Toshkent davlat yuridik universiteti


  Kichik tadbirkorlik subyektlari va mikrofirmalar



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

 


60 
Kichik tadbirkorlik subyektlari va mikrofirmalar 
2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-son yangi tahrirdagi qonunning
5-moddasida
kichik tadbirkorlik subyektlariga ham to‘liq izoh 
berilgan bo‘lib, unga ko‘ra kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir: 
1)
yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
2)
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining 
o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi 
va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi, band 
bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji, 
chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan 
xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan 
mikrofirmalar; 
3)
quyidagi tarmoqlardagi: 

 
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metalga ishlov berish va 
asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati, qurilish materiallari sanoati, 
shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab 
chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni 
ko‘pi bilan 200 kishi; 

 
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish 
hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish 
sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 
ellik kishi; 

 
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish 
sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy 
ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa 
sohalardagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 
yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar. 


61 
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi. Bunda 
o‘rindoshlik, pudrat shartnomalari va fuqarolik-huquqiy xarakterdagi 
boshqa shartnomalar boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarning, 
shuningdek, unitar (sho‘ba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda 
ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) 
yuridik va jismoniy shaxslar yillik aylanma hajmida ulushi eng ko‘p 
bo‘lgan faoliyat turi mezonlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga 
kiradi. 
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha 
yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda xodimlar sonini oshirib yuborishga 
yo‘l qo‘yilgan davr uchun ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
imtiyozlar, preferensiyalar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. 
Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi: 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish