Toshkent davlat yuridik universiteti


 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi asoslari



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

4.2. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi asoslari 
Tijoratchi tashkilotlar, ya’ni foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy 
maqsadi qilib olgan yuridik shaxslar xo‘jalik shirkati va jamiyati, ishlab 
chiqarish kooperativi, unitar korxona va qonunlarda nazarda tutilgan 
boshqacha shaklda tuzilishi mumkin (FKning 40-moddasi ikkinchi qismi). 
Tijoratchi tashkilotlar mulkiy munosabatlarda keng tarqalgan kollektiv 
tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan hisoblanadi. Tadbirkorlar 
tomonidan tuziladigan bunday shaklga o‘xshash birlashmalar qit’a 
huquqida kompaniyalar yoki firmalar, anglo-amerika huquqida esa 
korporatsiyalar deb nomlanadi. 
FKning 58-moddasida
belgilangan asosiy 
qoidaga binoan xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari ularni tashkil qilishda 
qatnashgan muassis (ishtirokchi)larining mol-mulkidan ajratilgan va 
Dehqon xo‘jaligi: 
o‘ziga qarashli uy-joylar, xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jalik ekinzorlari 
va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq 
xo‘jalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul 
mablag‘lari, intellektual mulk obyektlariga, shuningdek boshqa mol-mulklarga; 
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotga; 
olingan daromad (foyda)ga; 
qonunda taqiqlanmagan asoslarda ega bo‘lingan boshqa mol-mulkka 
mulkdordir. 


103 
ularning hissalaridan tashkil topgan ustav kapitaliga (fondiga, mulkiy 
jamg‘armasiga) ega bo‘lgan tijoratchi yuridik shaxs hisoblanadi. 
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘z a’zolarining ixtiyori bilan, ya’ni ular 
tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan vujudga kelgan, umumiy huquq layoqatiga 
ega bo‘lgan tijoratchi tashkilot hisoblanadi. 
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muassis (ishtirokchi)lari 
muayyan huquqlar va majburiyatlarga ega. Ular shirkat va jamiyatning 
ishlarini bajarishda qatnashish, faoliyati to‘g‘risida axborot olish, foydani 
taqsimlashda qatnashish, shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda 
kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkning bir 
qismini yoki uning qiymatini olish va qonun hujjatlarida, shuningdek, 
shirkat yoki jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
huquqlarga ega bo‘lishi mumkin. 
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga ikkita asosiy malakalash belgilarini ajratish 
mumkin. 
Birinchidan, ular tijorat tashkilotlari, ya’ni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi 
sifatida ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin bo‘lgan foydani olishni 
ko‘zlovchi shaxslar bo‘ladi. 
Ikkinchidan, 
ular 
ishtirokchilarining 
ulushlariga 
yoki 
ta’sischilarning 
aksiyalariga bo‘lingan ustav fondiga yoki ustav kapitaliga ega bo‘ladi. 
Umuman olganda, shirkat va jamiyat ishtirokchilari xo‘jalik sohasida o‘z 
oldilariga qo‘ygan yagona maqsadga erishish uchun mol-mulklarini qo‘shib 
birgalikda harakat qiladilar. Lekin ular bir-birlaridan qisman farq ham 
qiladilar. Masalan, sheriklik faqat natijaga erishish uchun emas, balki 
ishtirokchilarning bir-birlariga yaqin shaxsiy munosabatlariga asoslanadi. 
Bunda ishtirokchilarning kim ekanligiga ahamiyat beriladi. Jamiyatda esa 
uning ishtirokchilari kimlardan iborat bo‘lishi hal qiluvchi ahamiyatga ega 
emas, u, birinchi navbatda, maqsadga erishish nuqtayi nazaridan tashkil 
etiladi. 
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muassis (ishtirokchi)lari 
fuqarolardan va yuridik shaxslardan iborat bo‘lishi mumkin. Tadbirkorlik 


104 
subyekti sifatida xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari tashkil etilayotganda 
shakllantirilgan ustav fondi, kapitali yoki balansidagi o‘ziga tegishli 
bo‘lgan mol-mulklariga nisbatan xususiy mulk huquqiga ega. 
Xo‘jalik shirkatining yoki jamiyatining mulkiga qo‘shiladigan hissa 
har xil mulkdan, jumladan, mulkiy huquqdan va shuning bilan birga pul 
bilan baholanishi mumkin bo‘lgan boshqa huquqlardan iborat bo‘lishi 
mumkin. Hissaning asosiy belgisi uning pul bilan baholanishi 
mumkinligidadir. Masalan, muallifning mulkiy huquqi, ixtiroga bo‘lgan 
huquq, nou-xau, sanoat namunalari, tovar belgisi va shunga o‘xshashlar 
ham shirkat yoki jamiyat mulkiga qo‘shilgan hissa bo‘lishi mumkin. 
Kreditorning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lmagan, majburiyat boʻyicha talab 
qilish huquqi ham hissa sifatida tan olinishi mumkin. Muassis 
(ishtirokchi)lar tomonidan qo‘shiladigan hissani pul bilan baholashda 
vujudga kelgan nizoni ekspertlar xulosasiga ko‘ra sud tomonidan 
belgilangan tartibda hal qilinadi. 
Xo‘jalik shirkati va jamiyati ishtirokchilarining majburiyatlari ta’sis 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda 
hissa qo‘shishdan, maxfiy axborotni oshkor qilmaslikdan, shirkat va 
jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlardan 
iborat bo‘lishi mumkin. Ushbu huquq va majburiyatlar barcha shakldagi 
jamiyat va shirkat qatnashchilariga taalluqlidir. Shu bilan birga, har bir 
shakldagi shirkat va jamiyat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari 
o‘ziga xos xususiyatlari bilan ifodalanadi. Masalan, “to‘liq shirkat” 
ishtirokchilari o‘z o‘rtalarida tuzilgan shartnomaga muvofiq tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanadi. Ular o‘z shirkat majburiyatlari boʻyicha 
o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Shaxs faqat bitta 
to‘liq shirkatning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin 
(FKning 60-moddasi).
Kommandit shirkati –
 
shirkatning qarzlari boʻyicha o‘zining shirkat 
fondiga qo‘shgan hissasi miqyosida javob beradigan ishtirokchi 
(kommandit)lardan iborat 
(FKning 61-modda).
Kommandit shirkati iborasi 
fransuz huquqidan olingan bo‘lib, savdo sohasidagi shirkatlardan biri 
hisoblanadi. Kommandit shirkati “ishonchga asoslangan shirkat”

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish