O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

 
 
Halqum difteriyasi birmuncha ko‗p uchraydigan shakliga kiradi va bu ham 
o‗z navbatida mahalliy (orolsimon va pardasimon), shuningdek, I-, II-, III-darajali 
toksik turlarga bo‗linadi. Emlangan bolalarda difteriyaning ko‗pincha orolsimon 
(engil) turi uchraydi, bunda bodomcha bezlarining yuzasida oq karashlar paydo 
bo‗ladi. 
 
Rasm 25. Tomoq difteriyasi. 
Difteriyaning mahalliy (lokalizatsiyalangan) turida pardasimon oq karashlar 
bodomcha bezlaridan tashqariga tarqamaydi. Avval ular quyuq o‗rgimchak to‗ri 
ko‗rinishida bo‗ladi (bodomcha bezlari kattalashgan va ozgina qizargan bo‗ladi), 
tez orada oqimtir-kulrang tus oladi, to‗qimalarga yopishib, ko‗chirib olinganda 
o‗sha joy qonab turadi. Bemorlarda ozgina zaharlanish belgilari paydo bo‗ladi, 


172 
xarorat 38°C gacha ko‗tariladi, ovqat yutganda tomoq bir oz og‗riydi. 
Difteriyaning tarqalgan turida intoksikatsiya belgilari yaqqol yuzaga chiqadi, 
xarorat yuqori bo‗ladi, karashlar zichroq joylashib, butun bodomcha bezlaridan 
tashqari, halqumning shilliq pardasini, tanglay ravoqlarini, yumshoq tanglayni, 
tilchani, yutqin devorlarini qoplaydi.
Difteriyaning toksik turi sensibillangan organizmning giperergik reaksiyasi 
bilan namoyon bo‗lib, keng mahalliy shikastlanishlar va umumiy ahvolining 
yomonlashuvi bilan kechadi. Xaroratning ko‗tarilishi, bosh og‗rishi, et uvishishi, 
qayt qilish, bo‗yin limfa tugunlarining kattalashishi, yaqqol bodomcha bezlarida 
chegaralanmagan va uncha katta bo‗lmagan karashlarning paydo bo‗lishi uning 
eng birinchi belgilari xisoblanadi.
Rasm 26. Tomoq (og‗iz-halqum) difteriyasi, chegaralangan shakli, chap murtakda 
plyonkasimon parda. 
Keynnchalik karash tez tarqalib ketadi, halqum shilliq qavatida va limfatik 
tugunlar sohasidagi bo‗yin teri osti kletchatkasida shish paydo bo‗ladi. Bo‗yindagi 
shishning katta-kichikligiga qarab difteriyaning I-darajadagi toksik turi (shishning 
bo‗yin yarmigacha tarqalishi), II- darajasi (o‗mrovgacha) va III-darajasi 
(o‗mrovdan pastgacha) farq qilinadi. Difteriyaning toksik turida og‗izdan 
chuchmal-qo‗lansa hid kelib turadi, nafas xarakatlari qiyinlashib, shovqinli nafas 
kuzatiladi, xirillaydigan bo‗lib qoladi. Diftepiyaning turli ko‗rinishdagi subtoksik, 


173 
gipertoksik (jadal), gemorragik (shikastlangan shillik qavatlardan qon oqishi, qon 
quyilishi) va gangrenoz (og‗iz va yutqin to‗qimalarining distrofik parchalanishi 
bilan kechadigan) turlari mavjud bo‗lib, bulardan oxirgisi kamdan-kam uchraydi. 
Hiqildoq difteriyasi yoki chin difteriya krupi ko‗pincha 1 yoshdan 3 
yoshgacha bo‗lgan bolalarda uchraydi. Kasallikning bu turida tovush bo‗g‗iq 
bo‗lib, yo‗tal zo‗rayadi, nafas olish stenotik bo‗ladi. Bu belgilar ikkilamchi 
krupdan farq kilib, to‗satdan paydo bo‗lmasdan asta-sekin 1-3 kun davomida 
paydo bo‗ladi. Stenoz nafas olish ancha shovqinli, xirillash bilan kechadi, bunga 
sabab, havo tomoqdagi tovush boylamlaridan chiqib, ko‗krakning oson bosiladigan 
sohasining nafas olish vaqtida botishidir. Difteriya krupining turli ko‗rinishlaridan 
biriga o‗zining og‗ir kechishi bilan ajralib turadigan tarqoq krup ham kiradi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish