106
To‘liq shirkat ishtirokchisining shaxsiy majburiyatlari boʻyicha
qarzni
undirish birinchi galda uning o‘ziga tegishli va ixtiyorida bo‘lgan mol-
mulkka nisbatan qaratiladi. Agar uning bu mol-mulki yetarli bo‘lmasa,
undiruv shirkatning yig‘indi kapitalidagi uning hissasiga qaratilishi
mumkin. Ishtirokchining hissasi to‘la hajmda qarzni undirishga qaratilgan
taqdirda u shirkat tarkibidan chiqib ketadi.
To‘liq shirkatning tugatilishi yuridik shaxslarga xos bo‘lgan umumiy
qoidaga asosan amalga oshirilsa-da, birmuncha o‘ziga
xos farqli jihatlari
ham bor. Agar shirkat ishtirokchilarining tarkibiy qismida o‘zgarish yuz
berib, shirkat faoliyatini davom ettirish haqida o‘zaro kelishishga
erishilmasa, shirkat tugatilgan deb hisoblanadi. Agar shirkatda uning bitta
ishtirokchisi qolgan bo‘lsa-da, u shirkatni ma’lum muddatda xo‘jalik
jamiyatiga aylantirmagan holatda ham shirkat tugatilgan deb hisoblanadi.
Kommandit shirkati ularga tegishli huquq va burchlarining farqi bilan
ikki xil turkumga bo‘linadigan ishtirokchilardan tashkil topadi. Ular to‘liq
sheriklardan va ishonchga asoslangan sheriklardan iborat. Bunday shirkat
faoliyatini va uning doirasini to‘liq sheriklar belgilaydi. Ishonchga
asoslanganlarning shirkat faoliyatidagi ishtiroki
shirkat fondiga hissa
qo‘shish bilan cheklanadi. Ular shirkat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun
o‘zlari qo‘shgan hissa doirasida javobgar bo‘ladi.
Kommandit shirkatning ta’sis shartnomasiga faqat uning to‘liq
sheriklari imzo chekadilar. Ishonchga asoslangan ishtirokchilar ta’sis
shartnomasini ishlab chiqishda va muhokama qilishda qatnashishlari,
ularning bu huquqi ta’sis shartnomasida ham nazarda tutilgan bo‘lishi
mumkin.
Kommandit shirkatning faoliyatini to‘liq shirkatlar uchun belgilangan
tartibda to‘liq sheriklar boshqaradi. Ishonchga asoslanganlar shirkatning
faoliyatini amalga oshirishda va boshqarishda ishtirok etmaydi. Ular
shirkatning ishonchnomasiga asosan bitimlarni tuzishda va bajarishda
ishtirok etishlari mumkin.
Ishonchga asoslangan ishtirokchilarning
asosiy maqsadi shirkatning
yig‘indi kapitaliga qo‘shgan hissasiga nisbatan mutanosib daromad
olishdan iborat. Olingan daromadning bir qismini ishonchga asoslangan
ishtirokchiga berish umumiy qoidaga binoan xo‘jalik yilining yakunlanishi
bilan qabul qilingan hisobot va chiqarilgan balansga asosan amalga
oshiriladi.
107
Ishonchga asoslangan ishtirokchi xo‘jalik
yili tugashi bilan
shirkatning yig‘indi kapitalidan o‘z hissasini olib yoki bu hissani boshqa
shaxsga o‘tkazib shirkatdan chiqib ketish huquqiga ega. Hissani
o‘tkazishda boshqa uchinchi shaxslarga nisbatan shirkatdagi ishonchga
asoslangan ishtirokchilar ustun huquqqa ega.
Bunday paytda shirkatdagi
to‘liq ishtirokchilar ham uchinchi shaxs sifatida qabul qilinadi.
Kommandit shirkati nochor (bankrot) deb topilganida uning mulkidan
birinchi galda kreditorlarining talablari qanoatlantiriladi
(FKning 56-
moddasi),
so‘ngra ishonchga asoslangan ishtirokchilarning hissalari ajratib
beriladi va shirkatning yig‘indi kapitalidan qolgan mol-mulk to‘liq
sheriklar o‘rtasida taqsimlanadi.
O‘zR FKning 62-moddasiga ko‘ra
mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki
bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari
bilan belgilab qo‘yilgan miqdordagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: