57
tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari
berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va
inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy
qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod
egalik qilishga ilgari
berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida yer
uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi
kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligiga ajratilgan yerning chegaralari naturada (joyning
o‘zida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy byudjet
mablag‘lari hisobidan rasmiylashtiriladi.
Tomorqa yer uchastkasidan oqilona
va samarali foydalanayotgan
dehqon xo‘jaligiga tuman (shahar) hokimining qarori bilan
qishloq
xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va realizatsiya qilish, ozuqa yetishtirishni
tashkil etish, shuningdek, yaylov yaratish uchun
qisqa muddatli ijaraga
qo‘shimcha ravishda yer uchastkalari berilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga
berilgan tomorqa yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov,
hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasiga
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kredit olish uchun
garovga qo‘yilishi mumkin.
Dehqon xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasi bo‘linishi mumkin emas.
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda yer uchastkasiga
meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi shu xo‘jalik
a’zolarining o‘zaro
kelishuvi asosida, dehqon xo‘jaligi faoliyatini davom
ettirish istagida bo‘lgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros boʻyicha o‘tadi.
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mehnat qobiliyatini to‘la yo‘qotgan taqdirda yer
uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi xo‘jalik
a’zolaridan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda
topshiriladi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda faqat
boshqa teng qiymatli yer
uchastkasi berilgandan keyin dov-daraxtlar, buzilayotgan binolar va
inshootlarning yoxud ularni boshqa joyga ko‘chirish
yoki boshqa binolar
va inshootlar qurish qiymati hamda boshqa barcha xarajatlar (boy berilgan
foydani qo‘shgan holda) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘la
hajmda to‘langan holda Dehqon xo‘jaligi yer uchastkasini olib qo‘yishga
yo‘l qo‘yiladi.
58
Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish
huquqi asosida berilgan tomorqa yer uchastkasidan foydalanganlik uchun
haq yer solig‘i tariqasida undiriladi.
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi
va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Dehqon xo‘jaligi qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi,
shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya
qilish bilan shug‘ullanishga haqli.
Dehqon xo‘jaligi o‘z majburiyatlari boʻyicha qonunlarga muvofiq
undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligi
mol-mulki yetarli
bo‘lmaganda qonun hujjatlariga muvofiq dehqon xo‘jaligining
majburiyatlari boʻyicha o‘zlariga tegishli mol-mulk bilan solidar ravishda
subsidiar javobgar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: