66
vasiyatnomani ijro etuvchi fondning majburiyatlari boʻyicha
javob
bermaydi, fond esa muassislar (muassis)ning yoki vasiyatnomani ijro
etuvchining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Jamoat fondi
– jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy
badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya,
ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy yoki
boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a’zoligi bo‘lmagan nodavlat
notijorat tashkiloti.
Jamoat
fondining
mol-
mulkidan
fond
ustavida
belgilangan maqsad va vazifalarni
amalga oshirish hamda ma’muriy
xarajatlarni
qoplash
uchun
foydalaniladi.
Jamoat fondi har yili o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot e’lon qilib
borishi shart.
Xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti
–
o‘z ustaviga va O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida
hamda bitta yoki undan ko‘proq chet el davlati hududida faoliyat olib borishi mumkin
bo‘lgan xalqaro tashkilot.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Oʻzbekiston
Respublikasi
fuqarolari
bilan
teng
ravishda
nodavlat
notijorat
tashkilotining muassis, qatnashchi (a’zo)lari bo‘lishi mumkin, Oʻzbekiston
Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar
bundan mustasno.
Nodavlat notijorat tashkiloti bayroq, emblema,
vimpel va boshqa
ramziy belgilarga ega bo‘lishi mumkin. Nodavlat notijorat tashkilotining
ramziy belgilari davlat ramziy belgilariga o‘xshamasligi kerak.
Nodavlat notijorat tashkilotining ramziy belgilari ustavga muvofiq
uning rahbar organi tomonidan tasdiqlanadi hamda davlat roʻyxatidan
o‘tkazilishi kerak.
Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
–
kirish va a’zolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan bo‘lsa;
–
muassislardan, qatnashchilardan (a’zolardan)
bir marotaba va
muntazam ravishda keladigan tushumlar;
Muassasa
– ijtimoiy, madaniy va
boshqa notijorat tusdagi vazifalarni amalga
oshirish uchun jismoniy va (yoki)
yuridik
shaxslar tomonidan tuzilgan nodavlat
notijorat tashkiloti.
67
–
ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar;
–
tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat
ustav maqsadlari uchun
ishlatiladigan daromadlar (foyda);
–
qonunlarda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Qonun bilan taqiqlanmagan hamda o‘z ta’sis hujjatlarida nazarda
tutilgan maqsadlarga muvofiq bo‘lgan faoliyatning har qanday turini
amalga oshirishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq o‘z
ustav
maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotini tugatish uning yuqori organi qaroriga
binoan yoki sud tartibida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: