Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

 
 
Xo‘jalik jamiyatlari. 
Xo‘jalik jamiyatlari ishtirokchilarining huquq 
va burchlariga xos farqlari ham asosan ularning majburiyatlari boʻyicha 
javobgarligi bilan bog‘liq. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatning
 
majburiyatlari boʻyicha uning ishtirokchilari javob bermaydi. 
Ular jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan 
hissalar qiymati doirasida javobgardirlar 
(FKning 62-moddasi). 
Mas’uliyati cheklangan jamiyat uning ta’sis hujjatlari, uni tashkil 
qilish tartibi, ishtirokchilarining huquq va burchlari bilan to‘liq yoki 
kommandit shirkatlaridan farq qiladi. Uning yana bitta farqi shundan 
iboratki, bunday jamiyatning ta’sischisi bitta shaxsdan
 
iborat bo‘lishi ham 
mumkin. 
Shu 
bilan 
birga, 
mas’uliyati 
cheklangan 
jamiyat 
ishtirokchilarining soni qonun hujjatlarida o‘rnatilgan me’yordan oshib 
ketmasligi kerak, oshib ketgan taqdirda bunday jamiyat aksiyadorlar 
jamiyatiga aylantirilishi yoki tugatilishi lozim. Mas’uliyati cheklangan 
jamiyatning ishtirokchisi tomonidan ustav fondi (kapitali)dagi o‘z hissasini 
uchinchi shaxslarga sotishga, agar ustavda ruxsat berilmagan bo‘lsa, yo‘l 
qo‘yilmaydi. Ushbu hissa umumiy qoidaga binoan jamiyatning boshqa 
ishtirokchilariga o‘tkazilishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat davlat roʻyxatidan o‘tgan paytdan 
boshlab vujudga keladi 
(FKning 44-moddasi).
Roʻyxatdan o‘tkazish ta’sis 
hujjat (ta’sis shartnoma va ustav)lariga asosan amalga oshiriladi 
(FKning 
43-moddasi).
Ular roʻyxatdan o‘tkazish uchun birga taqdim etiladi. 
Jamiyatning ta’sischisi bitta shaxsdan iborat bo‘lsa, roʻyxatdan o‘tkazish 
uchun faqat ustav taqdim etiladi. 


108 
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning moddiy manbayi jamiyat 
ishtirokchilarining hissalaridan tashkil topgan ustav fondi (kapitali)dir. 
Ustav kapitalining miqdori odatda ustavda nazarda tutiladi, lekin u qonun 
hujjatlarida belgilangan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak. Jamiyat 
fuqarolarning ixtiyoriy ravishda tuzadigan tashkiloti bo‘lganligi tufayli 
hissaning yetmay qolgan qismini undirish uchun sudda da’vo 
qo‘zg‘atilmaydi. Bunday hollarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
qoidalarga binoan ustav fondiga qo‘shiladigan hissaning miqdori 
kamaytirilishi yoki jamiyatning faoliyati tugatilishi mumkin. Ustav 
fondining miqdori qisqartiriladigan bo‘lsa, bu haqida jamiyatning 
kreditorlari, albatta, xabardor qilinadi. Ular majburiyatni jamiyat tomonidan 
belgilangan muddatdan oldin bajarishni yoki uni bekor qilishni va shu 
tufayli yetkazilgan zararni qoplashni undan talab qilish huquqiga ega. 
Kommandit (ishonchga asoslangan) shirkatni boshqarish uning to‘liq 
sheriklari tomonidan amalga oshiriladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatda 
bunday emas. Bu jamiyatda uning barcha ishtirokchilari teng va jamiyat
 
faoliyatini boshqarish uchun ulardan birontasiga qonunda ustunlik 
berilmagan. Shuning uchun ham jamiyat ishtirokchilari tomonidan uning 
boshqaruv organini tuzish nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning umumiy 
majlisi jamiyatning oliy organi hisoblanadi.
 
Umumiy majlis mahalliy 
ahamiyatga ega bo‘lgan normativ hujjatlarni, jamiyatning ichki ishlarini 
hal qilishga qaratilgan qarorlarni qabul qilish huquqiga ega. Kundalik 
muammolarni hal qilish uchun va umumiy majlisga hisobot berib turuvchi 
va unga itoat etadigan ijrochi organ tuziladi. Bunday organ yakka direktor 
yoki maslahatchilar hayʼati (kollegiya)dan iborat bo‘lishi mumkin. 
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari 
boʻyicha o‘z mol-mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan 
hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida 
belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladi. 
Demak, jamiyat majburiyatlari boʻyicha hamma ishtirokchilar sheriklik 
(solidar) asosida karrali miqdorda bir tekisda qo‘shimcha (subsidiar) 
javobgar bo‘ladilar 
(FKning 63-moddasi).
Ushbu moddaga binoan 
ishtirokchilardan birortasi bankrot bo‘lsa, javobgarlik boshqa ishtirokchilar 
o‘rtasida ularning hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanishi mumkin. 
Jamiyatning ta’sis hujjatlari ta’sis shartnomasidan va uning ustavidan 
iborat. Ta’sis shartnomasi jamiyatni tashkil etish paytida uning 
ta’sischilarining huquq va burchlarini belgilaydi hamda tartibga soladi. 
Jamiyatning davlat roʻyxatidan o‘tkazilishi va ta’sischilar o‘z zimmalariga 
olgan majburiyatlarining bajarilishi bilan ta’sis shartnomasi o‘z kuchini 


109 
yo‘qotadi. Ustav esa, o‘z navbatida, jamiyatning yuridik shaxs sifatida 
huquqiy maqomini belgilaydi. Barcha manfaatdor shaxslar jamiyat ustavi 
bilan tanishib chiqish huquqiga ega. Aksiyadorlarning talabi boʻyicha 
jamiyat ustavi va unga keyinchalik kiritilgan o‘zgarishlar bilan tanishib 
chiqish uchun aksiyadorga imkoniyat yaratib berish kerak. 
Aksiyadorlik jamiyatining faoliyati uning organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. Jamiyatning oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
hisoblanadi. Umumiy yig‘ilish jamiyatning boshqaruv organi – kuzatuv 
kengashi tomonidan chaqiriladi. Ko‘p masalalar boʻyicha qarorlar oddiy 
ko‘pchilik ovoz bilan, muhim masalalar boʻyicha malakaviy ko‘pchilik 
ovozlar bilan qabul qilinadi. 
Kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlik vazifasini 
amalga oshiradi. Umumiy yig‘ilish vakolatiga taalluqli bo‘lgan masalalar 
yuzasidan kuzatuv kengashi qaror qabul qilish huquqiga ega emas.
Har qanday fuqaro u jamiyat aksiyadori bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan 
qatʼi nazar, kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi mumkin. Kuzatuv 
kengashining a’zolari jamiyatning yillik umumiy yig‘ilishida saylanadi. 
Kengash a’zolari o‘z tarkibidan yopiq ovoz bilan kuzatuv kengashi raisini 
saylaydi. Kuzatuv kengashining qarorlari, agar ustavda boshqacha hol 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, majlisda qatnashgan kengash a’zolarining 
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat ustavida majlisda ovozlar 
teng taqsimlangan taqdirda kengash raisiga hal qiluvchi ovoz berish 
huquqi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlarning umumiy 
yig‘ilish qarori bilan kuzatuv kengashi a’zosining vakolati turli asoslarga 
ko‘ra muddatidan oldin tugatilishi mumkin. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish