yiringli bo‗ladi. Ushbu 
holatda bemor halovatini yuqotadi. 


58 
Rasm 6. Dizenteriyada kuzatiladigan tenezm. 
Kaf. tablitsasidan. 
Hojatxonadan qaytib ulgurmasidan, qaytadan hojatga qistaydi. Ba‘zan 
borganida hech narsa kelmaydi, bu soxta chakiruv deyiladi. Shuningdek, ich 
kelishida kuchanish, iyinish bo‗lib, pastga tortib og‗riydi, achishadi. Bemor uzoq 
vaqt kuchanib o‗tiradi. Bu belgi tenezm deyiladi va dizenteriyaga hos xisoblanadi.
DIZENTERIYANI KLINIK SHAKLLARI 
I. O‗tkir dizenteriya 
1. Kolitik shakli og‗irlik darajasi bo‗yicha: 
A) yengil 
B) o‗rta og‗ir 
C) og‗ir 
D) Bilinar-bilinmas 
2. Gastroenterokolitik shakli og‗irlik darajasi bo‗yicha: 
A) yengil 
B) o‗rta og‗ir 
C) og‗ir 
D) bilinar-bilinmas 
II. Surinkali dizenteriya 
1.
Retsidivlovchi 
2.
Uzuluksiz 
III. Bakteriya tashuvchilik 
Og‗ir hollarda, ayniqsa go‗daklarda kuchaniq zo‗ridan orqa peshovda 
yorilish bo‗lishi mumkin. Kasallikning qanday og‗irlikda kechishiga qarab, yengil 
turlarida kuniga 5-8-10 marta ich surishi kuzatilsa, og‗ir hollarda 25-30 marta va 
undan ortiq bo‗lishi mumkin. Ba‘zan bemor "hisobdan adashib" ham ketadi. 
Hojatni tuta olmay qolgan hollar ham bo‗ladi. Umuman olganda, ichburug‗da o‗rta 


59 
og‗irlikda kechadigan hollar ko‗proq qayd etiladi. Bunda ich surishi kuniga 10-15 
martaga boradi.
Hastalik avj olgan davrda bemor ko‗zdan kechirilganida uning yuzida iztirob 
alomatlari seziladi. Bemor ko‗pincha yonboshlab, ikkala qo‗lini qorniga qo‗ygan 
holda yotadi. Qorindagi og‗riq zo‗raygan vaqtda yuzi tirishib ketadi, dodlab 
yuborgudek bo‗ladi. Ko‗pincha tana xarorati ko‗tariladi, Tomir urishi tezlashadi. 
Bemorni ko‗zdan kechirganda tili biroz quriqshagan, karash bilan qoplagan 
bo‗ladi. Yurakda taxikardiya eshitiladi. Bemorning qorni taranglashgan, paypaslab 
ko‗rilganda yo‗g‗on ichak yo‗nalishi bo‗yicha og‗riq seziladi. Ko‗pincha og‗riq 
chap yonbosh sohasi va qovuq ustida kuchli bo‗ladi. Chap yonbosh sohasida qorin 
mushaklari ostida tarang tortilgan sigmasimon ichakni paypaslab ko‗rish mumkin. 
Tekshirish vaqtida u qattiq og‗riydi. Qonda ba‘zan biroz leykotsitoz, EChT ortgani 
kuzatiladi. Dizenteriyaning avj olish davri ko‗pincha 3-4 kundan oshmaydi. Ich 
kelishi kamaya boshlab, dastlab suyuq holda bo‗ladi. Keyinchalik, najas odatdagi 
tusda bo‗lib, kuniga 1-2 marta keladi. Ich kelishi me‘yorlashishdan 1-2 kun oldin 
undagi patologik qo‗shimchalar (qon, shilliq) aralashmasi yo‗qoladi. Qorindagi 
og‗riq ham kamayib, ich yaxshilanishi bilan yo‗qola boradi. Bolalar va keksaklarda 
ichburug‗ kasalligi ko‗pincha og‗ir o‗tadi. Intoksikatsiya belgilari yaqqol 
ifodalangan bo‗ladi. Ich buzilishi davri 10-12 kungacha cho‗zilib ketishi mumkin. 
Sog‗ayish ham ancha sekinlik bilan bo‗ladi. Grigorev-Shiga mikroblari ekzotoksin 
ishlab chiqarishi tufayli, ular qo‗zg‗atgan dizenteriya ko‗pincha og‗ir kechadi. 
Bunda ichak faoliyati belgilaridan ko‗ra, umumiy intoksikatsiya kuchli rivojlanadi. 
Uning ta‘sirida yurak-tomir tizimi sezilarli darajada buziladi. Qon bosimi pasayadi, 
ba‘zan kollaps ro‗y beradi. Intoksikatsiya ta‘sirida o‗tkir buyrak yetishmovchiligi 
rivojlanishi mumkin.

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish