O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Differensial tashxis. 
Skarlatina psevdotuberkulyoz, iersinioz, stafilokokkli 
infeksiya, toksik-allergik holat, qizamiq, meningokokksemiya, enterovirusli 
ekzantema kasalliklari bilan differensial tashxis qilinadi. 
Skarlatinani 
davolash. 
Skarlatinaga 
chalingan 
bemorlar 
klinik-
epidemiologik ko‗rsatmalariga binoan shifoxonaga yotqiziladi. Yengil va o‗rtacha 
og‗irlikda skarlatina o‗tkazyotganlarni uy sharoitida davolasa bo‗ladi. Og‗ir 
bemorlar yoki uy sharoitida alohidalab davolash imkoni bo‗lmagan bemorlar 
shifoxonaga yotqizilib davolanadi. Skarlatinaga chalingan bemorlar bokslarga 1 
yoki 2 – 4 kishilik palatalarga qo‗yiladilar. Palatalarga bemorlar bir paytning 
o‗zida joylanadilar, og‗rib tuzalayotgan bemorlar bilan yangi tushayotgan bemorlar 
bir-birlari bilan muloqotda bo‗lmasliklari lozim. Bemorlar shifoxonadan penitsillin 
bilan davolash tugagach, kasallikning 7-10 kuni chiqariladilar. 
Uyda davolashni tashkil qilishda oiladagi boshqa bolalarga kasallik 
yuqmasligini oldini olish maqsadida bemorni alohida xonaga joylab, sanitariya – 
gigiena qoidalariga amal qilishi ta‘minlash zarur (doimiy dezinfeksiya, bemor 
uchun alohida idish, parvarish anjomlari). 
Kasallikning o‗tkir davrida bemor yotoq rejimida bo‗lmog‗i kerak. Kasallik 
jarayonida parxez to‗laqonli, vitaminlarga boy va tomoqni mexanik himoyalovchi 
bo‗lishi shart. 
Skarlatina antibiotiklar bilan davolanadi. Qarshi ko‗rsatmalar bo‗lmasa 
penitsillin buyurish maqsadga muvofiqdir. Antibiotiklar bilan davolash 5-7 kun 
bo‗ladi. Uy sharoitida davolanganda fenoksimetil – penitsillin berilgani ma‘qul. U 
sutkada bolaning xar kg vazinga 50 000 TB dan 4 ga bo‗lib beriladi. Shifoxonada 
sutkasiga 2 marta penitsillin muskul orasiga yuborilgani yaxshi. Odatda xar kg 
vaznga qarab sutkasiga 50 000 TB, og‗ir hollarda 100 000 TB penitsillin 
buyuriladi. 
Penitsillinga allergiya bo‗lgan hollarda boshqa antibiotiklar – seftriakson, 
amoksiklav, rulid, sulfopreparatlar terapevtik dozalarda taklif qilinadi. 
Intoksikatsiya belgilari yaqqol bo‗lgan hollarda infeksion eritmalar – 
reopoliglyukin eritmasi, 10% li glyukoza 2 – 3 kun mobaynida buyuriladi. 


190 
Bemorga yana askorbin kislotasi, sensibilizatsiyani kamaytiruvchi – suprastin, 
tavegil, tomoqni chayqash uchun romashka (moychechak), furatsilin eritmalari 
tavsiya qilinadi. 
Asoratlari o‗ziga hos xususiyatlariga qarab davolanadi. Yiringli asoratlar 
antibiotiklar bilan davolanadilar. Bundan tashqari, simptomatik davo, fizioterapiya 
(UVCh, UFO, quruq issiq) buyuriladi. 
Profilaktika. 
Skarlatinada maxsus profilaktika ishlab chiqilmagan. 
Profilaktik chora-tadbirlar skarlatina va boshqa streptokokkli kasalliklarni erta 
aniqlash va alohidalashdan iborat. Maxsus ko‗rsatmalar bo‗yicha skarlatinaga 
chalingan bemorlar 7-10 kunga alohidalanib, bolalar muassasalariga xar xil 
asoratlarni oldini olish uchun kasallik boshlaganidan 22-kuni qo‗yilishiga ruhsat 
beriladi. 
Bu 
holat 
boshqa 
streptokokkli 
kasalliklar 
(angina, 
faringit, 
streptodermiya) o‗tkazganlarga ham taaluqlidir. 
Ammo V.F.Uchaykinning fikricha (1995), hozirda skarlatina yengil o‗tishi, 
antibiotiklar bilan davolab bo‗linishi, asoratlar yo‗qligini inobatga olib, yuqoridagi 
muddatlarni qayta ko‗rib chiqish lozim, ya‘ni bemorlar kasallik boshlanganidan 
boshlab, 10 – 12 kunlari bolalar muassasalariga qo‗yilishi mumkin. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish