QIZAMIQ
Qizamiq
– asosan bolalarning o‗tkir yuqumli kasalligi bo‗lib, viruslar
tomonidan chaqiriladi, havo-tomchi yo‗li bilan yuqadi, nafas yo‗li, og‗iz, tomoq,
ko‗z shilliq qavatlarining yallig‗lanishi, terida dog‗li–tugunchali toshmalar
toshishi, umumiy intoksikatsiya va asosan nafas organlari, asab tizimi va ovqat
hazm qilish organlari tomonidan ikkilamchi asoratlar berishi bilan izohlanadi.
Tarixi.
Qizamiq insoniyat tarixidagi eng qadimgi kasalliklardan biri bo‗lib,
eramizdan bir necha asrlar avval ham uni bilishgan, ammo alohida kasallik sifatida
faqat XVII asrning 2-yarmida tan olindi. Kasallik birinchi bo‗lib, IX-asrda
sharqning mashxur tabibi Abu Bakr Al-Roziy (Al-Razes) tomonidan
haskbech
nomi bilan yoritiladi. U chinchechak va qizamiq kasalliklari o‗rtasida solishtirma
191
tashxis o‗tkazdi. Hozirda ushbu buyuk olimning «kasalliklar tarixi» risolasi e‘lon
qilindi. XVII asrda qizamiq va skarlatina kichik kasallik – morbilli nomi bilan
ma‘lum edi. XVII asrning 2-yarmida (1754 y.) Saydengem va Morton qizamiqning
klinik manzarasini mufassal yoritib berdilar.
1911 yili Andersen va Goldberger qizamiqning qo‗zg‗atuvchisi – virusni
aniqladilar va filtrlanish xususiyati borligini topdilar.
O‗sha 1911 yili Nikol va Konseyl muloqotda bo‗lganlarga og‗rib o‗tganlarni
qon zardobini yuborib, seroprofilaktika usulini ishlab chiqdilar. Keyincha bu
maqsadlar uchun immunoglobulin ishlatiladigan bo‗ldi.
Qizamiq qadimda juda keng tarqalgan, o‗ta og‗ir kasallik bo‗lib, uni
«bolalarning o‗lati» («detskaya chuma») deb atashgan.
O‗sha paytlarda xar yili butun dunyoda 60 mln bola qizamiqqa duchor
bo‗lib, ulardan 3 mln halok bo‗lar edi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda hozir ham
o‗lim soni 10 – 32% ga yetadi.
Sobiq SSSRda emlash joriy qilingunicha xar yili 1,5–2,0 mln bolalar
qizamiq bilan og‗rib o‗tardi.
1954 yili D.Enders (AQSh) birinchi bo‗lib qizamiq virusini hujayrali
muhitda rivojlantirish usulini ishlab chiqdi. Bu kashfiyot asosida tirik qizamiq
vaksinasini yaratish imkoni tug‗ildi. 1959 yili D.Enders o‗zi ishlab chiqqan usul
asosida viruslarni atenuatsiyasiga eritib, vaksina shtammlarini yaratdi, ular
negizida yuqori immunogen qizamiq vaksinasi yaratildi.
Akademik A.A.Smorodinsev rahbarligida Leningraddagi Paster nomli ilmiy
tadqiqot ilmgohida vaksina shtammining yuqori sifatli Leningrad – 16 (L-16)
ishlab chiqildi.
L-16 yordamida aholi o‗rtasida ommaviy emlashni joriy qilinishi va
o‗tkazilishi qizamiq bilan kasallanishni va undagi o‗lim soni 1967 yildan boshlab
keskin kamaydi. 1974 yilga kelib, sobiq SSSR da kasallik 6-7 marta,
O‗zbekistonda esa 30 marta kamaydi.
Hozirda O‗zbekiston Respublikasi Butun Jahon Sog‗likni Saqlash Jamiyati
(JSST) va uning bolalar uchun bo‗limi YuNISEF taklifi bilan ayrim regionlarda bir
192
qator yuqumli kasalliklarni tugatish xarakatiga qo‗shilib, qizamiq kasalligini ham
tugatish borasida katta ishlarni olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |