O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Immunitet. 
Skarlatina 
o‗tkazganlarda 
β-gemolitik 
streptokokkning A gruppasi uchun 
umumiy bo‗lgan, kuchli antitoksin 
immuniteti rivojlanadi. U bir 
umrga saqlanib qoladi. Antimikrob 
immunitet kuchsiz bo‗lib, kasallikni chaqirgan serotipgagina qarshi bo‗ladi, ya‘ni 
tipospetsifik bo‗ladi. 
Dastlabki 6 oylikgacha bo‗lgan bolalar skarlatina bilan og‗rib o‗tgan 
onalaridan 
o‗tgan transplatsentar immunitet hisobiga skarlatina bilan 
og‗rimaydilar. β-gemolitik streptokokka qarshi antitoksik immunitet streptokokkli 
boshqa kasalliklarni o‗tkazish oqibatida ham bo‗lishi mumkin («passiv 
immunizatsiya»). Bola qonida antitoksik immunitetning yo‗qligi streptokokkning 
hohlagan tipi skarlatinani chaqirish imkonini beradi.
Rasm. 27.Skarlatinada toshmalar, toshmalarni quyiklashishi (shaxsiy kuzatuv). 
Bir paytning o‗zida antitoksik immunitet borligi bolani skarlatinadan 
saqlaydi, ammo streptokokkli infeksiyaning boshqa turlari kelib chiqishi mumkin. 
(angina, yolin va boshqalar). 
Antibiotiklar, shu jumladan pensillinni erta qo‗llanishi streptokokkning 
organizmda tezda yo‗qolishiga va buning natijasida antitoksik immunitet 
shakllanishi susayishiga olib keladi, oqibatda kasallikning takrorlanish hollari 
uchrab turadi. 


183 
Klinik manzarasi. 
Skarlatinada yashirin davr o‗rtacha 2-7 kunni tashkil 
qiladi. Bu davr bir necha soatgacha qisqarishi yoki 12 kungacha cho‗zilishi 
mumkin. Kasallik xaroratning ko‗tarilishi bilan o‗tkir boshlanadi. Bola tomoq 
og‗rig‗i, bosh og‗rig‗idan shikoyat qiladi, odatda bir marta qayt qiladi. Kasallik 
boshlanganidan bir necha soat o‗tgach bemorning yuzi, tanasi, oyoq-qo‗llarida 
mayda qizil nuqtasimon toshmalar toshadi. Bolani yuzida toshmalar yonoq 
sohalariga toshib, og‗iz-burun uchburchagi bundan mustasno bo‗ladi. Bemorning 
tashqi ko‗rinishi o‗ziga hos: ko‗zlari yaltiragan, ozgina shishgan, yonoqlari qip-
qizil, bir paytda og‗iz-burun uchburchagi oqargan va toshmasiz (N.F.Filatov 
belgii). Terining tabiiy burmalarida, tananing 2 yonboshidan, ayniqsa qorinning 
pastki qismlarida, qo‗l va oyoqlarining bukiluvchan satxlarida, qo‗ltiq ostida, chap 
sohasida toshmalar ko‗proq toshadi. Bu sohalarda toshmalarning zichligi va 
gemorragik to‗lishishi hisobiga to‗qqizil (qora) chiziqchalar hosil bo‗ladi (Pastia 
belgii). Mayda nuqtasimon toshmalardan seroz yoki xira suyuqlik saqlovchi 
pufakchalarni ham kuzatish mumkin. Og‗ir holatlarda toshmalar sianotik tus olib, 
dermografizm sust bo‗ladi. Skarlatina uchun kapillyarlarning o‗tkazuvchanligi 
ortishi hos bo‗lib, buni jgut qo‗yib aniqlasa bo‗ladi. Toshmalar 3 – 7 kun turgach, 
hech qanday dog‗siz yo‗qolib ketadi. Toshmalar yo‗qolgach, 1-hafta oxiri, 2-hafta 
boshlarida teri tulay boshlaydi. Tanada, quloq suprasida, bo‗ynida tulash 
kepaksimon bo‗ladi. Miliar toshmalardan so‗ng tulash ko‗proq bo‗ladi. Skarlatina 
uchun tovon va kaftda plastinkasimon tulash juda hos bo‗lib xisoblanadi. Hozirgi 
zamonda tulash uncha aniq rivojlanmayapti.
Skarlatina uchun og‗iz bo‗shlig‗i, tomoqdagi o‗zgarishlar juda xarakterlidir. 
Bodomcha bezlari, uning ravoqlari va kichik tilda qattiq tanglaygacha 
o‗tmaydigan, chegaralangan yorkin giperemiya juda hos. Kasallikning birinchi 
kunlari, ayrim bemorlarda tomoqda nuqtasimon enantemani ko‗rish mumkin. U 
gemorragik tus olishi mumkin. Halqumdagi o‗zgarishlar shu qadar o‗ziga hoski, 
ular hozirgi kunda ham N.F.Filatov iboralari bilan «tomoqdagi yong‗in», «olovli 
angina» deb yuritiladi.


184 
Rasm 28. Skarlatinada «malinasimon til» 
Angina skarlatinada kataral, lakunar, follikulyar bo‗lishi mumkin, ammo eng 
xarakterlisi nekrotik angina bo‗lishi 
mumkin. Og‗irlik darajasiga qarab 
yuzaki orolchasimon, yoki chuqur 
ketib 
bodomcha 
bezlarini 
to‗la 
qoplagan bo‗lishi mumkin. Nekrozlar 
bodomcha bezlaridan tashqari oldingi 
ravoqlarga, tilchaga, burun va halqum 
shilliq qavatlariga tarqalishi mumkin. 
Nekrozlar 
xira 
kulrang 
yoki 
zangorisimon 
ranglarda 
bo‗lishi 
mumkin. Ular sekinlik bilan 7-10 kun mobaynida yo‗qoladi. Kataral yoki 
follikulyar angina 4-5 kun mobaynida o‗tib ketadi. 
Halqumni shikastlanishiga mutanosib ravishda, bo‗yin limfa tugunlari 
jarayoniga qo‗shiladilar. Ular qattiqlashib, og‗riqchan bo‗lib qoladilar. Dastavval 
bo‗yin oldi tonzillyar limfa tugunlari shikastlanadi. Nekrozlar bilan o‗tadigan 
hollarda limfa tugunlari atrofidagi butun kletchatkasi ham qo‗shilib periadenit va 
hattoki adenoflegmona belgilari kelib chiqadi. 
Tilda xarakterli o‗zgarishlar yuzaga keladi. Kasallik boshlanishda quruq, 
kulrang karash bilan to‗la qoplangan bo‗ladi, 2-3 kundan boshlab til tozalana 
boshlaydi va so‗rg‗ichlar shishgan qip-qizil holatga keladi va yaxshi yetilgan 
malina mevasini eslatadi («malinasimon», «so‗rg‗ichli»,«skarlatinoz» til). Bu
belgi 3-5 kunlari yaqqol namoyon bo‗lib turadi. 2-3 hafta mobaynida qizilligi 
kamaysada, so‗rg‗ichlari bo‗rtib turadi. Skarlatinada umumiy intoksikatsiya 
belgilarining ko‗lami kasallikning og‗irligiga mos bo‗ladi. Asosan u xaroratning 
ko‗tarilishi, holsizlik, bosh og‗rig‗i, qayt qilishning takrorlanishi bilan namoyon 
bo‗ladi. Og‗ir hollarda xarorat 40

C ga yetadi, kuchli bosh og‗rig‗i, ko‗p marta 
qayt qilish, bo‗shashish, boshqa hollarda qo‗zg‗alish, aljirash, tutqanoq tutish 


185 
meningial belgilar bilan o‗tadi. Zamonaviy skarlatina ko‗p hollarda intoksikatsiya 
belgilarisiz, normal xarorat bilan 
o‗tadi. 
Kasallikni boshlanishida qon 
tomirlar tizimidagi o‗zgarishlar 
simpatik innervatsiya tonusining 
oshuvi 
bilan 
izohlanadi. 

taxikardiya, qon bosimining oshuvi 
bilan o‗tib, simpatikus faza deb 
baholanadi. 
4-5 
kun 
o‗tgach 
parasimpatik asab tizimini tonusi 
osha boradi va bradikardiya, qon 
bosimining 
pasayishi, 
yurak 
tonlarining bo‘g‗iqligi bilan namoyon bo‗ladi (parasimpatikus faza). Bu davrda 
yurak nisbiy chegaralarining bir oz kattalashuvi, 1-ton bo‗g‗ilishi, sistolik shovqin 
kuzatilishi mumkin. EKGda sinus aritmiyasi va bradikardiyasi kuzatiladi. Ushbu 
o‗zgarishlar «infeksion yurak» deb iboralanadi, ularning negizida asosan 
ekstrakardial ta‘sirlar yotadi (A.A.Koltipin, D. Lebedev). 
Rasm.29 Skarlatinada teri dermografizimini kuchayishi (shaxsiy kuzatuv). 
Yurak qon tomiri tomonidan o‗zgarishlar 2-4 hafta saqlanib, asoratsiz 
yo‗qolib ketadi. 
Skarlatina uchun oq dermogrofizm hos bo‗lib, kasallik boshida cho‗zilgan- 
yashirin (10 – 12) va qisqa (1 – 1,5) aniq davri ko‗riladi. Keyinchalik yashirin davr 
qisqarib, aniq davr yaqqollanadi. Periferik qonda neytrofil leykotsitoz va EChT ni 
ortishi kuzatiladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish