O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Mavsumiylik.
Qizamiq bilan yilning hamma faslida kasallanish mumkin. 
Ammo eng ko‗p kasallanish qish-bahor oylariga to‗g‗ri keladi, yoz-kuz fasllarida 
kasallanish past darajada bo‗ladi. 
Immunitet. Qizamiq o‗tkazganlarda bir umrga yetadigan kuchli immunitet 
hosil bo‗ladi. Kasallikning mitigirlangan turini o‗tkazganlarda ham xuddi shunday 
bo‗ladi. Faqat 0,5-1% hollarda qizamiq takrorlanishi mumkin. 
Ommaviy 
vaksinatsiya 
qilinishi 
munosabati 
bilan, 
qizamiqning 
epidemiologiyasida quyidagi o‗zgarishlar ro‗y berdi: 
a) vaksinatsiya to‗g‗ri tashkil qilinganda 95-100% bolalarda immunitet hosil 
bo‗ladi; 
b) kasallik ko‗rsatkichlari keskin kamayadi, kasallanish yoshi o‗zgaradi, 
ko‗proq kasallanish kattalarda uchraydi; 
c) uyushgan jamoalarda qizamiq keskin kamayadi, davriylilik o‗zgaradi, 
emlanganlar o‗rta hisobda 5-8% kasallanishi mumkin, bu vaksinaning sifatiga, 
vaksinatsiya muddatlariga bog‗liq bo‗ladi, emlanganlarning 10% da immun javob 
kelib chiqmaslikni ham inobatga olinmog‗i kerak. 
Qizamiqdagi o‗lim ko‗rsatkichlari. Asrimizning boshida qizamiqda o‗lim soni 
20% ni tashkil qilgan. 1947 yildan passiv immunizatsiya o‗tkazilishi bilan o‗lim 
soni 5% ga teng bo‗ldi, 1967 yildan aktiv immunizatsiya o‗tkazilishi bilan o‗lim 
soni 0% ga teng bo‗ldi. Qizamiqdagi o‗lim asosan eng yosh bolalarda uchrab, 
asosan uning asoratlari bilan bog‗liq edi. 
Patogenezi. 
Patogenezda 3 ta komponent ishtirok etadi: virusemik, 
immunologik va allergik. Ushbu komponentlarning o‗zaro munosabatiga qarab 


195 
kasallik xar xil og‗irlikda va davomiylikda o‗tishi mumkin. Patogenezning negizini 
limforetikulyar tizimining viruslar tomonidan shikastlanishi tashkil qiladi. 
Qizamiqning patogenezi 5 ta bosqichda rivojlanadi: 
1.
Virusning yuqishi va limfoid to‗qimalariga moslanishi fazasi. Virus birinchi 
navbatda epitelial, limfoid, retikulyar va gistiotsitar hujayralarga kirib, so‗ngra 
regional limfatik tugunlarni shikastlaydi. 
2.
Regionar infeksiya fazasi. Regionar limfa tugunlarida virus shiddat bilan 
ko‗payib, hujayra elementlarining giperplaziyasini va proliferatsiyasini keltirib 
chiqaradi, natijada limfa tugunlarining shishuvi kuzatiladi. Maxsus immunitet 
yo‗q hollarda viruslar juda erta (yashirin davrning uchunchi kuni) limfa 
tugunlaridan qonga o‗tadilar va birlamchi virusemiya kelib chiqadi. 
3.
Birlamchi virusemiya va limfogistotsitar tizimning tarqalgan shikastlanish 
fazasi. Virus qon bilan organizmga tarqalib, limfoid va retikulogistotsitar 
to‗qimalarni shikastlaydi. Hujayra immunitetiga javobgar T-limfotsitlar turlari 
va antitelagenezga javobgar B-limfotsitlar va plazmatik hujayralar turlari paydo 
bo‗ladi. Jg M, G, A sinfiga mansub antitelolar hosil bo‗ladi. Bu faza 
kasallikning yashirin davriga to‗g‗ri keladi. Shu fursat mobaynida organizm 
virusga qarshi kurashga tayyorgarlik ko‗radi va immunologik jarayonlar 
boshlanadi. 
4.
Ikkilamchi o‗sib boruvchi virusemiya va allergik reaksiyalar fazasi. 
Immunotsitlar va maxsus antitelolar ta‘sirida tarkibida virus saqlovchi 
hujayralar 
sitolizga 
duchor 
bo‗ladilar. 
Hujayradan 
chiqqan 
viruslar 
shilliqqavatlar epiteliyasini shikastlaydi va yana qonga o‗tadi. Bir paytning 
o‗zida allergik jarayonlar rivojlanadi: 1) virusning oqsil komponentlari; 2) 
endoallergenlar: 3) biologik aktiv moddalar allergiyaga sabab bo‗ladilar. 
To‗qimalar sensibilizatsiyasi kuchayib boradi, natijada mayda qon tomirlarining 
devorlari shikastlanib, ularning o‗tkazuvchanligi ortib boradi. Pirovardida ichki 
organlar va to‗qimalarda shish va kuchli eksudatsiya yuzaga keladi. Bu holat 
yuqori nafas yo‗llari va oshqozon ichak trakti shilliq qavatlarida juda kuchli 
rivojlanadi. Bu faza rivojida viruslar qon orqali sensibilizatsiyalangan 


196 
to‗qimalarga takroran kirib, ularda giperergik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bu 
holat klinikada intoksikatsiya va kataral belgilarning kuchayishiga va 
toshmalarning toshuviga olib keladi. Toshmalarning xar bir elementi tomir 
atrofidagi yallig‗lanish o‗chog‗i xisoblanadi. 
Toshmalarning bosqichma-bosqich toshuvi, viruslarning kirish darvozasida 
maksimal konsentratsiyada bo‗lishiga bog‗liq bo‗ladi. Toshma elementlarida 
doimo viruslar bo‗ladi. Retikulyar farmatsiyaning shikastlanishi regenerativ 
o‗zgarishlarga olib keladi. Vagotrop ta‘siri kuchayadi. Asab tizimining 
shikastlanishi hisobiga buyrak usti bezlari faoliyati kuchayadi, ko‗p miqdorda 
glyukokortikoidlar ishlab chiqariladi, ular esa immunodepressiv xususiyatga ega. 
Qizamiq allergiyasining mexanizmini shu bilan tushuntirsa bo‗ladi. Qizamiq virusi 
immun hujayraga ta‘sir qiladi: toshmali davrning 1-3 kunlari T-limfotsitlar keskin 
kamayadi va eng yosh bolalarda bu holat chuqurroq bo‗ladi va 25 – 30 kungacha 
davom etadi. 
5. Mustahkam immunitetni rivojlanishi va patologik jarayonlarini tugatilishi 
fazasi. Qizamiqdan keyingi immunitet antitelolar bilan emas, balki immun 
limfotsitlarga bog‗liq bo‗lib qoladi. Ularda xotira bir umr saqlanib qolib, qizamiq 
virusi bilan takror uchrashganda sensibilizatsiyalashgan T-limfotsitlarning 
proliferatsiyasi yuzaga kelib, ular shikastlangan hujayralarga xujum qiladi. T-
tizimda defitsit bo‗lsa, quyidagi asoratlar kelib chiqadi: 
1) Gextning gigant hujayrali zotiljami, o‗lim bilan tugaydi;
2) Meningial ensefalitlar; 
3) Sust o‗tkir sklerozlovchi panensefalit; 
4) Tarqoq skleroz. 
Ular sekin-asta yillar mobaynida rivojlanib o‗limga olib keladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish