98
Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining taʼsiri ostida birgalikdagi mulk
huquqi ishtirokchilarining har biriga ularning barchasining roziligi bilan
ushbu mol-mulk yuzasidan bitimlar tuzish huquqi beriladi. Masalan,
er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli bo‘lgan mol-mulk
negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganda, ish muomalalarida
er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok
etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor roʻyxatdan o‘tkazilayotganda
tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Tadbirkorlik faoliyati turli shakldagi mulk huquqi asosida va
ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Agar tadbirkorlik umumiy mulk
asosida amalga oshirilsa, har bir tadbirkorning tegishli ulushi belgilab
qo‘yiladi, shunga muvofiq tadbirkorlikni amalga oshirish natijasida qo‘lga
kiritilgan daromadlar ham ulushlarning miqdoriga qarab a’zolar o‘rtasida
taqsimlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari,
jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, fuqarolarning oilaviy va o‘zga
birlashmalari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish idoralari, xalq
deputatlarining barcha bo‘g‘indagi kengashlari hamda ular vakolat bergan
davlat boshqaruvi idoralari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar, boshqa
davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
mulkiy huquq subyektlaridir. Bir necha yuridik shaxslar va fuqarolar
aynan bitta mulkning subyektlari bo‘lishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
217-moddasiga
muvofiq, agar ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida
belgilanishi mumkin bo‘lmasa hamda uning barcha ishtirokchilarining
kelishuvi bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ulushlar teng deb hisoblanadi.
Tadbirkorlikni amalga oshirish jarayonida ulushlar haqida nizo kelib
chiqqan taqdirda bunday nizo umumiy mulk-egalari har birining da’vosi
boʻyicha sud tomonidan hal qilinadi.
Agar meros olish, rekvizitsiya yoki musodara qilish natijasida yoki
boshqa asoslarga ko‘ra davlat bilan fuqaroning yoxud kooperativ va
boshqa jamoat tashkiloti bilan fuqaroning umumiy mulki tashkil bo‘lib
qolsa, u holda bunday umumiy mulk paydo bo‘lgan kundan boshlab bir yil
ichida qonunda ko‘zda tutilgan usullarni qo‘llash yo‘li bilan bekor qilinishi
lozim edi. Endilikda mol-mulklarni umumlashtirish asosida birgalikda
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun keng imkoniyat yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: