Toshkent davlat yuridik universiteti


Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish  tanlash;  



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ish qidirayotgan shaxslarga ish 
tanlash; 

 
ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash; 

 
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan 
shaxslarni ishga joylashtirish; 

 
ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari. 
Xizmatlar koʻrsatish to‘g‘risidagi shartnoma xususiy bandlik agentligi 
tomonidan ish qidirayotgan shaxs va (yoki) ish beruvchi bilan yozma 
shaklda tuziladi. 


120 
Ayniqsa, Xususiy bandlik agentliklari tomonidan tuziladigan 
xizmatlar koʻrsatish to‘g‘risidagi shartnomada xizmatlar ko‘rsatish 
quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: 

 
xizmatlarning mazmuni; 

 
xizmatlar koʻrsatish muddatlari; 

 
xizmatlar koʻrsatilganligi uchun haq to‘lash miqdori va shartlari; 

 
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari; 

 
shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada 
bajarmaganlik uchun taraflarning javobgarligi; 

 
shartnomani bekor qilish tartibi va shartlari; 

 
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada 
bajarilmaganda pul mablag‘larini qaytarish tartibi; 

 
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan 
shaxslarni ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda 
xususiy bandlik agentligida litsenziya mavjudligi to‘g‘risidagi 
maʼlumotlar, litsenziyaning tartib (roʻyxatdan o‘tkazish) raqami va 
berilgan sanasi koʻrsatilgan holda. 
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
“Ish 
beruvchining 
fuqаrolik 
jаvobgаrligini mаjburiy sug‘urtа qilish toʻgʻrisidа”gi qonuniga koʻra esa 
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni 
amalga oshirish shartlari va tartibi, ish beruvchining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish boʻyicha sug‘urta hodisasi yuz 
berganda sug‘urta tovonini to‘lash, ish beruvchining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish subyektlarining huquq va 
majburiyatlari” orqali ham mehnat bozori ishtirokchilari huquqlari 
kafolatlangan. 
Xususiy korxona (ish beruvchi) va xususiy korxonaning xodimi 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga 
muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan tartibga solinadi 
(
Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 2003-yil 
11-dekabrdagi 558-II son qonunining 18-moddasi

Shubhasiz, tadbirkorlik subyektlarining mehnat-huquqiy normalariga 
rioya etishi ularning faoliyatini oqilona va samarali tashkil etishning 
muhim kafolati hisoblanadi. 
Oilaviy korxona ishtirokchilarining shaxsiy mehnatini amalga oshirish 
shartlari ular o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi. Oilaviy korxona (ish 
beruvchi) va oilaviy korxonaning yollanma xodimi o‘rtasidagi mehnatga 
oid munosabatlar mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mehnat 
shartnomasi 
(kontrakt) 
bilan 
tartibga 
solinadi. 
(
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
“Oilaviy 
tadbirkorlik 
to‘g‘risida”gi 
2012-yil
26-apreldagi 327-son qonunining 20-moddasi



121 
Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga 
asoslanadi. Dehqon xo‘jaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa 
shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin. 
Dehqon xo‘jaligining a’zolari dehqon xo‘jaligi tomonidan 
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda badallar to‘langan taqdirda 
davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi lozim. Dehqon xo‘jaligida 
ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‘urtasi boʻyicha badallar to‘langanligini 
tasdiqlovchi hujjatlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) 
bo‘limida mehnat daftarchasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda 
mehnat stajiga qo‘shiladi. 
(Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon 
xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 1998-–yil 30-–apreldagi 604-I son qonuni
20-moddasi). 
Fermer xo‘jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi 
mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq mehnat 
shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi. Fermer xo‘jaligidagi ish 
tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq 
belgilanadi. Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib 
borish xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligi 
xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra pul 
hamda natura tarzida, qonun hujjatlarida mehnatga haq to‘lash yagona tarif 
setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz 
bo‘lmagan miqdorda belgilanadi 
(Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer 
xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 2004-yil 36-avgustdagi 662-II son qonunining
23-moddasi).

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish