68
Uyushma (ittifoq) va o‘zga birlashmalarning nomi ularning asosiy
faoliyatini ko‘rsatishi, unga “uyushmasi” yoki “ittifoqi” so‘zlari yoki
birlashma turini ko‘rsatadigan boshqa so‘z kiritilgan bo‘lishi kerak. Qonun
hujjatlarida yuridik shaxslar birlashmalari huquqiy mavqeyining
xususiyatlari belgilanishi mumkin
(Fuqarolik kodeksining 77-moddasi).
Bundan
tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2003-yil
22-dekabrdagi “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi PF
–
3366-son
farmoniga
–ko‘ra tashkiliy-huquqiy
shakllarda tashkil etiladigan xo‘jalik birlashmalari xo‘jalik boshqaruvi
organlari hisoblanadi:
tarkibiga kiruvchi korxonalarning xo‘jalik
birlashmasiga tegishli
bo‘lgan aksiya paketlari orqali ana shu korxonalarning xo‘jalik
boshqaruvini amalga oshiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari, shu
jumladan, davlat-aksiyadorlik kompaniyalari;
muassis-korxonalar tomonidan ular faoliyatiga ko‘maklashish uchun
muassis-korxonalarning aksiya paketlarini boshqarish huquqisiz ayrim
umumiy vazifalarni ularga topshirish yo‘li bilan ixtiyoriylik asosida tashkil
qilinadigan uyushmalar.
Xo‘jalik birlashmalarining asosiy vazifa va funksiyalari quyidagicha
belgilab qo‘yilgan:
–
tarmoq va iqtisodiyot sohalarini barqaror rivojlantirishning istiqbolli
strategiyasini belgilash;
–
marketing
tadqiqotlarini tashkil etish, ichki va tashqi bozorlarda
raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish (ishlar,
xizmatlar)ni o‘zlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishiga
ko‘maklashish;
–
korxonalarni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta
qurollantirish, ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb
qilishda yordam berish;
–
ular tarkibiga kiruvchi korxonalar
va tashkilotlarga axborot
xizmatlari ko‘rsatish;
–
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil
qilish.
Ushbu
farmonga
muvofiq
bir
nechta
davlat
aksiyadorlik
kompaniyalari, konsern va korporatsiyalari tugatildi va ba’zilari esa
uyushmalar sifatida qayta tashkil etildi.
Jumladan, Oʻzbekiston mashinasozlik korxonalari uyushmasi –
“O‘zmashsanoat”, “O‘zbekqog‘ozsanoat”
uyushmasi, Oʻzbekiston davlat
transport qurilishi korxonalari uyushmasi – “O‘zbektransqurilish”,
69
Oʻzbekiston Respublikasi Qizilqum nodir metallar va oltin davlat
konserni – “Qizilqumnodirmetalloltin”, “Maxsusqotishma” respublika
tashkiloti, “Shoyi” aksiyadorlik kompaniyasi va “Pilla xolding”
kompaniyasi tugatildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasi –
“O‘zavtosanoat”
aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zdonmahsulot” davlat-
aksiyadorlik
korporatsiyasi
–
“O‘zdonmahsulot”
aksiyadorlik
kompaniyasi, “Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik uyushmasi – “Dori-
darmon” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston farmatsevtika sanoati
davlat-aksiyadorlik konserni – “O‘zfarmsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston
go‘sht
va
sut
sanoati
davlat-aksiyadorlik
uyushmasi
–
“O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi, “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-
aksiyadorlik kompaniyasi – “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” uyushmasi,
“O‘zqurilishmateriallari”
aksiyadorlik
kompaniyasi
–
“O‘zqurilishmateriallari” uyushmasi etib qayta tashkil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: