2 soat Reja: Sanoat sohasini boshqarish va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Mahalliy sanoat



Download 19,52 Kb.
bet1/2
Sana10.05.2023
Hajmi19,52 Kb.
#936902
  1   2
Bog'liq
12 Sanoatni boshqarish


Sanoatni boshqarish.
 
2 soat
Reja:
1. Sanoat sohasini boshqarish va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Mahalliy sanoat.
3.Sanoat sohasida davlat nazorati.
4. Neft va gaz sohasida davlat nazorati.
5. Elektr energetikada davlat nazorati
Sanoat sohasini boshqarish va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Sanoat har qaysi mamlakat iqtisodiyotining asosi, yuragi hisoblanadi. Ko‘pincha sanoatning qay darajada rivojlanganligiga qarab, davlatning iqtisodiy qudratiga baho beriladi. Respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni barcha sohalarda bo‘lgani kabi sanoat sohasida ham tub burilishlarni yasadi. Prezidentimiz I.A. Karimov aytganidek, «Nafaqat iqtisodda, umuman respublikada o‘tkazilayotgan barcha islohotlar- bu, avvalambor, institutsion islohotlar, ya’ni, eski, mustabid iqtisodning qotib qolgan, g‘oyat markazlashtirilgan tizimini yangi, erkin boshqaruvga ko‘chirish, rag‘batlantirish va jonlantiruvchi tizimga aylantirish poydevori hisoblanadi».
Sanoat sohasini boshqarish o‘z ichiga metallurgiya sanoati, mashinasozlik sanoati, avtomobilsozlik sanoati, rangli metallarni qazib chiqarish sanoati, yengil sanoat va boshqa sanoat sohalaridagi korxonalarni boshqarishni qamrab oladi. Bular sanoatning ustuvor sohalari hisoblanib, ularni boshqarish uchun tegishli davlat boshqaruv organlari tashkil etilgandir. Masalan, kimyo va yengil sanoat sohalarini boshqarishni olaylik. 2001 yil 13 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi № 124-Qarori bilan kimyo sanoati korxonalari va tashkilotlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda ular faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish, tarmoq korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, kimyo ishlab chiqarishini rivojlantirish, texnika bilan qayta jixozlash va zamonaviylashtirish uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida avvalgi O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari uyushmasi («O‘zkimyosanoat» uyushmasi) o‘rnida ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «O‘zkimyosanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi («O‘zkimyosanoat» DAK) tashkil etildi.
Ushbu kompaniya o‘z faoliyati davomida:
kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga yo‘naltirilgan yagona texnika siyosati o‘tkazish, resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni va butlovchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligining mineral o‘g‘itlarga, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalariga, shuningdek iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining raqobatbardoshli kimyoviy mahsulotlarga bo‘lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlarining marketing tadqiqotlarini olib borish hamda ularga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;
tarmoqni rivojlantirishning kimyo sanoatini barqaror rivojlantirishga, raqobatbardoshli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga, eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini ishlab chiqarish va taqsimlashning har yilgi balanslari ishlab chiqilishida qatnashish;
mineral o‘g‘itlar va defoliantlarni sotish bo‘yicha har yilgi yarmarka savdolari o‘tkazilishini tashkil etish;
xorijiy va Vatanimiz investorlarini jalb etgan holda kimyo sanoati korxonalarini chuqur isloh qilish va xususiylashtirish;
menejmentning zamonaviy usullarini egallagan va bozor sharoitlarida samarali ishlashga qodir bo‘lgan muhandis-texnik kadrlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kabi vazifalarni amalga oshiradi.
"O‘zkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi 4 kishidan, shu jumladan rais va uning 3 nafar o‘rinbosaridan iboratdir. Rais va uning o‘rinbosarlari yuqori boshqaruv organi tomonidan saylanadi, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra rais vazirga, birinchi o‘rinbosar - vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari esa - vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
O‘zbekiston YEngil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat- aksiyadorlik kompaniyasi (O’zbekyengilsanoat) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 1 iyuldagi «Respublika yengil sanoatini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida» gi № 3102-Farmoni bilan sobiq O‘zbekiston YEngil sanoat mollari ishlab chiqarish uyushmasi o‘rnida tashkil etildi. Respublika yengil sanoati to‘qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati tarmoqlaridan iborat bo‘lib, kompaniya ushbu tarmoqda yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. O‘zbekiston YEngil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat- aksiyadorlik kompaniyasi (O’zbekyengilsanoat) tarkibiga bir qator korxonalar, qo‘shma korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, shu jumladan mulkchilikning turli shakllaridagi paxta tolasini qayta ishlash, trikotaj, tikuvchilik va chinni buyumlari ishlab chiqarish, shuningdek kompaniya ustaviga zid bulmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar kirishi mumkin. Kompaniya ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini amalga oshiradi, to‘qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati mollariga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishini o‘rganadi; respublika iste’mol bozorining aholi o‘rtasida xaridorgir bo‘lgan vatanimiz yengil sanoatining yuqori sifatli mollari bilan to‘ldirilishini ta’minlaydi; tarmoqning eksport salohiyatini mustahkamlash, kompaniya korxonalari tomonidan raqobatdardosh mollar ishlab chiqarilishini butun choralar bilan ko‘paytirish hamda ularning jahon bozorlariga kirib borishini tashkil qiladi; paxta tolasidan, boshqa mahalliy xom-ashyo va materiallar manbalaridan foydalanishni chuqurlashtirib, uning kompleksliligini oshiradi, hozirgi vaqtda import bo‘yicha olib kelinayotgan butlovchi buyumlar va yordamchi ashyolar ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi; tarmoqda yagona texnika va investitsiya siyosatini o‘tkazadi, to‘qimachilik, trikotaj va tikuvchilik sanoati korxonalarining kooperatsiyalashuviga, ishlab chiqarishni respublikaning aholi zich yashaydigan tumanlarida mahalliylashtirishga ko‘maklashadi; zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi buyumlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, tarmoq korxonalarini yangilash va texnika bilan qayta qurollantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni keng jalb etadi; bozor islohotlarini o‘tkazishda, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda kompaniya korxonalariga yordam ko‘rsatadi. «O‘zbekengilsanoat» davlat-aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi to‘qqiz kishidan, shu jumladan rais, va uning uch nafar o‘rinbosaridan iborat bo‘ladi, o‘rinbosarlaridan biri birinchi o‘rinbosar hisoblanadi. Kompaniya boshqaruvi raisi maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari buyicha vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari esa vazirning o‘rinbosarlariga tenglashtirilgan. Kompaniya o‘z faoliyatini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirib, boshqaruvchi organlari kompaniya Kengashi va kompaniya rayosati hisoblanadi. Kompaniya kengashi tarkibiga bir qancha kompaniya tarkibidagi konsern, korxona, tashkilotlar rahbarlari kiradi. Kengashning yig‘ilishlari Kengash raisining tashabbusi bilan, lekin yiliga ikki martadan kam bo‘lmagan muddatda chaqiriladi. Navbatdan tashkari kengash yig‘ilishlari kompaniyaning uchdan bir kismidan kam bo‘lmagan a’zolari tomonidan chaqirilishi mumkin. Kengashning qarorlari kengash yig‘ilishida a’zolarning ochiq ovoz berish yo‘li qabul qilinib, har bir a’zo bir ovozga egadir. Agar berilgan ovozlar teng bo‘lib qolsa, kengash raisining ovozi hal qiluvchi bo‘lib hisoblanadi. Kompaniya raisi va uning o‘rinbosarlari kompaniya kengashi tomonidan besh yil muddatga saylanadi va tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kompaniyada kompaniya funksiyalarini amalga oshirish va kompaniya Kengashi hamda kompaniya Rayosati faoliyatini ta’minlash maqsadida ishchi apparat tashkil qilinadi.
Neft va gaz sanoati - 1998 yil 11 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2154-sonli farmoni bilan neft va gaz qazib chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, yangi neft va gaz konlari o‘zlashtirilishini jadallashtirish, neft va gazni qayta ishlash hamda tashish samaradorligini oshirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirish, respublikaning neft va gaz sanoatida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda neft-gaz tarmog‘ini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish maqsadida "O‘zbekneftgaz" Milliy korporatsiyasi "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi hamda ushbu farmon bilan quyidagilar "O‘zbekneftgaz" xolding kompaniyasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilandi:joriy va uzoq muddatli taxminlarni, gaz, neft va neftni qayta ishlash sanoatini rivojlantirishning, tabiiy resurslardan va mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanishning aniq maqsadli ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarini ishlab chiqish;respublika iqtisodiyoti hamda aholisining neft mahsulotlari va gazga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini to‘la-to‘kis ta’minlash;neft va gaz sohasidagi geologiya-qidiruv ishlarining strategik hamda ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va muvofiqlashtirish, neft va gaz konlarini qazishning samarali tizim va usullarini joriy etish;xorijiy mamlakatlar va kompaniyalar bilan iqtisodiy, texnikaviy, texnologik va investitsiya sohasidagi hamkorlikni har tomonlama kengaytirish;neft, gaz va neft mahsulotlari respublika hamda jahon bozori kon’yunkturasini o‘rganish negizida sarmoyalarni jalb etish;gaz ta’minoti va neft mahsulotlari bilan ta’minlash tizimining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish; tarmoq korxonalarida yangi texnologiyalarni va ilg‘or menejment usullarini joriy qilish.
Energetika- 2004 yil 21 iyunda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshiradi:
respublika iqtisodiyoti va aholisini elektr energiyasi va ko‘mir bilan barqaror ta’minlash, respublika energiya tizimi ish rejimlarini tartibga solish va muvofiqlashtirish;
elektr energetikasini va ko‘mir sanoatini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlarini hamda maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, elektr energiyasi hamda ko‘mir ishlab chiqarish va iste’mol qilish balanslarini shakllantirishda qatnashish;
zamonaviy asbob-uskunalar va ilg‘or texnologiyalar negizida, shu jumladan xorijiy investitsiyalar hisobiga ishlab chiqaruvchi quvvatlarni va elektr tarmoqlarini, ko‘mir sanoati korxonalarini rekonstruksiya qilish, zamonaviylashtirish, texnika bilan qayta jihozlash va yanada rivojlantirishni amalga oshirish;
ko‘mir tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini muvofiqlashtirish, ko‘mir konlarini ochish va qazib olishning samarali tizimlari va metodlarini joriy etish, uni ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda undan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda ustun darajada foydalanish, energiyaning tiklanayotgan, shu jumladan noan’anaviy manbalarini rivojlantirish va joriy etish;
respublika korxonalari va tashkilotlari bilan birgalikda elektr energiyasi va ko‘mirni tejash, ulardan oqilona foydalanish hamda ularning isrof bo‘lishini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;marketing tadqiqotlarini tashkil etish, tarmoq korxonalariga ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning raqobatga bardoshli yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda, ularning jahon bozorlariga chiqishida ko‘maklashish;
kompaniyaning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari ko‘rsatish;
elektr energetikasi va ko‘mir sanoati kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish.

Download 19,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish