Toshkent davlat yuridik universiteti


V BOB.TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA MEHNAT BOZORI



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

V BOB.TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA MEHNAT BOZORI. 
TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA SHARTNOMALAR VA HISOB-
KITOBLAR 
Tadbirkorlik faoliyatida mehnat bozori tushunchasi, ahamiyati, 
xususiyatlari. Tadbirkorlik faoliyatida mehnat munosabatlarini huquqiy 
tartibga solish. 
Tadbirkorlik 
shartnomalari 
nima? 
Tadbirkorlik 
faoliyatidagi 
shartnomalarning turlari. Tadbirkorlik shartnomalari taraflari, ularning 
huquq va majburiyatlari. Shartnomalarni tuzish boʻyicha asosiy qoidalar. 
Tadbirkorlik shartnomalari shartlarini bajarish, o‘zgartirish va bekor 
qilish. Tadbirkorlik shartnomasi majburiyatlari yuzasidan javobgarlik. 
Hisob-kitoblarning turlari, shakllari. Elektron hisob-kitoblar va ularni 
huquqiy tartibga solish. 
5.1 Tadbirkorlik faoliyati va mehnat bozori nisbati hamda huquqiy 
asoslari 
Tadbirkorlik faoliyati mehnat bozori bilan uzviy bog‘liqdir. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya 
qilishda ularning ish bilan bandligini taʼminlash, tadbirkorlikning turli xil 
tashkiliy-huquqiy shakllarida oʻz faoliyatini amalga oshirish talab etiladi. 
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining mehnat huquqlari kafolatlari 
yaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilanganidek, har 
bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida 
ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish 
huquqiga egadir (37-modda). 
Mehnat bozori ikki asosiy ijtimoiy-iqtisodiy vazifani bajaradi. Inson 
resurslarining ish bilan bandlikning muqobil turlari boʻyicha (kasblar, 
tarmoqlar, 
korxonalar, 
hududlar 
boʻyicha) 
taqsimlanishi 
va 
daromadlarning maoshlar, rag‘batlantirish omili sifatidagi ish haqi va 
mehnat uchun mukofotlash shaklida taqsimlanishi. Аna shu mehnat bozori 
vazifalarining amalga oshirilishi mehnat samaradorligini oshirishga, uni 
yuqori darajaga yetkazishga, inson resurslaridan olinadigan foydani, 
daromadlarni ko‘paytirishga, davlatning iqtisodiy yuksalishiga, ijtimoiy 
adolatga, va nihoyat, barcha uchun baravar bo‘lgan ish o‘rinlariga 
joylashish imkoniyatlariga va kasb tayyorgarligiga yordam bermog‘i 
lozim. Biroq mehnat bozori jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga faqat 
ijobiy emas, shu bilan birga salbiy taʼsir ham koʻrsatishi mumkin.


119 
Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida tadbirkorlik 
subyektlarining mehnat bozorida ishchi yollab oʻz faoliyatlarini amalga 
oshirganlarida ham xodimlаr vа ish beruvchilаrning vаkilligi, jаmoа 
shаrtnomаlаri vа kelishuvlаri, ishgа joylаshtirish, mehnаt shаrtnomаsini 
tuzish, ish vаqti, dаm olish vаqti, tаnаffuslаr, dаm olish vа bаyrаm kunlаri, 
tаʼtillаr, mehnаtgа hаq to‘lаsh, kаfolаtli to‘lovlаr vа kompensаtsiya 
to‘lovlаri, mehnаt intizomi, mehnаt shаrtnomаsi tаrаflаrining moddiy 
jаvobgаrligi, xodimgа yetkаzilgаn zаrаr uchun ish beruvchining moddiy 
jаvobgаrligi kabi normalar oʻz aksini topgan. 
Oʻzbekiston Respublikasining “Аholini ish bilаn tа’minlаsh 
toʻgʻrisidа”gi qonuniga koʻra aholini ish bilan ta’minlash, aholini ish bilan 
ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari, mehnat qilish 
huquqi kafolatlari, kasb-korga doir maslahat olish, kasbga tayyorlash, 
qayta tayyorlash, malaka oshirish va axborotlar olish huquqi, Oʻzbekiston 
Respublikasi fuqarolarining mamlakat tashqarisidagi hamda chet el 
fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyati kabi muhim 
boʻlgan normalar aholini, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini 
ish bilan taʼminlashga huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi. 
Bundan tashqari, “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga 
koʻra xususiy bandlik agentligi ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va 
ishga joylashish boʻyicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash boʻyicha 
xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek, ishga joylashtirish sohasida axborot 
va maslahat xizmatlari koʻrsatuvchi tijorat tashkilotidir. Xususiy bandlik 
agentligi oliy maʼlumotli rahbarni qo‘shib hisoblaganda kamida ikki nafar 
xodimga ega bo‘lishi kerak deb belgilangan boʻ1sa, boshqa tomondan olib 
qaraganda, tadbirkorlik faoliyatining bir turi sifatida Xususiy bandlik 
agentliklari quyidagi xizmat turlarini koʻrsatishi mumkin: 


Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish