Ishlab chiqarishda elektr xavfs



Download 42,95 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi42,95 Kb.
#333672
  1   2
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIGI


ISHLAB CHIQARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIGI

Reja:

1. Elektr tokining odam va hayvonlarga tasiri

2. Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va uning oldini olish

3. Binolarning elektr toki xavfsizligi bo’yicha tasnifi

4. Elektr toki ta’siridan himoyalash tadbirlari

5. Elektr tok tasiridan himoyalanish vositalari.
1. Elektr tokining odam va hayvonlarga ta’siri

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish omillaridan biri uni elektrlashtirishdir.

Ammo ishlab chiqarish jarayonlarni elektrlashtirish hissasi oshgan sari, undan jarohatlanish
oqibatlari ham oshib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra qishloq xo’jaligida sodir bo’layotgan jami baxtsiz hodisalardan elektr toki bilan jarohatlanishlar 0,5-1,0% ni tashkil etib elektr tokidan jarohatlanish natijasida o’lim bilan tugagani 20-40% ni tashkil etadi.

Elektr tokidan jarohatlanshlarni kelib chiqishi quyidagi hollarda bo’lishi mumkin:

sim yoki tok o’tkazuvchi ochiq qismlariga tegib ketishdan;

himoyalanganligi buzilgan bo’lsa;

yoy orqali elektr tokini tasir qilishi;

uskunalarning metall qismlariga elektr tarmoqlarni tegib ketishidan;

tasodifan kuchlanish ostiga tushib qolish;



elektr uzatuvchi qismlarga katta o’lchamli mashinalarning (avtokranlar, don o’rish va paxta terish kombaynlari) ruxsat etilmagan darajada yaqinlashuvi natijasida. ГОСТ 12.1.009-76 da belgilangan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar tizimi va vositalar, odamlarni elektr maydon va statik (turg’un) elektr tok zarari va xavfli ta’siridan himoyalanishini ta’minlaydi.

Elektr tokining insonga tasiri natijasida, u organizmga kimyoviy, issiqlik va biologik tasir
ko’rsatib, qon tarkibidagi moddalar va boshqa organik suyuqliklarni parchalanishiga, terining ayrim qismlarini kuyishiga va organizmda og’riq vujudga kelib, hujayralar qo’zg’alib terini qichishi, tomir tortilishi va mushaklarni qisqarishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari u butun organizmni
jarohatlab, asab tizimini, yurak va nafas olish organlarini to’liq yoki qisman falajlashi mumkin. Elektr tokidan jarohatlanish darajasi tokning kuchi, insonning qarshiligi, kuchlanish qiymati, tok chastotasi va turi, tok yo’li, tasir qilish muddati, shuningdek odam organizmining alohida xususiyatlariga bog’liq.

Xavf yuz berishi mumkin bo’lgan tok qiymatlarini quyidagi jadval asosida baholash mumkin.

Elektr tokidan jarohatlanishda odam tanasining qarshiligi katga ahamiyatga ega. Odam tanasining elektr tokiga qarshiligi keng 100 000 dan 1000 Om oraliq’ida ozgaradi va teri qoplamining
holatiga, bog’lanishning maydoni va zichligiga, shuningdek o’tayotgan tokning kuchi va
chastotasiga va ta’sir qilish muddatiga bog’liqdir. Charchaganda, kasallanganda, terlaganda, elektr qurilmalari ostida ishlayotganda diqqat-e’tibor boshqa narsaga chalg’iganda organizmning elektr toki ta’siriga qarshiligi keskin pasayadi. Yuragi kasal, terisida qichima kasalligi bor, oshqozoni yara, epilepsiya bilan og’rigan, jigar hamda buyragi kasal va boshqa kasalliklari bor kishilar elektr qurilmalarida ishlashga qo’yilmaydi. Shuning uchun elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatish uchun maxsus o’qishdan va tibbiy ko’rikdan o’tganlargagina ruxsat etiladi.

Hayvonlarning organizmiga ham elektr toki, odamlardagi kabi ta’sir qiladi, ya’ni hayvonlar
qanchalik og’ir bo’lsa, elektr tokiga qarshiligi shuncha ko’payadi. Tok qiymati 100 mA bo’lganda, yurak faoliyatida yoki nafas olishning ishida hech qanday o’zgarish bo’lmaydi. Ammo hayvon
tanasining qarshiligi, odam tanasining qarshiligidan ancha kam. Yirik shoxli mollarning oldingi va

orqa oyoqyaari orasidagi tana qarshiligi 400-600 Om, hayvon yiqilganda esa 50-100 Om gacha kamayadi.
INSON UCHUN TOK TA’SIRINING POG’ONALARI

Tok kuchi,

Tok ta’siri oqibatlari

O’zgaruvchan tok O’zgarmas tok

1. 0,5 gacha Sezilmaydi Sezilmaydi

2. 0,6-1,5 Qo’lda yengil silkinish Sezilmaydi

3. 2-3 Qo’llarni qattiq silkinishi Sezilmaydi

4. 5-7 Qo’llarni qaltirashi Qo’llarni qizib borishi

5. 8-10 Qiyin, ammo qo’llarni ajratib olish mumkin. Qo’llarni qizib borishini kuchayishi

6. 20-25 Qo’llar birdaniga paralich bo’lib, ajaratib bo’lmaydi, nafas olish qiyinlashadi Qo’llarni qizishini oshishi va mushaklarni qisqa qisqarishi

7. 50-80 Nafas olish paralichlanib, yurak fibriliyatsiyasi sodir bo’ladi. Qo’llarni qizishi,

mushaklarni, to’la qisqarishi, nafas olish qiyinlashishi

8. 90-100 Nafas olish paralichlanib va tasir vaqti 3s dan oshsa yurak paralichi yuz beradi. Nafas a’zolarini paralichlanishi


Download 42,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish