13.05.2018y.
DAVLAT KORXONALARI TRANSFORMATSIYASI BO'YICHA QISQACHA TEZISLAR
Davlat korxonalari transformatsiyasi nima?
Davlat korxonalari transformatsiyasi dasturi – bu, ularning ishlab chiqarish, xarid qilish, sotish va investitsiyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga, ular respublika aholisi va sanoatiga ko'rsatadigan xizmatlari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuidir. Dastur shuningdek, oxir oqibat davlat tashkilotlarini xalqaro bozorda raqobatbardosh bo'lishiga olib keladigan zamonaviy korporativ boshqaruv tizimini yaratishga va ma'lumotlarning shaffof bo'lishiga qaratilgan.
Transformatsiyaning sababi nima? Davlat korxonalarini avval mavjud bo'lgan boshqarish tizimi muammolari nimada aks etgan?
Transformatsiyaga olib kelgan sabablar:
Liberalizatsiya potentsiali bo'lgan sohalarda profilga tegishli bo'lmagan aktivlarning mavjudligi
Mahsulotlar va xizmatlarning past sifati
Mahsulotning yuqori narxi, xalqaro kompaniyalar bilan solishtirganda kam foyda normalari, mavjud faoliyatni va investitsiyalarni moliyalashtirish uchun pul mablag'larining etishmasligi
Kadrlar bilan bog'liq muammolar: raqobatbardosh bo'lmagan oylik maoshlar yuqori toifali xodimlarni ishda ushlab qolishda muammolar tug'dirishi
Moliyaviy-xo'jalik faoliyatini davlat, jamoatchilik va qiziqishi bo'lgan investorlar uchun shaffof emasligi
Korporativ boshqaruvning zamonaviy standartlarga mos emasligi.
Chet elda bu turdagi korxonalar qanday ishlashadi? Davlatning biznes sohasidagi faoliyati qay darajada samarali va daromadli?
Ushbu turdagi dasturlarning amalga oshirilishi bo'yicha ijobiy xalqaro tajriba mavjud.
Masalan, shu turdagi dasturning amalga oshirilishi tufayli, Malayziyaning milliy telekommunikatsion kompaniyasining foydasi 2 barobarga, energetika kompaniyasining foydasi va kelib tushgan mablag'lari 2,5 barobarga oshgan. Dasturga kiritilgan barcha ishtirokchi kompaniyalarning bozor narxi 3 martaga o'sgan.
Chet eldagi rivojlangan davlat korxonalari, yirik shaxsiy kompaniyalar bilan bemalol raqobatlasha olishadi.
Masalan, Singapur havo yo'llari aviatashuvlar bo'yicha dunyodagi eng raqobatbardosh kompaniyalardan biri hisoblanadi. Davlat kompaniyasi hisoblanadigan Frantsuz temir yo'llari esa, temir yo'l tashuvlari bo'yicha Yevropadagi oldi kompaniyalardan biridir.
Petronas va Saudi Aramko kompaniyalari – Malayziya va Saudiya Arabistonining davlat kompaniyalari hisoblanishadi va shubhasiz neft-gaz qazib chiqarish va kimyo sanoati bo'yicha dunyoning mashhur kompaniyalari hisoblanadilar.
Moliya sektorida, davlat banki bo'la turib, 3-5 yil davr oralig'ida davlat moliya institutida eng yirik va ahamiyatli transformatsiyani amalga oshira olgan Rossiyaning «Sberbank» bankini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Hatto maishiy elektronika sektorida ham davlat kompaniyalari omadli faoliyat ko'rsatishi mumkin. Bunga misol Xitoyning «Hier» kompaniyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |