O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Tashxisoti
. Difteriyaning tashxisi klinik ko‗rsatmalariga asoslanib 
aniqlanadi. Difteriyaga shubha qilingan xar qanday bemorni aniq tashxis qo‗yish 
uchun kasalxonaning tashxis bo‗limiga yotqizish zarur. Tashxisda bakteriologik 
usul muhim usul bo‗lib xisoblanadi. Bunda kasallikning mahalliy o‗chog‗ida 
(ko‗pincha og‗iz shilliq qavatidan) olingan ekmani Leffler muhitiga, shuningdek, 
qon qo‗shilgan telluritli agarga ekib tekshiriladi. Bu usulda uzul-kesil javob 24—
28 soat, ba‘zan bundan ko‗proq muddatda olingani uchun tashxis qo‗yish cho‗zilib 
ketadi. 
Manfiy natija difteriya yo‗q ekanligiga dalolat bermaydi. Retrospektiv 
tashxis qo‗yish uchun agglyutinatsiya reaksiyasidan foydalaniladi (yangi zardobda-
antitelo titrining oshib borishi). Difteriyani differensial tashxis qilishda skarlatina, 
turli etiologiyali angina va laringitlar (ko‗pincha virusli), eng avvalo Simanovskiy-
Vinsent anginasi, infeksion mononukleoz, epidemik parotit, soxta krup, yutqin 
abssessi, turli etiologiyali pardali kon‘yunktivalar (ko‗pincha adenovirusli)ni 
nazarda tutish lozim. 


175 
Bashorati
. Emlash ishlarini keng miqyosda olib borish kasallikning ancha 
kamayishiga olib keladi. Halqum difteriyasi ko‗pincha kataral yoki lakunar angina 
ko‗rinishida kechadi, asoratlari yengil o‗tadi, kamdan-kam hollarda o‗lim bilan 
tugaydi. 
Davosi
. Difteriya, ayniqsa uning toksik turi bilan og‗rigan bemorlar o‗rin-
ko‗rpa qilib yotishlari lozim. Bu kasallikning qancha davom etishiga, uning og‗ir-
engilligiga, asoratlari bor-yo‗qligiga qarab belgilanadi. Difteriyani davolashda 
bemorga iloji boricha ertaroq antitoksik zardob yuborishning ahamiyati katta. 
Zardob Bezredko usulida yuboriladi. Zardobning bir martalik yuboriladigan 
miqdori kasallikiing og‗ir-engilligiga, joylashuviga, kasallangan muddatiga qarab 
5000 dan 50000 XB gacha bo‗ladi. Halqum difteriyasining mahaliy turida 10000 
dan 20000 XB gacha, tarqoq turida 20 000-30000 XB gacha, II darajali toksik 
turida 60000 dan 80000 XB gacha, III darajali va gemorragik difteriyada 100000 
dan 120000 gacha, I darajali toksik turida 20000 dan 50000 XB gacha, krupda 
40000 dan 50000 XB gacha yuboriladi. Kasallikning klinik kechishiga qarab, 
zardob kasallikning keyingi kunlari qayta yuborilishi mumkin. Toksik difteriyada 
dezintoksikatsiya maqsadida plazma, albumining 10-20% li eritmasini 50 ml dan 
100 ml gacha, glyukoza esa 5% -500 - 750 ml dan yuboriladi. Shuningdek, bir 
guruhli qonning (40-50 ml) gemotransfuziyasini o‗tkazish ham mumkin. Katta 
miqdordagi quyidagi vitaminlar yuboriladi: askorbin kislotasi kuniga 300 dan 600 
mg gacha (nikotin kislotasi kuniga 
2-
3 marotaba 15-30 mg dan va bundan 
ko‗proq). 
Ikkilamchi streptokokkli infeksiyalari bo‗lgan hollarda odatdagi miqdorda 
antibiotiklar (penitsillin, sefozolin, seftriakson va boshq.) tayinlanadi. Toksik 
difteriyada 4-6 hafta mobaynida odatdagi miqdorda venaga yoki teri ostiga strixnin 
yuboriladi. Og‗ir intoksikatsiya hollarida esa antibiotiklar bilan birga steroid 
gormonlar (prednizolon, prednizon) tayinlanadi. Yurak dorilari ko‗rsatmaga qarab 
beriladi. Krupni davolashda nafas yo‗li stenoziga qarshi kurashish asosiy o‗rinni 
egallaydi, bunda bemorga tinch sharoit yaratiladi. Issiq muolajalar (issiq vanna, 
bug‗li ingalyatsiya), toza salqin havo, kislorod terapiyasi qo‗llanadi. Terining 


176 
oqarib borishi, sianoz, besaranjomlik yoki sustlik - ko‗p terlash, nafas olinganda 
pulsning pasayishi intubatsiya yoki traxeotomiya uchun ko‗rsatma bo‗la oladi. 
Intubatsiya qilish maqsadga muvofiqdir. Bemor kasalxonadan tuzalishiga qarab, 
ikki marotaba manfiy natijali bakteriologik tekshirishdan so‗ng chiqarib yuboriladi 
va poliklinika kuzatuvi ostida turadi. Bakteriya tashuvchanlik bilan jadal kurash 
organizm umumiy rezistentligini oshirish va og‗iz bo‗shlig‗ini antibiotiklar 
yordamida sanatsiya qilish orqali olib boriladi. Surunkali tonzillit va adenoid bilan 
og‗rigan bolalar ko‗plab bakteriya tashuvchilikka sabab bo‗lishlari mumkin. 
Bunday bolalarni jarrohlik yo‗li bilan davolash (tonzilloektomiya va adenotomiya) 
samarali bo‗lmoqda. Emlash ishlarini keng miqyosda va sifatli olib borish ham 
bakteriya tashuvchilikning epidemilogik havfini birmuncha kamaytiradi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish