Gastroenterokolit shaklida
inkubatsion davri qisqa bo‗lib, bir necha soatni
tashkil qilishi mumkin. Kasallik ovqat toksikoinfeksiyalari klinikasi kabi kechadi.
Bu klinik shaklni asosan Zonne bakteriyasi keltirib chiqaradi. Kasallik o‗tkir
boshlanib, qusish, qorin og‗rishi bilan boshlanadi. Deyarli bir vaqtda yoki biroz
keyin ich surishi boshlanadi. Najas ko‗pincha suvdek suyuq, shilliq va biroz qon
60
aralash bo‗ladi. Bemorni ko‗zdan kechirganda organizmning suvsizlanish belgilari
aniqlanadi. Qorinni paypaslab ko‗rganda og‗riq ikkala yonbosh soxasi va kindik
atrofida ham seziladi. Kasallik yengil kechganida bemorning umumiy ahvoli kam
o‗zgaradi. Tana xarorati deyarli ko‗tarilmaydi. Qorinda biroz og‗riq bo‗ladi, ich
buzilib, kuniga 3-5 marta suvdek ketadi. Og‗irroq hollarda intoksikatsiya va
diareya sindromiga hos belgilar yaqqol ifodalanadi. Umumiy holsizlik, ishtaha
yo‗qolishi, ko‗ngil aynishi, tana xaroratining ko‗tarilishi intoksikatsiya belgilari
xisoblanadi. Xarorat 38-39ºC gacha, og‗ir hollarda kasallik boshlanishida - 40°C
gacha ko‗tarilib, suvsizlanish yuqori darajaga yetganida tana xarorati pastlashi
mumkin. Qorin turib-turib "mijig‗lab" og‗riydi.
Kasallik og‗ir kechgan hollarda organizmda suvsizlanish (degidratatsiya) ro‗y
beradi. U ko‗proq bolalarda uchraydi. Odatda, dizenteriyada degidratatsiya II-III
darajagacha boradi. Bemorni ko‗zdan kechirganda, ko‗pincha yuz va tana terisi
oqargan bo‗ladi. Paypaslab ko‗rganda teri kuruqshab qolgan, elastikligi yukolgani
aniqlanadi. Tomir urishi tana xaroratiga monand ravishda tezlashadi, tarangligi
pasayadi. Qon bosimi tushadi. Yurak tonlari bo‗g‗iq bo‗ladi. Og‗irroq hollarda
boldir mushaklarida tirishish kuzatiladi. Bemor ko‗p chanqaydi. Tili qurib qoladi,
karash bilan qoplanadi.
Qorin ba‘zida biroz ko‘pchigan bo‗ladi. Paypaslab ko‗rganda qorinda og‗riq
seziladi, ayniqsa, kindik atrofida og‗riq kuchli bo‗ladi.
Kasallikni surunkali shaklga o‗tishga sabab bo‗luvchi omillar:
1. Odam organizmi xususiyatlari bilan bog‗lik omillar:
Oshqozon ichak tizimidagi boshqa hamrox kasalliklar, nerv tizimining
buzilishlari, organizmning immunoreaktiv xususiyatlari noto‗liqligi va x.k.
2. Mikroorganizm xususiyatlari bilan bog‗lik omillar: turli tip va shtammlar
ahamiyati, dori moddaga chidamliligi, dizbakterioz.
3. Dizenteriya – mikst etiologik kompleksi omillari: (gelmintozlar, protozoy
invaziyalari va boshkalar).
4. Shifokor aybi bilan kuzatiladigan omillar: kech tashxislanish, noto‘g‗ri
davolash, erta kasalxonadan chiqarish, tartibning buzilishi.
61
Tashxisoti.
Ichburug‗ kasalligiga tashxis qo‗yishda kasallikning o‗ziga hos
gemokolit belgilari (qon va shilliq aralash ich ketishi) mavjudligi katta ahamiyatga
ega. Shuningdek, epidemiologik ma‘lumot ham e‘tiborga olinadi. Bemor bilan
muloqotda bo‗lish, ichish uchun oqar suvlardan foydalanish, turar joylarning
sanitariya holati yomonligi, pashshalar ko‗pligi ichburug‗ tashxisini qo‗yishda
muhim o‗rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |