54
–
qishloq xo‘jaligi kooperativ (shirkat xo‘jalik)larining hamda boshqa
qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer
uchastkalaridan beriladi.
Fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi kooperativ (shirkat
xo‘jalik)larining hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasa va
tashkilotlarining yer uchastkalaridan berilgan yer uchastkalari ularning
balansidan chiqariladi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari,
akademik litseylar,
kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining yerlari, shuningdek,
suv fondi yerlari fermer xo‘jaliklariga berilishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi, katta va kichik
daryolar, suv havzalari bo‘ylab joylashgan
yer uchastkalari fermer
xo‘jaligi yuritish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bo‘ylab besh yuz metrli
mintaqada faoliyati hayvonlar (chorva mollar, parrandalar, mo‘ynali va
boshqa hayvonlar, baliqlar,
asalarilar, hayvonot bog‘lari hamda
vivariylarning hayvonlari va boshqa jonivorlar)ni ko‘paytirish, o‘tlatish va
boqish bilan bog‘liq bo‘lgan chorvachilik, parrandachilik hamda boshqa
yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalari berish taqiqlanadi.
Fermer xo‘jaligi o‘z ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish
shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga
muvofiq faoliyati
yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda
belgilaydi. Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining
qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi bilan, shuningdek, qishloq
xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va
realizatsiya qilish bilan
shug‘ullanishga haqli.
Fermer xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish,
shu jumladan, davlat ehtiyojlari uchun realizatsiya qilish maqsadida
yuridik va jismoniy shaxslar bilan xo‘jalik shartnomalari tuzish huquqiga
ega. Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda taraflar qonun hujjatlarida
yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Fermer xo‘jaligi faoliyatini tekshirish (moliya-xo‘jalik faoliyatini
tekshirishlar bundan mustasno), davlat
ehtiyojlari uchun mahsulot
realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki yer
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligiga dalillar bo‘lgan, shuningdek,
yagona yer solig‘i o‘z vaqtida to‘lanmagan hollarda ijaraga olish
shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat
55
belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari boʻyicha
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan, tuzilgan
kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq
xo‘jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini
ta’minlash boʻyicha, shuningdek, moddiy-texnika
resurslari yetkazib
berilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun o‘z vaqtida haq to‘lash
boʻyicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘z mol-
mulki bilan javob beradi.
Fermer xo‘jaligining boshlig‘i fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli
bo‘lmagan taqdirda fermer xo‘jaligining majburiyatlari boʻyicha o‘ziga
qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar
bo‘ladi.
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning
hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar qayta tashkil
etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan
yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda undirilishi lozim bo‘lgan summalar
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: