Toshkent davlat yuridik universiteti



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

Xususiy korxona
 
Bugun hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik 
faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har 
tomonlama ustunligini ko‘rsatmoqda.
Shu sababdan xususiy korxonalarda sidqidildan mehnat qilishga 
undaydigan omillar va shaxsiy manfaatdorlik darajasi hamda, eng asosiysi, 
o‘zining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi uchun 
mas’uliyat hissi butunlay boshqacha ekani barchamizga yaxshi ma’lum

Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy shakli 
bo‘lib, 
Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi “Xususiy 
korxona to‘g‘risida”gi 558-II son qonuniga
muvofiq mulkdor yagona 
jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot 
xususiy korxona deb e’tirof etiladi.
Xususiy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va 
qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga ham haqli. Xususiy korxonaning 
to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va xususiy korxona degan so‘zlarni 
o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak. Xususiy korxonaning qisqartirilgan firma 
nomi uning qisqartirilgan nomini va “xususiy korxona” degan so‘zlarni 
yoki “XK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak. 
Xususiy korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli 
mol-mulk beradi va uning ustavini tasdiqlaydi. Agar xususiy korxonaning 
ustavida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, nomuayyan muddatga 
tuziladi.


59 
Xususiy korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa 
yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida 
o‘zgacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar ochishga va filiallar 
tuzishga haqli. 
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, 
korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini 
ifodalaydi, xususiy korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa mol-
mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari 
tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni 
tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan 
buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 
Xususiy korxona mulkdori o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu 
muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs 
zimmasiga yuklash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi. Xususiy korxona 
mulkdori muvaqqat rahbarning xususiy korxona mol-mulkini tasarruf 
etishga oid huquqini cheklab qo‘yishi mumkin. 
Vafot etganligi, muomalaga layoqatsizligi, muomala layoqati 
cheklanganligi yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganligi oqibatida 
mulkdorning xususiy korxona rahbari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lmay 
qolgan taqdirda xususiy korxonani boshqarish fuqarolik qonun hujjatlariga 
va xususiy korxonaning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi. 
Xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
to‘langanidan so‘ng korxona mulkdorining tasarrufiga o‘tadi hamda unga 
soliq solinmaydi. 
Xususiy korxonalar o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish 
maqsadida qonunga muvofiq assotsiatsiya (uyushma)larga va boshqa 
birlashmalarga birlashishlari mumkin. 
Xususiy korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi 
sifatida sotish, hadya qilish, vasiyat qilib qoldirish yoki uni o‘zgacha 
usulda boshqa shaxsga o‘tkazishga haqli.
Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda o‘zining firma 
nomidan, tovar belgilaridan, xizmat ko‘rsatish belgilaridan hamda mazkur 
xususiy korxona va uning mahsulotini, u bajarayotgan ishlarni yoki 
ko‘rsatayotgan xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalardan 
foydalanish huquqlari, agar qonun hujjatlarida yoxud shartnomada 
boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, yangi mulkdorga o‘tadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish