O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Etiologiyasi. 
Skarlatinani qo‗zg‗atuvchisi A guruhiga kiruvchi β – gemolitik 
streptokokk xisoblanadi. Skarlatinaning etiologiyasidagi virusli, dualistik va 
anafilaktik nazariyalar streptokokkli nazariya tasdiqlanganligi uchun o‗z 
ahamiyatini yo‗qotdilar. 
Skarlatinani qo‗zg‗ovchi gemolitik strentokokkning asosiy xususiyatlaridan 
biri uni toksin hosil qilish qobiliyatidir. Ko‗plab izlanishlar natijasiad A guruhiga 


179 
kiruvchi streptokoklarning ekzotoksin ajratishi aniqlangan, ammo skarlatinani 
kelib chiqishida asosiy rolni bola organizmining antitoksik immunitetini ko‗lami 
o‗ynaydi. Agar kasallik yuqish paytida antitoksik immunitet bo‗lmasa, 
streptokokkli infeksiya skarlatina shaklida o‗tadi. Antitoksin immuniteti 
bo‗lganlarda esa skarlatina emas, balki angina, faringit, belgisiz infeksiya 
rivojlanadi. 
Ayrim streptokoklarning toksigenligini genomida eritrogen toksin genini 
mikrob tanasiga olib kiruvchi bakteriofag (virus) larning faolligi bilan bog‗lasa 
bo‗ladi. 
Epidemiologiyasi. 
Skarlatina antroponoz yuqumli kasallik hisoblanib, 
kasallik manbai aniq va yashirin turda skarlatina o‗tkazayotgan bemor va boshqa 
streptokokkli kasallikni o‗tkazayotgan bemorlar xisoblanadi. Skarlatina yer yuzida 
notekis tarqalgan. Sovuq va o‗rtacha xaroratli mintaqalarda kasallik ko‗p uchraydi, 
issiq iqlimlarda esa skarlatina kam uchraydi. Rossiyada o‗rta hisobda 100 000 
aholiga 200 – 250 ta kasallik to‗g‗ri kelib, uning shimoliy rayonlarida ko‗proq 
uchraydi. O‗zbekistonda kasallik ko‗rsatkichlari uncha yuqori emas. Skarlatinada 
epidemik jarayon xar 2–3 yil maboynida kasallikning davriy ko‗tarilishi va 
kamayishi bilan izohlanib, 20 – 30 yil davomida ko‗p yillik o‗zgarishlarga duchor 
bo‗ladi. Kasallik juda aniq mavsumiylikka ega: kuz-qish oylari kasallikni 
ko‗payishi kuzatiladi. Asosan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar 
kasallanadilar. Bir yoshgacha bo‗lgan bolalar transplatsentar immunitet va 
streptokokk toksiniga fiziologik areaktivligi hisobiga skarlatina bilan kam 
og‗riydilar. 
Kasallik asosan havo-tomchi yo‗li bilan tarqaladi. Kasallikning tarqalishida 
xona ichida bolalarning zichligi katta rol o‗ynaydi. Bundan tashqari xar xil 
darajadagi antitoksin immuniteti bor insonlarning hisobiga qo‗zg‗atuvchi 
shtammlarining almashinuvi ham katta ahamiyatga ega bo‗ladi. 
Kasallikning yuqumlilik darajasi (indeks kontagioznosti)
40% deb xisoblanadi. Skarlatinaga chalingan bemor kasallik boshlanishi bilan 
atrofdagilar uchun xavfli xisoblanadi. Ayniqsa kasallikning o‗ta yengil 


180 
o‗tkazayotganlar va boshqa streptokokkli kasalliklar (ayniqsa, nazofaringit) 
kasallikni keng tarqalishida katta rol uynaydi. 
Oxirgi o‗n yillarda skarlatina bilan kasallikning ko‗rsatkichlarini pasayishi 
kuzatilmokda, davriy ko‗tarilishlarning ko‗lami susayib, klinik belgilarining ham 
yengillashuvi qayd qilinyapti. 80 % hollarda skarlatina yengil turda o‗tayapti. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish