Sanoat tovar belgilari turlari va ularga talabnomalar tuzish



Download 40,93 Kb.
bet1/2
Sana19.02.2022
Hajmi40,93 Kb.
#457480
  1   2
Bog'liq
Sanoat tovar belgilari turlari va ularga talabnomalar tuzish


Sanoat tovar belgilari turlari va ularga talabnomalar tuzish

Mazkur Qoidalarda quyidagi qisqartmalar qo‘llaniladi:


Qonun— O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 7-oktabrdagi 17-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1988-4, 08.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 10/21/1988-4/0941-son)
Tovar belgisi— tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi;
Talabnoma— tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma;
Parij konvensiyasi — Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasining O‘zbekiston Respublikasi uchun amal qilayotgan tahriri;
TXXK — tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikatsiyasi;
BIMT XB — Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Xalqaro byurosi;
Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish — Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga doir Bayonnomaga muvofiq amalga oshirilgan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish;
Xalqaro reyestr — belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi ma’lumotlarning BIMT XB olib boradigan rasmiy to‘plami;
Bayonnoma — Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga doir Bayonnoma (Madrid, 1989-yil 27-iyun).
II. Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish va topshirish.
Talabnoma topshirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar

1-§. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga talabnoma
2. Qonunning 3-moddasiga muvofiq tovar belgisi — bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari va xizmatlarining boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun xizmat qiladigan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgidir.
Yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega bo‘lgan tovarlarini belgilash uchun mo‘ljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi.
3. Qonunning 3-moddasi beshinchi qismiga muvofiq tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
So‘zli belgilarga so‘zlar, so‘z ko‘rinishiga ega bo‘lgan harfiy birikmalar (xususan, har qanday ketma-ketlikdagi unlilar va undosh tovushlarning bo‘g‘in hosil qiluvchi birikmalari), so‘z birikmalari, gaplar, shuningdek ularning birikmalari kiradi.
Tasviriy belgilarga jonli mavjudotlar, predmetlar, tabiiy va boshqa obyektlar tasvirlari, va shuningdek chiziqlar, dog‘lar, har qanday figuralarning tekislikdagi kompozitsiyalari (hajmlilaridan tashqari) kiradi.
Hajmli belgilarga fazoviy joylashgan uch o‘lchamli obyektlar, figuralar va chiziqlar va figuralarning kombinatsiyalari kiradi.
Jamlama belgilarga turli xarakterdagi ya’ni tasviriy, so‘zli, muayyan shakldagi hajmli va boshqa elementlar kombinatsiyasi kiradi.
Boshqa belgilarga tovushli, yorug‘likdan iborat bo‘lgan, golografik, hidli kabi belgilar kiradi.
4. Quyidagilar tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:
a) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
b) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki to‘liq nomlari;
v) rasmiy nazorat, kafolat tamg‘alari va namuna yo‘sinidagi tamg‘alar, muhrlar;
g) davlat xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan ajratish va farqlash belgilari tasvirlari.
Yuqoridagi “a”—“g” kichik bandlarda ko‘rsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat organining yoki belgi egasining roziligi bo‘lsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida kiritilishi mumkin.
d) xususan farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar, xususan:
o‘ziga xos grafik tasvirga ega bo‘lmagan alohida harflar, raqamlardan iborat bo‘lgan belgilar, so‘z ko‘rinishiga ega bo‘lmagan harflar birikmalari;
chiziqlar, oddiy geometrik figuralar va ularning tarkibiga kirgan alohida elementlaridan farqli, sifat jihatdan boshqa qabul qilish darajasini beradigan kompozitsiyalar hosil qilmaydigan birikmalari;
tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga topshirilgan talabnomadagi tovarlarni belgilash uchun ularning haqiqiy yoki sxematik tasvirlari;
shakli faqat funksional vazifasidan kelib chiqadigan uch o‘lchamli obyektlar;
tovarlarning umum e’tirof etilgan oddiy nomlari shu tovarlarni belgilash uchun;
korxona, tashkilot, muassasa va sohalarning umumqabul qilingan qisqartirilgan nomlari va abbreviaturalari;
e) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umumfoydalanishda bo‘lgan belgilar. Bunday belgilar deb ma’lum bir tovar yoki turli ishlab chiqaruvchilarning shunga o‘xshash tovarlari uchun uzoq vaqt ishlatilganligi tufayli tushuncha bo‘lib qolgan belgilar tushuniladi;
j) umume’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar.
Umume’tirof etilgan ramzlarga odatda, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlar ro‘yxatidagi tovarlarga oid bo‘lgan xo‘jalik yoki faoliyat sohasini aks ettiruvchi belgilar, shuningdek fan va texnikada qo‘llaniladigan shartli belgilar kiradi. Umum e’tirof etilgan atamalarga fan va texnikaning aniq bir sohasiga xos bo‘lgan so‘z birliklari kiradi;
z) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar.
Mazkur “z” kichik bandda ko‘rsatilgan belgilarga tovarlarning oddiy nomlari, tovarlar sifat toifasining belgisi, tovarlarning xususiyatini ko‘rsatuvchi (shu jumladan, maqtov xarakteriga ega bo‘lgan) belgilar, xomashyo materialini va tarkibini ko‘rsatuvchi belgilar, tovarlarning og‘irligi, hajmi, narxini, ishlab chiqarilgan sanasini ko‘rsatuvchi belgilar, umumiy nomlar, ishlab chiqarishni yaratish tarixidan ma’lumotlar, korxonalarning nomlari, tovar tayyorlovchilarning va vositachi firmalarning manzilgohlari, qisman yoki to‘liq jug‘rofiy nomdan iborat bo‘lib, tovar tayyorlovchining joylashgan joyi sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan belgilar.
Yuqoridagi “d” — “z” kichik bandlarda ko‘rsatilgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan aniq tovarlar uchun foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega bo‘lganligi isbotlangan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Isbot sifatida talabnoma topshirilgan sanagacha talabnomada ko‘rsatilgan belgidan foydalanilganligi natijasida farqlanish xususiyatiga ega ekanligini tasdiqlaydigan quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi:
talabnomada ko‘rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmi;
talabnomada ko‘rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlarning sotilish hududlari;
talabnomada ko‘rsatilgan tovar(xizmat)larni belgilash uchun berilgan belgidan foydalanish muddati;
talabnomada ko‘rsatilgan belgi bilan belgilangan tovar(xizmat)larning reklamasi uchun sarflanadigan xarajatlar hajmi;
talabnomada ko‘rsatilgan belgi va shu belgi bilan belgilangan tovarlarning ishlab chiqaruvchilari haqida iste’molchilarning xabardorlik darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan ijtimoiy so‘rovlarning natijalari;
talabnomada ko‘rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlar haqidagi axborot ochiq matbuotda nashr qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar;
talabnomada ko‘rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi yoki chet mamlakatlardagi ko‘rgazmalarda namoyish qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar.
i) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar, ularga xususan, iste’molchining ongida tovarning haqiqatga to‘g‘ri kelmagan ma’lum bir sifati, uning tayyorlovchisi yoki kelib chiqqan joyi haqida tasavvur hosil qiladigan belgilar kiradi. Belgining kamida bitta elementi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lsa, belgi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin deb e’tirof etiladi;
k) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
l) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jug‘rofiy nomlar bo‘lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek basharti ular tarjima qilib yoki “ko‘rinishdagi”, “turdagi”, “usuldagi” va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bilan qo‘shilgan holda qo‘llanilsa;
m) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar, ularga xususan, diniy nishon va ramzlar, axloqsiz mazmundagi so‘z va tasvirlar, inson qadrini, diniy hissiyotlarni haqorat qiladigan insonparvarlikka zid xarakterdagi shiorlar va boshqalar;
n) quyidagi belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar:
ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rab talabnoma berilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha ilgariroq ustuvorlikka ega bo‘lgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda umum e’tirof etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar;
Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan tovar kelib chiqqan joy nomi bo‘lgan belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar, bu belgilar har qanday tovarlarga nisbatan shunday nomdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladigan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan mustasno;
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan sertifikatlash belgilari.
Ushbu “n” kichik bandning ikkinchiuchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga tovar belgisi egasining bu belgini ro‘yxatga olish uchun roziligi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Bu holda rozilik xatining asli taqdim qilinadi. Rozilik xati “katta” belgi egasi bo‘lgan korxonaning firma blankasida rasmiylashtiriladi va quyidagi bandlardan iborat bo‘ladi:
rozilik bergan tovar belgisi egasining to‘liq nomi va manzilgohi;
rozilik olgan shaxsning to‘liq nomi va manzilgohi;
o‘xshash tovar belgisi egasining imzosi, lavozimi va familiyasi;
egasi rozilik bergan tovar belgisining tasviri;
rozilik olib talabnoma topshirilayotgan belgining tasviri;
rozilik berilgan tovarlar va/yoki xizmatlar ro‘yxati;
rozilik xati berilgan sana, ushbu sanasiz xat haqiqiy emas deb hisoblanadi;
o) quyidagi belgilar:
o‘zga shaxslarga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo‘lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga bo‘lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushish sanasidan avvalroq olingan bo‘lsa, takrorlovchi belgilar;
sanoat namunalarini takrorlovchi belgilar, agar ularga bo‘lgan huquq O‘zbekiston Respublikasida o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlarni mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo‘rlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar;
atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslari va ulardan yasalgan so‘zlarini, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular O‘zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi bo‘lsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar.
Ushbu bandning “o” kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lum va mashhurlik tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etilgan belgining ustuvorlik sanasiga nisbatan aniqlanadi.
5. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun beriladigan talabnoma bir tovar belgisiga taalluqli bo‘lishi lozim.
6. Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma beruvchining uning joylashgan joyi yoki yashash manzili ko‘rsatilgan arizasi (bundan keyingi o‘rinlarda ariza deb yuritiladi);
b) talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
v) belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va (yoki) xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.
7. Talabnomaga talabnomani topshirish uchun belgilangan tartibda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
8. Agar talabnoma jamoaviy belgiga oid bo‘lsa, bunday holda talabnomaga huquqiy va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasi qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvi (bundan keyingi o‘rinlarda Kelishuv deb yuritiladi) ilova qilinadi.
Kelishuvda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi lozim:
a) jamoaviy belgini o‘zining nomiga ro‘yxatdan o‘tkazishga vakolat berilgan shaxsning nomi;
b) ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati (to‘liq rasmiy nomi va manzilgohini ko‘rsatgan holda);
v) jamoaviy belgini ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadi;
g) jamoaviy belgi bilan belgilanadigan tovarlarning ro‘yxati va yagona sifat yoki boshqa umumiy ko‘rsatkichlari;
d) jamoaviy belgidan foydalanish shartlari;
e) jamoaviy belgidan foydalanishni nazorat qilish tartibi haqidagi nizom;
j) kelishuvni buzganlik uchun javobgarlik haqidagi nizom.
Kelishuv ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan imzolanadi (huquqiy shaxslar uchun muhr bilan tasdiqlanadi). Imzo chekkan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi.

Download 40,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish