Toshkent davlat yuridik universiteti


 Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

 
3.1. Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi.
Ta’sis etish va uning usullari 
Tadbirkorlik har qanday jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida tan 
olingan bugungi kunda har bir davlat bu sohani yanada rivojlantirishni o‘z 
taraqqiyot strategiyasining asosiy vazifalaridan biri deb biladi. Ichki 
bozorni tovar, ish va xizmatlar bilan ta’minlash, eksport salohiyatini 
oshirishda yangi tadbirkorlik subyektlarining tashkil etilishi nihoyatda 
muhim. Tadbirkorlik sohasi vakillari o‘z faoliyatlarini tashkil e’tishlari 
bilan tom ma’noda mamlakat biznes doirasining vakili sifatida e’tirof 
etiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 
tashkil etishni yanada soddalashtirish, roʻyxatdan o‘tish tartibotini 
maksimal darajada tadbirkor uchun qulay, tejamkor va interaktiv shaklga 
o‘tkazish zamon talabidir. Mazkur masalalar Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Harakatlar strategiyasi”ning ijrosini ta’minlash va uning 
mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida hamda 2016-yil
28-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish va 
hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–2646-son va 
2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini 
ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–2750-son qarorlarida ham e’tibor qaratilganligi 
ayni muddaodir. 
Avvalambor, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni davlat 
roʻyxatidan o‘tkazish nima uchun kerak degan savol ko‘pchiligimizni 
qiziqtirishi tabiiy, albatta. Bunga esa quyidagicha javob topish mumkin. 
Ya’ni har bir davlat iqtisodiy islohotlar jarayonida uning maqsad va 
vazifalarini belgilaydi, yo‘naltiradi, boshqacha aytganda, bosh islohotchi 
vazifasini bajaradi. Ushbu vazifani amalga oshirishning asosiy qudratli 
vositasi iqtisodiyotni huquqiy tartibga solish hisoblanadi. Davlat tegishli 
qonunlari, qonun hujjatlari orqali tadbirkorlik subyektlarining huquqiy 
maqomini, ular o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni, soliq, bojxona 


72 
siyosatini, imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlarni belgilaydi. Tadbirkorlik 
faoliyatining huquqiy asoslari qay darajada ilmiy asoslangan, adolatli, 
oqilona, bozor iqtisodiyoti qonunlariga muvofiq bo‘lsa, u shunchalik 
samarali huquqiy tartibga soladi. Bu esa iqtisodiyot rivojlanishiga, aholi 
turmush darajasini va bandligini ta’minlashga olib keladi. 
Davlat iqtisodiyot sohasida aniq maqsadli boshqaruvni amalga 
oshirish uchun iqtisodiy, huquqiy maydonni yaratib, bu maydonda davlat 
tuzilmalari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida doimiy, muntazam o‘zaro 
munosabatlarni yo‘lga qo‘ymog‘i lozim. Buning uchun tadbirkorlik 
subyektlari muayyan tashkiliy-huquqiy shakllarga, huquqiy maqomga ega 
bo‘lishi va u tegishli shaklda va tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi talab 
etiladi. Bunday rasmiylashtirish tartibi esa tadbirkorlik subyektlarini davlat 
roʻyxatidan o‘tkazish tizimi orqali ta’minlanadi. Tadbirkorlik subyektlarini 
davlat roʻyxatidan o‘tkazish, qayta tashkil etish, tugatish jarayonlarini 
yuridik jihatdan qayd etish orqali davlat nafaqat tadbirkorlik subyektlari 
to‘g‘risida, balki iqtisodiyotdagi real voqelik boʻyicha aniq axborotlarga 
ega bo‘ladi va ushbu axborotlar orqali mamlakat iqtisodiy rivojlanishga 
samarali, oqilona taʼsir etish imkoniga ega bo‘ladi. Tadbirkorlik 
subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishning mohiyati aynan shunday 
holatlarda namoyon bo‘ladi.
Qonunchilikda belgilab qo‘yilgan umumiy qoidalarga ko‘ra 
tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishning quyidagi shakllari mavjud. 
 
Tadbirkorlik huquqi subyektlarining tashkil qilinishi kimning xohish- 
irodasiga va qanday tartibda amalga oshirilayotganligiga qarab ta’sis-
farmoyish, ta’sis, shartnomaviy-ta’sis usullariga bo‘linadi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish