ELEKTR TOKIDAN JAROHATLANGANLARGA BIRINCHI TIBBIYGACHA YORDAMNI KO‘RSATISH
Umumiy qism.
1.1. Ishning maqsadi: Elektr tokidan jarohatlangan odamni tok zanjirdan ajratib olish va unga dastlabgi yordam ko‘rsatish usullarini o‘rganish.
1.2. Ish hajmi.
- odamga o‘xshatilgan qurilma “fantom”-ning tuzilishi bilan tanishish.
- “fantom” yordamida Elektr tokidan jarohatlangan odamga brinchi yordam ko‘rsatishni o‘rganish.
Ishni bajarish bo‘yicha kerkli ma’lumotlar.
1.2. Nazariy ma’lumotlar.
Elektr tokidan odam jarohatlanish bo‘yicha iki xil bo‘ladi:
A. Elektr jarohati.
B. Elektr zarbasi.
Hozirgi zamon tibbiyoti elektr tokidan shikastlanganlarga samarali yordam ko‘rsatish uchun, shu jumladan, tok ta’sir o‘lganlarni tiriltirish uchun ko‘plab mukammal vositalarga ega. Ammo elektr qurilmalarida ishlaydigan har bir kishi to tibbiyot hodimlari etib kelgunlariga qadar, elektr tokidan shikastlangan odamga birinchi yordam ko‘rsatishni bilishi kerak.
Ko‘ngilsiz voqea yuz berganda ko‘rsatiladigan birinchi yordam ikki bosqichdan: shikastlangan kishini tok ta’siridan xolos qilish va unga tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat. Ammo unda hayot alomatlari sezilmasa nafas olmayotgan, yuragi, qon tomiri urmayotgan bo‘lsa ham yordam ko‘rsataverish kerak, chunki klinik o‘lim bir necha minut davom etadi. SHu vaqt ichida unga yordam ko‘rsatishga ulgurish lozim.
SHikastlangan odamni tok ta’siridan bir necha usullar bilan xalos qilish mumkin. Eng oddiy usul elektr qurilmasining tegishli qismlarini elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish. Agar buni tezda amalga oshirishning imkoni bo‘lmasa, u holda simlarni kesib tashlash (kuchlanish 1000 V dan oshmaganda).
Tok urgan odamga tegib turgan simni olib tashlash uchun tok o‘tkazmaydigan quruq yog‘och, taxta va boshqa narsalardan foydalanishi mumkin. Kuchlanish 1000 V dan katta bo‘lganda bu maqsadda elektr o‘tkazmaydigan qo‘lqop, botikdan, zarur hollarda esa izolyasiyalovchi shtanga yoki ombirdan foydalanish kerak.
Bu hollarda yordam ko‘rsatayotgan kishi simlarni, dastasi tok o‘tkazmaydigan asbob bilan yoki elektr o‘tkazmaydigan qo‘lqop kiyib uzishi, bunda har qaysi simni alohida-alohida kesish kerak.
Mahaliy elektr jarohati natijasidan odamning ma’lum a’zolari elektr toki ta’siridan qismman kuyishi, metallanishi yoki boshqa ko‘rinishdagi zararlanishiga uchrashi mumkin.
Elektr zarbasi ta’sirida odamning markaziy nerv sistemasi ishdan chiqishi oqibatida nafas olishning to‘xtashi, yurak urishining to‘xtashi va buni natijasida odam organizmiga kislorod etib borishi kamayishi yoki butunlay to‘xtashi mumkin.
Odamni yuragi ishlamay kislarod ma’lum vaqt qon bilan hujayra to‘qimalariga bormay qolish natijasida hayotiy faoliyat to‘xtashi klinik o‘lim deyladi. Bu holat 2-3 minut davom etsa, klinik o‘lim kislarod tashnaligi natijasida biologik o‘limga o‘tadi. Odam klinik o‘lim holatidan biologik o‘limga o‘tmasligi uchun organizmni kislarod tashnaligidan xalos etish kerak. Buning uchun odam o‘pkasiga havo yuborish va majburiy ravishda qon almashishini ta’minlash kerak. O‘pkaga havo yuborish uchun sun’iy nafas berish yo‘li bilan qonni majburiy almashtirishga yurakni yopiq massaj, ezib qo‘yib yuborish orqali amalga oshiriladi.