Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

 
 


99 
Mulkdor huquqlarining ustuvorligi 
Tadbirkorlik chet ellik fuqarolar hamda yuridik shaxslarning mol-
mulklarini turli shakllarda jalb etish asosida ham amalga oshiriladi. Mol-
mulkdan foydalanish, uni tasarruf etish, uning asosida tadbirkorlik yuritish 
haqidagi Oʻzbekiston fuqarolariga tegishli qoidalar xorijiy fuqarolarga 
ham taalluqlidir.
Ushbu huquqdan foydalanib, zarur sarmoyaga ega bo‘lgan ajnabiy 
davlat fuqarolari o‘zaro manfaatdorlik asosida qo‘shma korxonalar yoki 
faqat o‘zlariga tegishli bo‘lgan korxonalarni imtiyozli ravishda tashkil 
etishlariga imkon beriladi. Bunda ularning mol-mulklari va mulkiy 
huquqlari, manfaatlari qonun bilan qo‘riqlanadi va daxlsizligi to‘la 
kafolatlanadi. Xorijiy fuqarolar respublika hududida tadbirkorlik natijasida 
orttirgan mol-mulkni o‘z xohishi bilan meros qilib qoldirishlari, xayr-
ehson qilishlari yoki o‘zlariga tegishli daromadlarni Oʻzbekistondan erkin 
olib ketishlari qonun bilan kafolatlanadi. 
Mulkdorning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida mulkdor 
huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonun 
hujjatlaridagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga 
keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar 
mulkdorning foydasiga talqin etiladi. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu 
jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, 
banklar bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati 
subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga 
muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish 
bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib 
bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati 
subyektining foydasiga talqin etiladi. 


100 
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning 
15-moddasiga ko‘ra tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining o‘z 
mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi 
mumkin. 
Tadbirkorlik 
subyektlarining 
tadbirkorlik 
faoliyatini 
amalga 
oshirishiga asos va vosita bo‘lgan mol-mulk, shu jumladan, mulkiy 
huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning 
belgilanishi, o‘zgartirilishi va bekor bo‘lishi bilan bog‘liq oldi-sotdi, 
garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti bo‘lishi mumkin. 
Tadbirkor faqat o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk asosidagina emas, 
balki davlat va jamoat tashkilotlarining mol-mulki hamda pul 
mablag‘larini jalb etish asosida ham o‘z faoliyatini amalga oshiradi. 
Bunday jalb etish asosan mol-mulkni ijaraga olish yoki pul mablag‘larini 
qarzga olish usullarida amalga oshiriladi. 
Yer uchastkalari, yerosti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida 
tabiiy obyektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, 
uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida o‘zining tabiiy 
xususiyatlarini yo‘qotmaydigan boshqa ashyo (isteʼmol qilinmaydigan ashyo)lar 
mulk ijarasiga berilishi mumkin (O‘zR Fuqarolik kodeksining 537-moddasi). 
Ijaraga oluvchilar fuqarolardan, yuridik shaxslardan, jumladan, 
qo‘shma korxonalar, xalqaro tashkilotlar va birlashmalar, Oʻzbekiston va 
chet el yuridik shaxslarining mulklari asosida tashkil topgan korxona va 
tashkilotlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ular foyda olish maqsadida barcha 
iqtisodiy imkoniyatlarni jalb qiladi, unumli natijalarga erishish uchun faol 
tashabbus ko‘rsatib, harakat qiladi.
“Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasiga koʻra 
oilaviy korxonaning mol-mulki: 


Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish