Ishlab chiqarishda elektr xavfs



Download 42,95 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi42,95 Kb.
#333672
1   2
Bog'liq
ISHLAB CHIQARISHDA ELEKTR XAVFSIZLIGI

9. 300 va undan yuqori 0,1s dan ko’p bo’lgan ta’sir etish vaqtida nafas va yurakni paralich bo’lishi.Tana to’qimalarini buzilishi. O’lim holati

2. Elektr tokidan jarohatlanish sabablari va uning oldini olish

Qishloq xo’jaligida, odatda, o’zgaruvchan elektr tokidan foydalaniladi. Ko’pgina qurilma va uskunalar 380V kuchlanish bilan ishlaydi, yoritish uchun esa 220 va 127 V kuchlanishlardan va qo’l asbolarda 36V, 42V kuchlanishlar rostlagichlar orqali ta’minlab beriladi. Elektr xavfsizligi shartlariga ko’ra, elektr qurilmalar 1000 V gacha va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga bo’linadi.

Elektr toki urishiga kishining elektr zanjiriga ulanib qolishi (tegib ketishi) sabab bo’ladi.

Elektr tokiga ulanib qolishning ikki xil shakli bor

1. ikkita sim orasida ulanib qolish (holat l);

2. sim bilan yer orasida ulanib qolish (holat l l);

Ikkala holda ham jarohatlanish darajasi kuchlanish kattaligiga, pol va poyabzal
himoyalanishining holatiga, ishlab chiqarish xonasidagi muhit sharoitiga, simlarga tekkan paytda kishining holatiga bogliq. Tana, qo’llar orqali tok o’tishi eng xavfli hisoblanadi, chunki tok
o’tadigan yo’lda yurak, o’pka, miya joylashgan.

Elektr o’tkazgichlarni uzilishi natijasida va bu o’tkazgichlarni yerga ulangan elektr

qurilmalari korpusiga tushishi yoki yerga to’g’ridan–to’g’ri uzilib yotishi natijasida, inson kuchlanish ostidagi tok oqimi tasiriga tushib qolish holatini (7.2 -rasm. I va II - hududlar)
qadamiy kuchlanish deyiladi. Yerning elektr uzatgich bilan kontakt hududidagi potenttsial
maksimal qiymatga, ya’ni o’tkazgich potentsialiga teng bo’lib 20m dan keyin nolga teng boladi. Qadamiy kuchlanish hududida qadamlar kattalashishi bilan qadamiy kuchlanish miqdori osib
boradi, shuning uchun qadamiy kuchlanish hududlaridan faqatgina kichik qadamlar yoki ikki
oyoqda sakrash ususli bilan chiqib ketish mumkin.

Odamning elektr tokidan jarohatlanishining boshqa hollariga quyidagilar sabab bo’ladi:

1. Elektr qurilmalarini o’rnatish va ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalarining
buzilishi;

2. Elektr jihozlarining kuchlanish ostida qolgan tok o’tkazmaydigan metall qismlarga tegib
ketishi;

3. Jarohatlanishning xavfsiz mehnat usullarini bilmaslik.

3. Binolarning elektr toki xavfsizligi bo’yicha tasnifi

Elektr tokidan jarohatlanish ishlab chiqarish binolari va ish joylarining muhitiga bog’liq

bo’lib, namligining yuqori bo’lishi tana qarshiligini kamaytiradi. Ishlab chiqarish muhitiga qarab

elektr xavfsizligi xavfi kam bolgan, xavfi yuqori bo’lgan va o’ta xavfli xonalarga bo’linadi.

Xavfi yuqori xonalarda pollar tok o’tkazuvchan (metall, tuproqli, betonli), xonalarning

namligi (havoning nisbiy namligi 75% dan yuqori) yoki tok o’tkazuvchan changlarning mavjudligi,

havo haroratining +30°S dan yuqoriligi, yer bilan ulangan bino va uskunalarning
metallkonstruktsiyalari hamda elektr jihozlarining metall korpuslariga ishchining bir vaqtda tegib

qolish ehtimoli borligi bilan xarakterlanadi.

Elektr xavfi o’ta yuqori xonalar deb bu havoning nisbiy namligi 100% ga yaqin, muhitning
kimyoviy aktivligining (kislota bug’lari, ishqorlar) yuqori bo’lishi, shuningdek, ikki shartlarni bir

vaqtda mavjudligi bilan tavsiflanadi. Shu kategoriyaga ochiq maydonlarda, xonadan tashqarida ishlatilayotgan elektr qurilmalarni kiritish mumkin. Qishloq xo’jaligidagi ko’pchilik xonalar yuqori

xavfli xonalarga kiradi (poli yer xonalar) yoki o’ta xavfli (molxonalar, cho’chqaxonalar,
issiqxonalar va boshqalar).

4. Elektr toki ta’siridan himoyalash tadbirlari

Ishlovchilarni elektr xavfsizligini ta’minlash maqsadida elektr qurilmalarining tok

yurmaydigan qismlarini yerga ulab qo’yish himoyalovchi yerga ulash deyiladi. Elektr tarmoq
simlarining mashina qismlariga tasodifan tegib ketganda yoki uzilib uning ustiga tushganda,
himoyalovchi (izolyatsiya) qismi ishdan chiqib cho’lg’am simlari yalang’ochlanib korpusga tegib

qolganda, shuningdek, mashinaning tok yurmaydigan qismlari kuchlanish ostida qolganda kishilarni

elektr toki ta’siridan himoyalash uchun himoyalovchi yerga ulash usulidan foydalanidilar.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan tarmoqlarda yerga ulagichning qarshiligi 4 Om dan oshmasligi lozim. Yerga ulash simlari yerga ulagichlarga va yerga ulanadigan konstruktsiyalarga payvandlab, mashinalar, apparatlar korpusiga esa payvandlab yoki boltlar yordamida mustahkam qilib ulanadi

Elektr qurilmalar bilan xavfsiz ishlashni ta’minlashda texnik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish katta rol o’ynaydi. Elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatishning xavfsiz bo’lishini
ta’minlaydigan tadbirlar quyidagilar:

himoya to’siqlari ornatish va tok o’tkazuvchi qismlarigacha belgilangan tegishli masofaga


rioya qilish;

elektr jihozlarining korpusini himoyalovchi materiallardan tayyorlash;

himoya asboblaridan foydalanish;

xato operatsiyalarning oldini olish maqsadida, ishga tushirish apparatlariga blokirovkalash


himoya vositalaridan foydalanish;

kommutatsion apparatlar xato yoki o’z-ozidan ulanib qolganda, ularni tarmoqdan uzib



qo’yish yoki ularga kuchlanish berilishiga to’sqinlik qiladigan choralar ko’rish;

tarmoqlarda odamlar ishlayotganda «Ulanmasin - odamlar ishlayapti», «Ulanmasin -


tarmoqda ishlanyapti»; «Ochilmasin - odamlar ishlayapti» belgilarini osib qo’yish va

to’siqlar o’rnatish;

ko’chma yerga ulagichlarni ulash;

yerga ulanishi zarur bo’lgan tok o’tkazuvchi qismda, kuchlanish yo’qligini tekshirish;

yerga ulagichlar o’rnatish yoki ko’chma yerga ulagichlar o’rnatish;



ish o’rnini himoyalash va u yerga «To’xta, yuqori kuchlanish!», «Kirma, o’ldiradi!», «Shu
yerda ishlang!», «Shu yerdan kiring!» ogohlantiruvchi belgilarni osib qo’yish.

Nol simga ulash. Tok o’tkazmaydigan qismlarda kuchlanish paydo bo’lganda undan
jarohatlanishni oldini olish uchun bu qismlarga tarmoqning nol simi ulab qo’yiladi, faza simlaridan

biri korpusga tegib qolganda, shu faza bilan nol simi qisqa tutashadi va u orqali katga tok oqadi. Bu

tok eruvchan himoyalagich yoki boshqa himoya vositasiga avtomatik ta’sir etib, uni ishga tushiradi,

ya’ni shikastlangan fazani avtomatik tarzda uzadi. Bu usul odatda nol simi yerga ulangan
kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan uch fazali to’rt simli tarmoqlarda qo’llaniladi (7.4-rasm).
7.3-rasm. Uskuna va elektr qurilmalarni 7.4-rasm. Nol simga ulash sxemasi

himoyalovchi yerga ulash sxemasi 1- tok iste’molchisi; 2-himoya qurilmasi.

1-yerga ulagichlar; 2- tutgich;

Rasm 7.5. Chorva komplekslarida potentsiallarni tenglashtirish usuli

Bitta tarmoqdan ta’minlanuvchi elektr qurilmalar korpuslarini yerga va nol simga ulash

mutlaqo mumkin emas. Chunki bunda yerga ulangan qurilma fazalaridan birining himoyasi
shikastlanib korpusga tegib qolganda uning yerdagi simi orqali katta tok o’tib, yer bilan korpus orasida kuchlanish paydo bo’lib qoladi. Bu tok miqdor jihatdan nolga ulash rejimidagidan kam bo’lganligi uchun himoya vositasini ishga tushira olmaydi. Ammo bitta elektr uskunasi bir vaqtda

nol simga va yerga ulash xavfsizligi nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki bunda

yerga ulab qo’yilgan himoya nol simi yerga qayta ulanib qoladi.

Elektr qurilmalarni kutilmagan va elektr halokat holatida avtomatik tarzda o’chirishni

ta’minlash uchun himoyalovchi avtomatik ajratgichlardan keng foydalanadilar. Uzgichlarning
ishonchli ishlashi yerga ulash simlari kesimining to’g’ri tanlanishiga bog’liq. Yerga ulash simining kesimi to’g’ri tanlanganda korpus yoki nol simga tutashganda eng yaqin saqlagich eruvchan quymasining nominal tokidan 3 marta va avtomatik uzgich tokidan 3 marta katta tok paydo bo’ladi.

Qishloq xo’jaligida elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish uchun quyidagi profilaktik
tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

ishlab turgan butun elektr jihozlarini iste’molchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda



rioya qilinadigan texnik ishlatish qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalari talablariga javob beradigan holatga keltirish;

mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, elektr qurilmalar bilan ishlash xavfsizligini oshiradigan


qo’shimcha tadbirlar ko’rish;

elektr asboblarni, tezda almashlab ulashlarni, ta’mirlash ishlarini pasaytirilgan kuchlanishga o’tkazish;

ishlatiladigan shaxsiy himoyalanish vositalarini takomillashtirish;

texnika xavfsizligi bo’yicha ishchilar malakasini oshirish va har yili texnik sinovlarni


o’tkazishda;

ishlab chiqarish sexlarida barcha nuqtalarida yer potentsiallarini bir xilligini ta’minlash.


Kichik kuchlanishdan foydalanish. Elektr parma, elektr randa, elektr arra kabi asboblarni
ishlatish jarayonida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida past 36 yoki 42 V kuchlanishlardan
foydalanish tavsiya etiladi.

Past kuchlanish (42, 36 va 12 V) manbai sifatida 380-127 V li tarmoqqa ulanuvchi maxsus
pasaytyaruvchi transformatorlardan foydalaniladi. Transformator korpusida kuchlanish paydo bo’lib qolishi oqibatida odamlarning tok urish xavfidan himoyalash maqsadida transformator korpusi, neytral simi yoki ikkilamchi cho’lg’amning o’rta nuqtasi yerga ulab qo’yiladi.

Qo’l elektr mashinalarini ГОСТ 12.2.013-87 talablariga muvofiq har olti oyda bir marta
megometr yordamida 500 V kuchlanishga tekshirib turish shart. Texnik ishlatish qoidalariga va texnika xavfsizlik qoidalariga asosan barcha elektrlashtirilgan qo’l asboblari, shu jumladan
qo’shaloq himoyalanganlar ham megometr yordamida har oyda tekshirib turilish kerak. Bunday asboblarni ishchining qo’liga har safar berganda undagi himoyalagichda shikastlar bor- yo’qligini va uni korpusga urish-urmasligini maxsus stend yoki asboblar (pribor) orqali tekshirish kerak.

Statik zaryadlar va undan himoyalanish choralari. Ma’lumki, ikki dielektrik moddalarni

o’zaro ishqalanishi natijasida hosil bo’lgan zaryadlarga statik zaryad deyiladi. Bunday zaryadlar harakat uzatiladigan tasmalarda tasmani shkivga ishqalanish va sirpanish natijasida, metall
quvurlari orqali o’tadigan suyuqpiklarning devoriga ishqalanish natijasida, va dielektrik
suyuqliklarni havo bo’ylab tez harakati natijasida hosil bo’ladi.

Statik zaryadlar odam va yong’in xavfsizligi uchun xavflidir. Elektorstatik zaryadlardan
himoyalanishning asosiy chora-tadbirlari suyuqliklarni ko’zg’atishda (bir joydan ikkinchi joyga etkazishda) ishlatiladigan uskunalarni, quvur yo’llarini yoki metall sig’mlarini yerga ulash yo’li bilan zaryadlarni yerga o’tkazib yuboriladi.

Statik zaryadlarni kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish shart:

dielektrik suyuqliklarni oqizganda, shlangni sigimning tubigacha tushirish lozim;

dielektrik suyuqliklarni tashish paytida sig’im yerga osilib sudraladigan zanjir bilan
jihozlangan bo’lishi shart;

qayishli uzatmalarda elektr zaryadlarini hosil bo’lishini kamaytirish



maqsadida qayishlarni moylab turish tavsiya qilinadi;

vaqt-vaqti bilan xonalarni umumiy nisbiy namligini 70% chiqarib namlab turish zarur;



uskunalarda statik zaryadlarni paydo bo’lishini va ularni hosil bo’lish sabablarini yo’qotish
tadbirlarini har doim nazorat qilib turish kerak.

Simyog’ochli elektr uzatma tarmoqlaridagi xavfsizlik. Kuchlanish ta’sirida turgan havo

tarmoqlariga xizmat ko’rsatish uchun, yoshi 18 dan kam bo’lmagan, maxsus ruxsatnomaga ega bo’lgan va tibbiy xulosaga ko’ra sog’lom yuqori malakali kishi ruxsat beriladi. Bunda hamma vaqt tarmoq kuchlanish ta’sirida turibdi deb hisoblab, machtali podstantsiyalar hamda ajratuvchi
punktlarning tayanchlariga yoki konstruktsiyalaryaga chiqish mumkin emas.

Sim uzilganida kuchlanish ta’siriga tushib qolmaslik uchun trassaning chetidan yurish kerak. Uzilgan yoki juda solqilanib qolgan simni korgan har qanday shaxs bu simga odamlarni
yaqinlashtirmaslik choralarini ko’rishi kerak. Agar sim yerga tegib qolgan bo’lsa, u holda tarmoq kuchlanishi 1-10 kV li bu simga 5 m masofagacha va 35 va 110 kV kuchlanish bo’lganda 8 m
masofagacha yaqinlashish mumkin emas. Bu narsani mahalliy aholiga tushuntirish va ulardan birini soqchi qilib qo’yib, uzilgan joy haqida elektr tarmoqlari eng yaqin bo’lgan hududiga xabar berish kerak. Agar sim aholi yashamaydigan joyda uzilgan bo’lsa, yaqinroqdagi tayanchlardan xavf haqida ogohlantiruvchi 2-3 ta ko’rgazmali vositani tayoqlarga mahkamlab, uzilgan joy atrofiga ilib qo’yish kerak.

5. Elektr toki ta’siridan himoyalanish vositalari.

Elektrdan himoyalovchi vositalar to’suvchi va himoyalovchi turlarga bo’linadi.

Himoyalovchi vositalar insonni tok o’tkazuvchi qismlardan va yerdan izolyatsiyalash uchun xizmat qiladi. Asosiy himoyalovchi vositalarning izolyatsiyasi elektr qurilmalarning to’liq ishchi
kuchlanishini ko’taradi va ular bilan kuchlanishda bo’lgan tok o’tkazuvchi qismlarga tegish ruxsat etiladi. Yordamchi vositalar o’ziga xizmat ko’rsatuvchi xodimga xavfsizlikni ta’minlab berolmaydi, shuning uchun ularni asosiy vositalar bilan birga qo’llash lozim.

Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lgan elektr qurilmalarning asosiy izolyatsiyalovchi
vositalariga izolyatsiyalovchi shtangalar, izolyatsiyalovchi va elektr o’lchov qisqich, kuchlanish ko’rsatkichlari, izolyatsiyalovchi olinadigan balandliklar, narvonlar, maydonchalar kiradi (7.5- rasm). 1000 V gacha kuchlanishga ega bo’lgan elektr qurilmalarida esa yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari - dielektrik qo’lqoplar va yonlari izolyatsiyalangan asboblar bo’ladi.

Kuchlanishi 1000 V dan ortiq bolgan elektr qurilmalardagi qo’shimcha izolyatsiyalovchi
vositalarga dielektrik qo’lqop, boti, gilamchalar, izolyatsiyalovchi tagliklar kiradi. 1000 V gacha bo’lgan elektr qurilmalarda esa undan boshqa-dielektrik kalishlar, gilamchalar, izolyatsiyalovchi tagliklar mavjud.

To’suvchi himoyalovchi vositalar (qo’lqop, tosuvchi kataklar, izolyatsiyalovchi qatlamlar,
vaqtinchali ko’chma yerga ulanishlar, qisqartiruvchi simlar) tok uzatuvchi qismlarni vaqtincha
to’sishga mo’ljallangan.

Yordamchi himoyalovchi vositalar - (saqlovchi belkuraklar, xavfsizlik arqonlari, temir

tutqichlar, himoyalovchi ko’zoynak, qo’lqop, movut) kostyumlar, balandlikdan ehtiyot sharti bilan yiqilmaslikdan, shuningdek, elektr tokining yorug’lik, issiqlik, kimyoviy va mexanik ta’siridan
saqlaydi.
Download 42,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish