Toshkent davlat yuridik universiteti


“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”
gi 
qonunda
fermer xo‘jaligi 
tushunchasi, uni tashkil etish shartlari, tartibi, davlat roʻyxatiga olish, 
uning ustavi va ustavining mazmuni, xo‘jalikni yuritish uchun yer 
uchastkasini berish va undan foydalanish tartibi va uning huquq layoqatini 
tashkil qiluvchi boshqa qoidalar nazarda tutiladi. Qonunning 7-moddasiga 
muvofiq fermer xo‘jaligi davlat roʻyxatidan o‘tkazilgandan keyin yuridik 
shaxs maqomini oladi.
Shu bilan uning tushunchasi va huquqiy maqomi yuridik shaxsga xos 
bo‘lgan umumiy belgilar 
(FKning 39-modda)
bilan ifodalanadi. Fermer 
xo‘jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq 
xo‘jaligi tovar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik 
yurituvchi subyekt hisoblanadi. 
Fermer xo‘jaligining boshlig‘i shu xo‘jalikning muassasasi fermer 
hisoblanadi. Boshqa yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar bilan 
munosabatlarda fermer xo‘jaligi nomidan ana shu xo‘jalik boshlig‘i ish 
olib boradi. 
Fermer xo‘jaligining ustav fondi fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan 
belgilanadi. Pul, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk 
yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xo‘jaligining ustav 
fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Agar fermer xo‘jaligining 
ustav fondi shakllantirilayotganda fermer xo‘jaligining boshlig‘i o‘z oila 
a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan
mol-mulkni fermer xo‘jaligiga topshirayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning 
barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi. 
Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish fermer 
xo‘jaligi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga 
o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Fermer xo‘jaligi uning balansidagi barcha mol-mulkka nisbatan mulk 
huquqiga ega bo‘ladi.
Fermer xo‘jaligining mol-mulki pul va moddiy manbalar, tovarlarni 
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (foyda), qimmatli qog‘ozlardan 
kelgan daromadlar, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tashkil 
topishi mumkin. Xo‘jalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, sotib olish, ijaraga yoki vaqtincha 
foydalanishga olish huquqiga ega. 
Fermer xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va 
uni tasarruf etish xo‘jalik xodimlarining o‘zaro kelishuvi asosida fermer 
xo‘jaligining boshlig‘i tomonidan amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligi 


115 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan 
har qanday turi bilan, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta 
ishlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishi mumkin. Uning xo‘jalik 
faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlar, 
shuningdek, ularning mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Agar ularning g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) 
natijasida fermer xo‘jaligiga zarar yetkazilgan bo‘lsa, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda zarar qoplanishi kerak (FKning 12 va 15-moddalari). 
Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari boʻyicha o‘z mol-mulki bilan 
javob beradi. Fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda 
uning majburiyatlari boʻyicha xo‘jalikning boshlig‘i o‘ziga tegishli
mol-mulk bilan subsidiar javobgar bo‘ladi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish