O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Klassifikatsiyasi. 
Skarlatina A.A.Koltipin bo‗yicha klassifikatsiya qilinadi. 
Kasallikni tipi, og‗irligi va kechishi bo‗yicha ajratiladi. Tipi bo‗yicha tipik va 
atipik skarlatina qayd qilinadi. 


186 
Tipik turlariga skarlatinaga hos xarakterli belgilari: intoksikatsiya, angina va 
o‗ziga hos toshmalar bilan o‗tadigan turi kiradi. 
Atipik turlariga o‗ta yengil (klinik belgilar juda sust rivojlangan) va 
ekstrafaringeal (eski nomi ekstrabukkal) turlari kiradi. Ekstrafaringeal skarlatinada 
toshmalar kirish darvozasi atrofida zichlangan, intoksikatsiya belgilari - xarorat 
ko‗tarilishi, qayt qilish mavjud. Odatda angina bo‗lmaydi, lekin tomoq shilliq 
qavatlarida yengil giperemiya bo‗lishi mumkin. Regionar limfoadenit ham asosan 
kirish darvozasi atrofida bo‗ladi, ammo uning ko‗lami tipik turiga nisbatan 
yengilroq bo‗ladi. 
Atipik turlariga kasallikning eng og‗ir turlari – gemorragik va gipertoksik 
turlari kiritiladi. Bu hollarda asosiy belgilar rivojlanguncha bemor halok bo‗ladi. 
Yiring uchun bu turlarini aggravirlangan (niqoblangan, aldovchi) turlari deb ham 
yuritiladi. Bu bemorlar odatda shifoxonaga meningoensefalit tashxisi bilan 
tushadilar. Asab, yurak qon tomir, endokrin tizimlarida kuchli o‗zgarishlar 
hisobiga o‗lim kelib chiqadi. Hozirda ushbu turlar uchramaydi. 
Kasallikning tipik turlari og‗irlik bo‗yicha: yengil, o‗rta og‗ir va og‗ir 
turlarga bo‗linadi. Kasallikning og‗irlik mezonlari intoksikatsiya va halqumdagi 
yallig‗lanish jarayonlarini ko‗lami bilan o‗lchanadi. 
Yengil turlari ham skarlatinaga hos barcha belgilar bilan namoyon bo‗ladi. 
Ushbu tur hozirda 80 – 90% hollarda uchraydi. Kasallik tana xaroratini 38 – 
38,5
0
C gacha ko‗tarilishi bilan o‗tkir boshlanadi, ammo ayrim hollarda xarorat 
subfebril yoki normal bo‗lishi ham mumkin. Intoksikatsiya belgilari xolsizlik, bosh 
og‗rig‗i, bir marotaba qayt qilish bilan namoyon bo‗ladi. Odatda kataral angina 
rivojlanib, bo‗yin limfa tugunlarda o‗zgarish kam bo‗ladi. Toshmalar tipik bo‗lib, 
ko‗p miqdorda bo‗lishi mumkin. Yengil turda belgilar tezda yo‗qolib, birinchi 
hafta ohirida bemorlar tuzaladilar. 
Kasallikning o‗rta og‗irlikdagi turi 10 – 20 % hollarda uchrab, tana 
xaroratining 39-40
0
C ga ko‗tarilishi, takroriy qayt qilish, bezovtalik, uyquning 
buzilishi va ayrim hollarda alahsirash bilan, follikulyar yoki yiringli-nekrotik 
angina, regionar limfa bezlarining shishi bilan namoyon bo‗ladi. Kasallikning 


187 
o‗tkir davri belgilari 5-7 kundan so‗ng yo‗qola boradi, tuzalish 2-3 hafta 
mobaynida bo‗ladi. 
Kasallikning og‗ir turlari toksik, septik, toksiko-septik turlarda o‗tishi 
mumkin. Bu tur hozirda 0,5% dan ko‗p uchramaydi. 
Og‗ir toksik turlarida tana xaroratining doimiy 40
0
C dan yuqori bo‗lishi, 
takroriy va ko‗p marotaba qayt qilish, qattiq bosh og‗rig‗i, xushini yo‗qolishi, 
tirishishi, aljirash, meningeal belgilar ko‗zga tashlanadi. Simpatikoparez belgilari 
bo‗lmish qon bosimining pastlashishi, sianoz, terlash kuzatilib, kollaps holati kelib 
chikadi. Toshmalar bu xolda sianotik tusda va hatto gemorragik bo‗lishi ham 
mumkin, angina esa kataral yoki bir oz nekrotik yuza bo‗lishi mumkin. 
Og‗ir septik turlarida kasallikning og‗irligi asosan mahalliy o‗zgarishlarga 
bog‗liq bo‗ladi. Bodomcha bezlarida, oldingi ravoqlar va tilchada tarqalgan, 
chuqur nekrozlar kuzatiladi. Regionar limfa tugunlari juda kattalashgan, 
qattiqlashgan va ularda kuchli og‗riq kuzatiladi. Periadenit va adenoflegmona 
(bo‗yin limfa tugunlarini atrofida to‗qimalar nekrozi) kelib chiqishi mumkin. 
Og‗ir toksiko-septik turlarida kasallik og‗irligi ham umumiy, ham mahalliy 
belgilar hisobiga bo‗ladi. 
Oxirgi yillari skarlatina ko‗p hollarda yengil, kamroq hollarda o‗rtacha 
og‗irlikda o‗tayapti. Og‗ir turlari esa deyarli uchramayapti. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish