Toshkent davlat yuridik universiteti


Ishlab chiqarish kooperativlari



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Ishlab chiqarish kooperativlari. 
Ishlab chiqarish kooperativlari 
fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasidan tashkil topadi (FKning 69-
moddasi). Ular birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik faoliyatini 
olib borish uchun o‘z xohishlari bilan ushbu birlashmaga a’zo bo‘ladilar. 
Birlashma fuqarolarning o‘zlari shaxsan ishtirok etishi va ularning mulkiy 
badallarini qo‘shish, ya’ni birlashtirish tamoyiliga asoslanadi. Qonunda va 
ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlarida uning faoliyatida 
a’zolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi 
mumkin. Kooperativning majburiyatlari boʻyicha uning a’zolari qonunda 
va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar 
(qo‘shimcha), ya’ni ular kooperativning javobgarlikdan qutulishi uchun 
to‘lashi kerak bo‘lgan mablag‘ining (mulkining) yetishmay qolgan qismi 
miqdorida javob beradi. 
Kooperativ a’zolarining umumiy majlisida tasdiqlangan ustav 
kooperativning ta’sis hujjati hisoblanadi. FKning 43-moddasidagi 
maʼlumotlardan tashqari kooperativ a’zolarining qo‘shadigan badallari, 
badallarning tarkibiy qismi, miqdorlari va badal qo‘shishga oid 


111 
majburiyatlarini buzganlik uchun ularning javobgarligi, kooperativ 
faoliyatida o‘z mehnatlari bilan qatnashish tartibi va uning xarakteri, 
shuningdek, o‘z mehnati bilan qatnashish haqidagi majburiyatlarini 
buzganlik uchun ularning (a’zolarining) javobgarligi, kooperativ 
daromadlari va ko‘rgan zararlarini taqsimlash tartibi, kooperativ qarzlari 
boʻyicha subsidiar javobgarlikning shartlari va miqdori, kooperativ 
boshqaruv organlarining tarkibi va uning vakolat doirasi, qaror qabul qilish 
tartibi, kooperativ a’zolarining barchasi yoki bir qismi ovoz berishi zarur 
bo‘lgan masalalar haqida maʼlumotlar kooperativ ustavida nazarda tutilgan 
bo‘lishi lozim. 
FKning 69-moddasida
tijoratchi sifatida faqat ishlab chiqarish 
kooperativlariga 
taalluqli 
qoidalar 
nazarda 
tutiladi. 
Matlubot 
kooperativlarining huquq layoqati FKning 73-moddasi bilan tijoratchi 
bo‘lmagan tashkilotlar sifatida belgilanadi. 
Ishlab chiqarish kooperativlari o‘ziga xos belgilari bilan boshqa tijorat 
tashkilotlaridan farq qiladi. Ishlab chiqarish kooperativi fuqarolarning 
unga a’zo bo‘lishiga va uning faoliyatida shaxsan o‘z mehnati bilan 
ishtirok etishiga asoslanadi. Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarida 
ishtirokchilarning shirkat yoki jamiyat faoliyatida shaxsan o‘z mehnatlari 
bilan qatnashishlari talab qilinmaydi. Ishlab chiqarish kooperativida 
qatnashuvchilarning shu kooperativ faoliyatida shaxsan ishtirok etishi ular 
o‘rtasidagi aloqaning qanchalik yaqin ekanligidan dalolat beradi. Ishlab 
chiqarish kooperativiga o‘rindoshlik sharti bilan davlat korxonalari va 
tashkilotlarida ishlovchilar ham a’zo bo‘lish huquqiga ega. 
Ishlab chiqarish kooperativlarining faoliyatida yuridik shaxslarning 
ishtirok etishiga ham yo‘l qo‘yiladi. Bu haqida kooperativning ustavida 
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxsning xizmatchilari kooperativ 
faoliyatida o‘z mehnatlari bilan qatnashishlari mumkin. Agar 
kooperativning a’zolari faqat yuridik shaxslardan tashkil topadigan bo‘lsa, 
ularning faoliyati birlashmalar va ittifoqlarga oid qoidalarga asosan 
tartibga solinadi 
(FKning 77-moddasi).
Ishlab chiqarish kooperativi kooperativ a’zolarining mulk bilan 
qo‘shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida vujudga keladi. Ayni 
paytda qonun a’zolarning kooperativ majburiyatlari boʻyicha o‘zlariga 
tegishli mol-mulk bilan subsidiar javobgar bo‘lishini nazarda tutadi. Bu 
ham ishlab chiqarish kooperativiga xos xususiyatlardan iborat. Chunki 
ko‘pchilik jamiyatlarning, jumladan, mas’yuliyati cheklangan jamiyat va 


112 
aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari jamiyatning majburiyatlari 
boʻyicha ustav fondiga (kapitaliga) qo‘shgan hissalari yoki aksiyaning 
qiymati, miqdori doirasida javobgar bo‘ladilar. 
Ishlab chiqarish kooperativining a’zolari ko‘pchilikni tashkil etadi. 
Shu bilan bitta shaxsdan tashkil topadigan xo‘jalik jamiyatlaridan farq 
qiladi. Uning ta’sis hujjati faqat ustavdan iborat bo‘lib, ta’sis 
shartnomasini tuzish talab qilinmaydi. Ustav kooperativ joylashgan yerda 
mahalliy hokimiyat tomonidan roʻyxatdan o‘tkaziladi. Ustav roʻyxatdan 
o‘tkazilishi bilan ishlab chiqarish kooperativi tuzilgan deb hisoblanadi. 
Kooperativning mol-mulki uning iqtisodiy negizi bo‘lib xizmat qiladi.
Kooperativning mol-mulki uning ustaviga muvofiq a’zolarining 
paylariga bo‘lingan bo‘ladi. Pay sifatida pul summasi, moddiy obyektlar 
(asbob-uskunalar), shuningdek, mulkiy huquq o‘tkazilishi mumkin. 
Kooperativ a’zolari ustav fondining bir qismini uning bo‘linmas mulki 
sifatida tan olishlari mumkin. Mulkning ushbu qismidan faqat ustavda 
belgilangan maxsus maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi va 
a’zolar kooperativdan chiqib ketishganida ham ushbu qism bo‘linmaydi, 
chiqib ketadigan a’zoning ulushi ajratilmaydi. Bo‘linmas mol-mulk 
fondini tashkil qilish tartibi ustavda nazarda tutilgan bo‘lib, bu haqidagi 
qaror kooperativning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul 
qilingan bo‘lishi kerak. 
Ishlab chiqarish kooperativlari o‘z mol-mulki bilan bozor 
munosabatlarida mustaqil ravishda ishtirok etadi. Mol-mulkni tasarruf 
etish huquqi faqat kooperativning o‘ziga tegishli bo‘lib, bu huquqni 
kooperativ umumiy majlisining qaroriga asosan kooperativning ijro 
etuvchi organlari, tasdiqlangan smetaga muvofiq amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish 
kooperativining mol-mulki 
tarkibi 
A’zolari tomonida 
o‘tkazilgan mol-mulk 
Ishlab chiqarish 
faoliyatidan qo‘lga 
kiritilgan daromadlar 
Olingan kreditlar 
Boshqa qonuniy 
foydalar 


113 
Kooperativga taalluqli bo‘lgan ushbu qoida dispozitiv xarakterga ega. 
Kooperativ ustavida daromadni taqsimlash faqat a’zolarning qo‘shgan 
mehnatlariga mutanosib ravishda emas, balki ular qo‘shgan paylarining 
miqdoriga qarab ham amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. 
Ishlab chiqarish kooperativi o‘z majburiyatlari boʻyicha unga tegishli 
bo‘lgan barcha mol-mulklari bilan javob beradi. Uning mol-mulki kamlik 
qilgan taqdirda kooperativ a’zolari o‘z mol-mulklari bilan qonunda va 
kooperativ ustavida belgilangan miqdorda va tartibda subsidiar javobgar 
bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish kooperativining oliy organi a’zolikka asoslangan 
barcha tashkilotlarda bo‘lganidek, uning umumiy majlisi hisoblanadi. 
Umumiy majlis kooperativning faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalarni 
muhokama qilish vakolatiga ega. Lekin ba’zi muhim masalalar faqat 
umumiy majlisning vakolatiga tegishli ekanligi uning ustavida nazarda 
tutilgan bo‘lishi mumkin. Masalani hal qilishda umumiy majlis 
a’zolarining har biri uning mol-mulkdagi hissasidan qatʼi nazar, bitta 
ovozga ega.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonun 
hujjati mulkdorning huquqiy holatini yomonlashtirgan 
yoki mulkdorga qo‘shimcha majburiyatlar yuklagan 
taqdirda orqaga qaytish kuchiga ega emas. 


114 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish